Safarova muattarning
Mavzu:O‘zbek xalqi ma’naviyati rivojlanishini tarixiy bosqichlarga ajratish mezonlari
Download 373 Kb.
|
Ma\'naviyatshunoslik mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Tarixiy bosqichlarga ajratish mezonlarining nisbiyligi.
Mavzu:O‘zbek xalqi ma’naviyati rivojlanishini tarixiy bosqichlarga ajratish mezonlari.
Reja:1. O’zbek xalqining ma’naviyati uning tarixan bosib o‘tgan iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy rivojlanish yo’liga, imon-e’tiqodiga, dunyoqarashiga, irodasiga, jamiyatda qaror topgan muhitga mos ravishda rivojlanib kelganligi. 2. Tarixiy bosqichlarga ajratish mezonlarining nisbiyligi. 3. Ma’naviyat rivoji uchun tarixiylik va mantiqiylik, an’anaviylik va zamonaviylik, barqarorlik va o ‘zgaruvchanlik xosligi. Industrlashgacha bo'lgan jamiyat ma’naviyatida dinning yetakchiligi. 4. Millat, milliylik va milliy ma’naviyat tushunchalari. Xalqimiz m a ’naviyati tarixiy bosqichlari va xususiyatlari. Ma’naviyatga tabiiy va ijtimoiy, moddiy-iqtisodiy va mafkuraviy, siyosiy omillar mujassam ta’sir ko‘rsatadi. To‘g‘ri, jahon taraqqiyotining turli bosqichlarida, davrlarida va vaziyatlarida ular ta’siri bir xil bo‘lmaydi. Ibtidoiy jamiyatda siyosiy omillarning o‘zi yo‘q. Uning dastlabki bosqichida – yuqori neolitgacha yashab qolish uchun tabiat bilan kurash odamlar ongi, dunyoqarashi va olamga munosabatini belgilashda yetakchilik qilgan. Tabu, fetish, mifologiya, urf-odatlar va marosimlar yashab qolish, yashash uchun kurash ehtiyojlaridan kelib chiqqan. Qabila-urug‘ munosabatlari yemirilib, davlatlar paydo bo‘lishi jarayonida yetakchilik asta-sekin siyosiy-mafkuraviy va diniy omillarga o‘tadi. Din davlat mafkurasiga aylanadi va uning siyosatini ilohiy iroda bilan bog‘lab asoslashga xizmat qila boshlaydi. Totalitar jamiyatda, agar cherkov davlatdan ajratilgan bo‘lsa, davlatning hukmron siyosiy mafkurasi ma’naviy hayotni o‘ziga bo‘ysundiradi. (masalan, sovet davlatining kommunistik mafkurasi, Gitler Germaniyaning fashistik mafkuralari mutloq hukumronlikka davo qilgan). Shunday qilib, ma’naviyat rivojlanishini tarixiy bosqichlarga bo‘lish mezonlari nisbiydir. Ular u yoki bu tomonga biroz siljishi ham mumkin. Shu sababli tarixiy bosqichlar o‘rtasida uzil – kesil qat’iy chegara o‘tkazib bo‘lmaydi. Ma’naviyat rivoji uchun tarixiylik va mantiqiylik, an’anaviylik va zamonaviylik, barqarorlik va o‘zgaruvchanlik xos. U o‘z tarixiy ildizlariga, asrlar davomida to‘plangan merosiga qattiq tayangan holda ravnaq topadi, yangiliklarni asta-sekin qabul qiladi. Bu jarayon juda ziddiyatli, qarama-qarshiliklarga boyligi bois ma’naviyat rivojlanishi, undagi muayyan hodisalar, unsurlarning paydo bo‘lishi yoki unutilishi to‘g‘risida yuzaki mulohaza yuritish, biryoqlama xulosa qilish mumkin emas. Ma’naviyat rivojlanishi, uning tendensiyalari, tarixiy bosqichlari to‘g‘risidagi mulohazalar ma’lum darajada nisbiy, shartli ekanini mudom yodda tutish lozim. Ayni paytda ma’naviyatga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni tahlil etmasdan, uning rivojlanish konuniyatlarini, bosqichlarini yaxshi tushunish, binobarin, bu jarayonga ijobiy ta’sir ko‘rsatish qiyin. Ma’naviyatning arkoniy tushunchalari tabiiy va iqlim sharoitlari, demografik vaziyat bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan, tarixan vujudga kelgan ishlab chiqarish xususiyatlari va iqtisodiy munosabatlar ta’sirida shakllanadi. Sug‘oriladigan dehqonchilik, avval ta’kidlanganidek, tamaddunning (sivilizatsiyaning) poydevorini yaratdi. Yil fasllari va ekish mavsumini to‘g‘ri hisoblash uchun astronomiyaga, ekin maydoniga aniq shakl berish, to‘g‘ri taqsimlash, ekinlarni joylashtirishni rejalashtirish uchun geometriyaga asos solindi. Yerga suv chiqarish zaruriyati suv inshootlarini barpo etishga, kanallar, ariq va zovurlar qazishga, to‘g‘onlar va ko‘priklar qurishga, suvni ko‘tarish uchun charxpalakni ixtiro qilishga olib keldi. Bu mexanika, geometriya, geodeziya asoslarini vujudga keltirdi. O‘z navbatida geometriya, astronomiya, geodeziya va mexanika rivojlanishi umuman matematik bilimlarga zarurat tug‘dirdi. Ko‘rinib turibdiki, geografik shart-sharoit iqlim, dehqonchilik qilishga qulay tuproq, kichik daryolar, jilg‘alar yoki yirik daryolar deltalari, suv toshib chiqadigan pastqam qirg‘oqlar bo‘yi yoki chorvachilik bilan shug‘ullanishga qulay yaylovlar va sh.k.lar odamlarning muayyan bilimlari, tajribasi, ko‘nikmalari o‘sishiga, o‘zaro munosabatlari ma’lum talablar, meyorlar orqali tartibga solinishiga ta’sir ko‘rsatgan. Dengiz sohillarida, orollarda abadiy muzliklarda yashaydigan xalqlar ma’naviyati va madaniyatining ko‘plab unsurlari ham geografik omillar talablari asosida vujudga kelgan. Geografik omillar qatoriga yana yer osti qazilma boyliklari kiradi. U yoki bu mineral xomashyolarning borligi, ularni qazib olish, qayta ishlash, tayyor mahsulotlarga aylantirish texnologiyasi, zarur bilimlar o‘ziga xos ishlab chiqarish ko‘nikmalarini va vositalarni qaror toptirgan. Masalan, bizda temir kamligi uchun ko‘proq ajdodlarimiz ikki g‘ildirakli aravadan foydalangan. Chunki g‘ildirak o‘qlari temirdan yasaladi. Har bir o‘qqa taxminan 20-25 kg metall sarflanadi. Buncha metalldan esa nechta pichoq, o‘roq, chorg‘u, omoch tishi yoki qilich, nayza va o‘q-yoy uchlarini yasash mumkin. Metall tanqisligi tufayli ajdodlarimiz uni qattiq tejaganlar. Tabiiy mineral xomashyoga boy hududlarda o‘rta asrlar oxirida hunarmandchilik va shaharlar ravnaqi tezlashgan, manufakturalar, sexlar paydo bo‘lib odamlar o‘rtasida iqtisodiy munosabatlar, almashuv qoidalari o‘ziga xoslik kasb eta boshlagan. Ma’naviyat rivojlanishining tarixiy bosqichlarini, xususiyatlarini va qonuniyatlarni aniqlashda, o‘rganishda geografik va moddiy-iqtisodiy omillar yagona mezon bo‘lolmaydi. Geografik omildan tashqari demografik omil, aholi zichligi ijtimoiy ishlab chiqarishga, savdo-sotiq va almashuvga, umumiy yashash qoidalariga, sanitariya-gigiyena talablarining qat’iy qoidalarga aylanishini va sh.k. larni belgilagan. Zich yashaydigan aholi o‘zaro muloqotlarga ko‘proq kirishishga, tabiiy resurslarni tejamkorlik va qat’iy qoidalar asosida taqsimlashga majbur bo‘lgan. Birgalikda foydalanilgan suv manbalari – quduqlar, hovuzlar, sardobalar, ariqlar hamda ko‘chalar, mahallalar, bozorlar, do‘konlar, karvon-saroylar, hammomlar va h.k. tozaligiga qattiq talablar qo‘yilgan. Bu kundalik urf-odatlar, diniy marosimlar, bayramlar, to‘ylar va boshqa umumiy tadbirlar qoidalarining o‘ta meyoriy bo‘lishini taqozo etgan. Demografik va geografik muhitdan tashqari ma’naviyat rivojlanishini diniy e’tiqodlar, ta’limotlar o‘zgarishi bilan bog‘lash mumkin. Uni ilmiy-madaniy va texnologik yuksalishlar davriga, kishilik jamiyatining tarixiy taraqqiyot bosqichlariga, xususan turli ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlarga, sivilizatsiyalarga muvofiq holda ham turli bosqichlarga bo‘lish mumkin. Industrlashgacha bo‘lgan jamiyat ma’naviyatida dinning yetakchiligi. Lekin ma’naviyatning qadimgi va o‘rta asrlardagi rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganishda din va diniy-falsafiy tamoyil asosiy mezon sifatida olinishi ancha samara beradi. Chunki, birinchidan, e’tiqod va dunyoqarash ma’naviyatning mohiyatli jihatlarini va eng asosiy xususiyatini belgilaydi. Ikkinchidan, din va diniy-falsafiy qarashlar qadimgi va o‘rta asrlar tamaddun (sivilizatsiya)larining g‘oyaviy-mafkuraviy asosini tashkil qiladi. Qadimgi davr va O‘rta asrlarda din rivojlansa, ko‘tarinki ruhda bo‘lib, nisbatan ratsional ishonchga asoslansa, tamaddun va unga tegishli ma’naviyat ravnaq topgan, dinda irratsionalizm va mutaassiblikka moyillik ustunlik qilsa, tamaddun inqirozni boshdan kechirgan, din o‘zgarsa, almashsa, tamaddun o‘zgargan, boshqasi bilan almashgan. Qadimgi va o‘rta asr tamaddunlari muayyan din shakllariga muvofiq keladi: politeistik e’tiqodga asoslangan antik dunyo tamadduni, buddaviylik tamadduni, xristianlik tamadduni, islom tamadduni. Xalqimiz ma’naviyati tarixiy bosqichlari va hususiyatlarini har qanday tasniflash va davrlarga ajratish nisbiyligini hisobga olib, boshqacha variantlar bo‘lishini inkor qilmagan holda, qo‘yidagicha tasavvur etish mumkin: 1. Eng qadimgi (arxaik) davr va ilk zardushtiylik bosqichi. Bu bosqich eng qadimgi zamonlardan Iskandar istilosigacha bo‘lgan katta davrni qamrab oladi. U turli ibtidoiy e’tiqodlar, umumturkiy asotirlar va zardushtiylikning dastlabki qarashlari asosida rivojlangan. 2. Islomgacha bo‘lgan diniy-mafkuraviy plyuralizm bosqichi, Ikkinchi bosqich ma’naviyati Iskandar istilosidan to arablar istilosigacha bo‘lgan davrni qamrab oladi. Bu bosqichda ma’naviyatimiz rang-barang e’tiqodiy asoslarda rvojlanganining guvohi bo‘lamiz. An’anaviy e’tiqodlar, zardushtiylik qatorida yunon politeistik qarashlari, keyinchalik buddaviylik, moniylik, nasroniylik kabi e’tiqodlar hududimizga kirib keldi. Har ikki bosqich turli qabilalar va xalqlarning ko‘chib yurishi, aralashuvi, o‘zaro to‘qnashuvlari, urushlari bilan ajralib turadi. Lekin bu hodisalar xalqlarning bir biridan o‘rganishiga, tajriba almashishiga, turli g‘oyalarning tarqalishiga ham xizmat qilgan. 3. Islom tamaddunining gullab-yashnashi va temuriylar davrida qayta o‘yg‘onish bosqichi. 4. An’anaviy jamiyatning qaror topishi va ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy-madaniy tanazzul bosqichi. 5. Mustamlakachilik davri ma’naviyati: a) chor Rossiyasi mustamlakachiligi va b) sho‘rolar davri 6. Istiqlol davri ma’naviyati. Bu bosqichlarning har birini o‘z navbatida katta-kichik davrchalarga, turkumlarga bo‘lish mumkin. Mazkur bosqichlar alohida o‘rganilishi zarur. Keyingi mavzularimiz ularga bag‘ishlanadi. “Milliy madaniyat”, “milliy ma’naviyat” birikmalaridagi “milliy” aniqlovchisi juda keng mazmunga ega. U muayyan xalqning o‘z tarixiy birligining turli bosqichlarida – urug‘-qabilachilik davridan bugungi kungacha yaratgan ma’naviy-madaniy merosini, boyliklarini anglatadi. “Milliy madaniyat” ko‘proq etnomadaniy mazmunda ishlatiladi (lekin har doim ham emas). Urug‘-qabilaviy yoki elatiy madaniyat deyilmaydi. Muayyan urug‘ yoki qabila madaniyati degan ibora tor etnografik mazmundagina qo‘llaniladi. Biz Alpomish, Rustamxon, Kuntug‘mush va boshqa o‘nlab dostonlarni haqli ravishda butun o‘zbek xalqining, o‘zbek milliy madaniyatining, xalq og‘zaki ijodining durdonalari hisoblaymiz. Masalan, Alpomishni faqat qo‘ng‘irotlarning dostoni demaymiz. Navoiy, Bobur, Mashrab, Ogohiy ijodini o‘zbek milliy adabiyoti mumtoz namunalari sifatida qabul qilamiz. O‘zbek elatiy adabiyoti, elatiy madaniyati degan tushunchalar yo‘q. Milliy madaniyat tushunchasiga muayyan xalqning uzoq o‘tmish tarixidan bugungi kungacha yaratgan, avloddan-avlodga o‘tib yashab kelayotgan barcha qadriyatlari – asotirlari (mifologiyasi), qahramonlik eposlari, folklorining boshqa namunalari, qadimgi antik, o‘rta asrlar, yangi davr va zamonaviy barcha adabiy, tasviriy, me’moriy, musiqiy yodgorliklari, saqlanib qolgan osoru-atiqalari kiradi. Download 373 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling