Safarova muattarning
-Mavzu:Ijtimoiy ong shakllari va ma’naviyat
Download 373 Kb.
|
Ma\'naviyatshunoslik mustaqil ish
22-Mavzu:Ijtimoiy ong shakllari va ma’naviyat.
Ijtimoiy ong tabiiy va ijtimoiy voqelikning in’ikosi, jamiyatning muayyan davriga yoki qismiga tegishli bo`lgan umumiy xis-tuyg`ular, kayfiyatlar, qarashlar, G`oyalar, nazariyalar majmuidir. Ijtimoiy ong tufayli jamiyatning o`z-o`zini anglashi sodir bo`ladi, kechayotgan jarayonlarga munosabati shakllanadi. Ijtimoiy o`zgarishlar bilan bir qatorda ijtimoiy ong ham o`zgarib rivojlanib boraveradi. Ammo bundan, aslo, ijtimoiy ongning taraqqiyoti faqat ijtimoiy vokelikdagi o`zgarishlargagina bog`liq ekan-da, degan xulosa kelib chiqmaydi. Zero, ijtimoiy ong o`z taraqqiyotida nisbiy mustaqillik harakteriga va ijtimoiy vokelikka faol aks ta’sir eta olish xususiyatiga ham egadir. Ijtimoiy ong va uning darajalari haqidagi muloxazalar yakunida ijtimoiy ongning axloqiy, diniy, estetik, siyosiy, huquqiy, fan, falsafa kabi shakllari ajratilishini ta’kidlash lozim. Bilish jarayonining bosqichlari. Sezgi, tasavvur va tushunchalarimizning obʼyektivligini tekshirish bilish jarayonining eng muhim vazifasidir. Amaliyot — haqiqat mezoni. Bilimlarimizning haqiqiyligi amaliyot orqali tekshiriladi, tasdiklanadi. Bilish jarayoni jonli mushohada (hissiy bilish)dan abstrakt ( mavhum) tafakkurga, undan esa amaliyotga oʻtish bilan harakterlanadi. Jonli mushohada, deganda biz sezgi, idrok, tasavvur kabilarni, yaʼni sezgi aʼzolari orqali tashki olamning miyaga taʼsiri natijasida paydo boʻladigan inʼikos shakllarini tushunamiz. Sezgi dunyoni inʼikos etishning boshlangʻich shaklidir. Demak, sezgi — obʼyektiv dunyoning subʼyektiv inʼikosi. U sezgi aʼzolari orqali dunyo hodisalarini, buyumlarning xususiyat va sifatlarini ayrimayrim, bir-biri bilan bogʻlanmagan holda aks ettiradi. Idrok qilish hissiy bilishning murakkabroq shakli boʻlib, u sezgi aʼzolariga bevosita taʼsir koʻrsatuvchi buyumni yaxlit holda aks ettiradi. Inson miyasining umumlashtiruvchi faoliyatiga asoslangan bu aks ettirish jarayoniga kishining oldingi tajribalari, abstrakt tafakkurning faoliyati va boshqa ham kelib qoʻshiladi. Shularga asoslangan idrok qilish narsalarning zarurroq, chuqurroq tomonlarini aklan (fikran) ajratib olishga va bilishga imkon beradi. Miya inson ilgari idrok qilgan narsani oʻz xotirasida saklab qolish va uni qayta tiklash qobiliyatiga ega. Sezgi aʼzolariga taʼsir koʻrsatmayotgan buyumning ana shunday qayta tiklangan qiyofasi tasavvur deb ataladi. Inson hissiy bilish bosqichida toʻxtab qolmaydi. U mazkur bosqich doirasidan chiqishi, buyumlarning umumiy, zaruriy va muhim xususiyatlari hamda munosabatlarini, ularning bevosita hissiy mushohada kilib boʻlmaydigan qonuniy aloqalarini bilib olishi mumkin. Bunga abstrakt tafakkur — bilishning mantiqiy bosqichi orqali erishiladi. Bilish jarayonining sifat jihatdan yangi, oliy bosqichi — mavhum tafakkur jamiyatdan va tildan tashqarida boʻlmaydi. Ontologik jihatdan o‘zlikni anglash yo‘q joyda ma’naviyat ham yo‘q. Insonning o‘zligini anglashi ma’naviyatning asosiy unsurlaridan biridir, garchi o‘zlikni anglash inson ongining takomillashgan jarayoni mahsuli. Demak, o‘zlikni anglash inson ma’naviy ongi ma’sulidir. Ong to‘laligicha ma’naviyatga kirmaydi, Chunki unda o‘zgaruvchan, muvaqqat, tasodifiy holatlar ko‘p uchraydi. Ma’naviyat esa bir zumda o‘zgarib qolmaydi. U chuqur tarixiy, madaniy ildizlarga ega. To‘g‘ri, unga ham sobit, barqaror tuyg‘ular, or-nomus, milliy g‘urur va iftixorga oid his-hayajon va ehtiroslar ta’sir ko‘rsatadi. Ammo ular o‘tkinchi emas. Ongning yuqori darajasi tafakkurga oid unsurlarning ham vaqt sinovidan o‘tgan ko‘pchilik tomonidan tan olingan barqaror, sobitlari (to‘g‘ri yoki xatoligidan qat’iy nazar) ma’naviyatni tashkil etadi. Demak, ma’naviyat ongning mohiyatli mazmuni yoki ongdagi mohiyatlilikdir. Ushbu jihatdan ma’naviyat ong kabi ideal hodisadir, ammo ilohiy hodisa emas. Ideal hodisa sifatida ma’naviyatda, eng avvalo, insoniy histuyg‘ular, kechinmalar, aniq obrazli tasavvurlar ajralib turadi. Uyat, ibo, hayo, halollik kabi oddiy tuyg‘ulardan to ezgulik, go‘zallik, adolat, vijdon azobi va amri, zavq-shavq, vatanparvarlik, fidoyilik kabi murakkab tuyg‘ulargacha inson ma’naviy ongining birlamchi darajasini tashkil etadi. Ma’naviy ongning ikkinchi – yuqori darajasiga 181 tushunchalar, g‘oyalar, baholar, did, qarashlar, nazariyalar, ta’limotlar, ideal kiradi. Ular tuyg‘ular kabi axloqiy, estetik, siyosiy, huquqiy, diniy, falsafiy qarashlarni ifodalaydi. Faqat tuyg‘ulardan farqli, insonning hissiy munosabatlarini emas, balki aqliy-intellektual munosabatini ifodalaydi. Ular jamiyatning qadriyatlar tizimini tashkil etadi. Inson o‘z his-tuyg‘ulari to‘g‘risida fikr-mulohaza yuritib, uni anglab olishga, baholashga intilsa, u tushunchalar olamiga o‘tadi. Ezgulik va go‘zallik ham tuyg‘u sifatida, ham tushuncha va ideal sifatida namoyon bo‘ladi. Birinchi holatda inson o‘ylab o‘tirmaydi, obyekt unda bevosita his-hayajon uyg‘otadi. Ikkinchi holatda u haqda mulohaza yuritadi, tahlil qiladi. Masalan, kimningdir xulqidan, qilgan ishidan xafa bo‘lgan, jahli chiqqan kishidan sababini so‘rasangiz, u o‘sha kishi xatti-harakatining qaysi jihatlari axloqiy yoki boshqa ijtimoiy me’yorlarga mos kelmas-ligini, qanday xatoga yo‘l qo‘yganini yoki bilib turib g‘irromlik, surbetlik qilganini aytadi. Materialistik yondashuvga binoan: «Ongda mustaqil mavjudlik yo‘q. U faqat miyaning obyektga nisbatan funksiyasi sifatidagina mavjud. Ongning o‘ziga xosligi shundaki, u qandaydir subyektiv, ideal narsadir. U o‘zining moddiy substratlariga - miya va in’ikos obyektiga – munosabatidan tashqari mustaqil mavjudlikka ega emas». Ma’naviyat esa masalaga hatto materialistik yondashganda ham, mustaqil xulq-atvorda, faoliyatda, ijodda predmetlashgan, adabiyot, san’at asarlariga, ilmiy kashfiyotlarga, urf-odatlarga, marosimlarga, an’analarga aylangan madaniy meros-da mavjudlikka egadir. Ma’naviyat, avvalo, madaniyat orqali mustaqil mavjudligini namoyon etadi. U, shuningdek, iroda (shaxs va millat irodasi), ijtimoiy-siyosiy va axloqiy muhitni qamrab oladi. Ma’naviyat jamiyatda qaror topgan yetakchi g‘oyalarga hamda kishilarning dunyoqarashiga, e’tiqodiga bog‘liq. Haqiqatan, ma’naviyat ongdagi tasodifiy, ikkinchi darajali, vaqtinchalik holat bo‘lishi mumkin emas. U barqaror, mustahkam e’tiqodga aylangan, qadriyat darajasiga ko‘tarilgan bo‘lib, jamiyatdagi munosabat-larni va inson xatti-harakatini tartibga solishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. E’tiqodsiz ma’naviyat bo‘lmaydi. E’tiqod ma’naviyatning eng asosiy ustunlaridan biridir. U ma’naviyatga mukammallik va uyg‘unlik bag‘ishlaydi. Uning turli tarkibiy qismlarini o‘zaro ichki jihatdan bog‘laydi va ma’naviyatni amaliyotga namoyon qiladi. E’tiqod ma’naviyatning mohiyatini ochib beruvchi tushunchalardan biridir. Ma’naviy ong ikki darajali hodisa dedik. Birlamchi daraja – uyat, hayo, minnatdorlik, mehr, qahr-g‘azab, xursandlik, g‘am-qayg‘u, oshuftalik, muhabbat, do‘stlik, vijdon, go‘zallik, zavq-shavq va shu kabi tuyg‘ular, kechinmalar yoki ma’naviyatning poydevorini tashkil etuvchi ko‘ngil dunyosidir. Uni inson mohiyati yoki ruhoniyati, yoki qalb, dil ham deydilar. Lekin inson faqat tuyg‘ulari bilangina yashamaydi. U ko‘rgan, boshdan kechirganlarini o‘zicha tahlil qiladi, ularga baho beradi, tushunchalar va nazariy qarashlar tizimi orqali umumlashtiradi, maqsad-muddaolari, jamiyat qadriyatlari va talablari bilan bog‘laydi. Tushunchalar, baholar, qarashlar, ideallar insonning aqliy faoliyati mahsullaridir. Uni aql, fikrlar dunyosi (tafakkur) deb ataydilar. Shunday qilib, ma’naviy ong aql-tafakkur dunyosidan - ruhoniyat va o‘zlikni anglashning takomillashgan mahsulidir. Aql va ruhoniyatni bir-biridan ajratish, qarama-qarshi qo‘yish xatodir. Chunki ular, magnit qutblaridek, qarama-qarshiliklar birligidir. Bir qutbli magnit bo‘lmaganidek, faqat tuyg‘ulardan (ko‘ngildan, ruhoniyatdan) yoki aqldan tashkil topgan, turli nazariy fikrlardan iborat hodisa ma’naviyat bo‘lmaydi. 1 B. Axmedov. Tarixdan saboqlar. T., 1994, 29—30betlar. Download 373 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling