Safarova muattarning
-Mavzu: Ma’naviyatning falsafiy-ontologik mazmuni
Download 373 Kb.
|
Ma\'naviyatshunoslik mustaqil ish
16-Mavzu: Ma’naviyatning falsafiy-ontologik mazmuni.
Reja:1.Falsafiy-ontologik mazmuni haqida tushuncha. 2.Falsafiy-ontologik haqida olimlarning fikri. Ma’naviyat ijtimoiy hodisa sifatida inson dunyoqarashi, ongi, tafakkuri, amaliy faoliyati, o‘zligini anglash mahsulidir. Shu jihatdan uning o‘ziga xos falsafiy-ontologik mazmuniga ega ekanligini hisobga olishimiz kerak. Ma’naviyatning falsafiy-ontologik mazmuni deganda, birinchi navbatda, ma’naviyat kategoriyasining mohiyati tushuniladi. Borliq tushunchasi falsafaning fundamental kategoriyalari qatoriga kiradi. Borliq yunoncha ontos deyiladi. Logos – so‘z, ta’limot. Ontologiya borliq to‘g‘risidagi falsafiy ta’limotdir. Ontologiyaning asosiy masalasi narsa va hodisalarning, koinot, tabiat, jamiyatning, keng ma’noda borliqning mohiyati nimada, uning birlamchi substrati (qurilish ashyosi) nimadan tashkil topgan, degan masaladir. Aynan ushbu savolga bergan javobiga qarab faylasuflar materialistlar va idealistlarga bo‘lingan. Borliq to‘g‘risidagi falsafiy tushuncha bilan uning turli sohalarda namoyon bo‘lish shakllari, ko‘rinishlari bilan bog‘liqdir. Ma’naviy borliq, o‘z aniqlovchisi ifodalab turganidek, moddiy borliq emas. Madaniyatni ham biz bir-biriga muqobil moddiy va ma’naviy madaniyatlarga, jamiyat hayotini ham moddiy va ma’naviy hayotga bo‘lamiz. Demak, ma’naviy borliq – bu, avvalo, jamiyatning ong, tafakkur, turli g‘oyalar, qadriyatlar, orzu-niyatlar, ulug‘ maqsadlar, ideallar, e’tiqod, dunyo-qarash, ilmiy va badiiy ijod, ta’lim-tarbiya, odob-axloq, ibodat va taqvo va sh.k.lar bilan bog‘liq hayotidir. Ijtimoiy ong shakllariga muvofiq, unda predmetlashgan, amalda asar yoki faoliyatga aylangan axloqiy, huquqiy, siyosiy, badiiy, ilmiy, diniy, falsafiy madaniyatlar va h.k. mavjud. Ma’naviy borliq, shunday qilib, «sof» ma’naviyat qatorida predmetlashgan ma’naviy madaniyatni o‘z ichiga oladi. Odamlar turmush kechirish jarayonida o‘zaro rangbarang aloqalarga, munosabatlarga kirishadilar. Bu jarayonda har bir 178 kishi o‘z qarashlari, e’tiqodiga, olgan tarbiyasiga mos harakat qiladi. Qandaydir fikrlarni, aloqalar, munosabatlarni, takliflarni ma’qullaydi, ijobiy baholaydi yoki ma’qullamaydi. Chuqurroq o‘ylab qaralsa, insonning o‘zini tutishi, nima deyishi, xulqi, qiladigan ishlari uning erkin ixtiyoriy tanlashining yuzaga chiqishi ekan. Bu esa irodaning yuzaga chiqishidir. Iroda insonning, millatning erkin tanlashi, o‘z oldiga aniq maqsad qo‘ya olishi va unga erishishga ichki kuch-g‘ayratini, ruhiyatini, aql-idrokini qarata olish qobiliyati o‘laroq ma’naviy borliqning ong va ma’naviy madaniyatdan biroz farq qiladigan yana bir ko‘rinishidir. Ma’naviy muhit ham ma’naviy borliqning ajralmas qismidir. Avval bu haqda ancha gapirilgan edi. Lekin ma’naviy borliq tushunchasi ma’naviyat bilan cheklanmaydi. U yana tarbiya tizimini – bog‘chalar, maktablar, kollejlar, oliy o‘quv yurtlari, masjidlar, ijodiy uyushmalar, havaskorlik to‘garaklari, ilmiy tadqiqot tizimi – akademiyalar, Ilmiy tadqiqot institutlari, ilmiy laboratoriyalar va sh.k., urf-odatlar, umuman, odamlarning mafkuraviy, ijtimoiy-siyosiy va boshqa munosabatlarini va ularni tartibga soluvchi, tashkillashtiruvchi davlat va jamiyat institutlarini birlashtiradi. Chunki ular bevosita yoki bilvosita ma’naviy faoliyat bilan ham shug‘ullanadi. Jamiyat faqat odob-axloqli, qonunlarga, tartib-qoidalarga qat’iy rioya etadigan kishilardangina iborat emas. Afsuski, xoinlik, qo‘rqoqlik, jinoyatchilik, o‘g‘rilik, axloqsizlik, zo‘ravonlik va boshqa salbiy holatlar, ya’ni ma’naviyatsizlik holatlari bor. Bular hammasi ma’naviy borliqning ijobiy yoki salbiy unsurlaridir. Jamiyat ularga qarshi kurash olib boradigan, adashganlarni to‘g‘ri yo‘lga soladigan tuzilmalarni yaratgan, ular faoliyatining huquqiy-me’yoriy asoslarini ishlab chiqqan. Ular ham ma’naviy-ijtimoiy borliqning bir bo‘lagidir. Sud-huquq tizimi faqat jazolovchi emas, tarbiyalovchi institut hamdir. Moddiy borliqqa kirmaydigan barcha ijobiy va salbiy hodisalar ma’naviy borliq tushunchasini tashkil etadi. Ma’naviy borliq ijtimoiy hodisadir. Ma’naviyat tabiatda mavjud bo‘lmaganidek, ma’naviy borliq ham tabiatda yo‘q. Mutlaq G‘oya, Mutlaq Ruh, Jahoniy Aql kabi tushunchalar obyektiv idealizmga xos, aslida Xudo, ilohiy yaratuvchi degan tushunchalardan mohiyatan farq qilmaydi. Xudo bor-yo‘qligini ilmiy jihatdan tasdiqlab yoki inkor qilib bo‘lmaydi. Unga ishonish yoki ishonmaslik mumkin, xolos. Koinotda ma’naviy borliq mavjudligi yoki mavjud emasligi ma’lum emas. Har qanday ijtimoiy hodisa kabi ma’naviyat inson aql-zakovati va faoliyatining mahsulidir. Ma’naviyatni, ma’naviy borliqni insonning aqli, hissiyoti, bunyodkorlik qobiliyati, iste’dodi yaratadi. Ijtimoiylasha boshlagan, ilk urug‘-jamoalarda yashagan inson ma’naviy borliqning ilk, jo‘n shaklini yaratgan. Unda ong, tafakkur vujudga kelgan. Shu sababdan u oldiga ongli maqsad qo‘ya olgan va maqsadiga yetishish uchun aql-zakovatini, kuch-g‘ayratini safarbar etgan, ya’ni u aqlli mavjudot bo‘lish qatorida irodali mavjudot bo‘lgan. Ma’naviy borliq asosida inson aql-zakovati va irodasi turadi, deya xulosa qilish mumkin. Bu birinchi xulosadir. Jamiyatda asta-sekin mulkiy notenglik, u bilan birga huquq, qonun qabul qiluvchi, amalga oshiruvchi siyosiy institut – davlat paydo bo‘ldi. Jamiyat dunyoqarashi, qadriyatlar tizimi, odamlar o‘rtasida munosabatlar, ularni tartibga soluvchi me’yorlar tizimi o‘zgardi. Ma’naviy jarayon, ma’naviy borliq rivojlanishi asosida, shunday qilib, jamiyat bilimlari, dunyoqarashi, ongi, qadriyatlar tizimi – me’yorlar, qoidalar, ideallar o‘zgarishi, yuksalishi turadi. Ular odamlarning o‘zaro munosabatlarini, jumladan, mulkiy va iqtisodiy munosabatlarini ham belgilaydi. O‘z navbatida mulkiy va iqtisodiy, ijtimoiy munosabatlar ma’naviy jarayonga, ma’naviy borliqqa ta’sir ko‘rsatadi. Ulardan qaysi biri birlamchi va belgilovchi degan savolga aniq javob berish qiyin. Ilmfanda ushbu masalada ham bir-birini to‘liq inkor etuvchi ikki – materialistik va idealistik qarash qaror topgan. Eng izchil va ilmiy materialist K.Marks ijtimoiy borliq ijtimoiy ongni, iqtisodiy bazis mafkuraviy ustqurmani belgilaydi desa-da, inson yaratuvchiligi va mehnati asosida g‘oya, ong yotishini, inson yaratadigan har qanday mahsulotni avval miyasida loyihalashini, qanday yaratishni (ishlab chiqarishni) avval hayolan tasavvur etishini ta’kidlaydi. Uning baribir materializmga ustunlik berishi moddiy ehtiyojlarni ma’naviy ehtiyojlarga nisbatan birlamchi deb hisoblashi oqibatidir. K.Marks inson san’at, ilm-fan, siyosat va sh.k. bilan shug‘ullanishi uchun avval qorni to‘q, usti but, xavfsizligi ta’minlan-gan bo‘lishi lozim, deb hisoblaydi. Ushbu ehtiyojlar esa, birinchi navbatda, moddiy ehtiyojlardir, ular iqtisodiy va moddiy kuch orqali qondiriladi. F.Engels ham inson ongi shakllanishida mehnatga, moddiy ehtiyojlar qondirilishiga birlamchilikni bersa-da, mehnatning o‘zi oldiga ongli maqsad qo‘yib, tabiatni qayta ishlash ekaniga urg‘u beradi. Inson anotomiyasining o‘zgarishi (qo‘l va miya funksiyalarining rivojlanishi va shu kabi) ham ongni mehnat faoliyati rivojlanishi, yangi-yangi ehtiyojlarning va maqsadlarning, 180 ijtimoiy mo‘ljallarning paydo bo‘lishi bilan tushuntiriladi. Marks va Engels izdoshlari ulardek nozik, dialektik fikr yuritolmas edilar. Natijada, ular salaflarining qarashlarini biroz soxtalashtirdilar, ba’zi hollarda vulgarlashtirdilar. Ushbu masalada dialektik yondashuv xatoning oldini olishda qo‘l keladi. Bizning o‘rta asrlarda yashagan buyuk mutafakkirlarimiz bu masalada, asosan, dualistik qarashlar tarafdori bo‘lganlar. Aqliy mehnatning jismoniy mehnatdan ajralib chiqishi oqibatida davlat, huquq qatorida din, cherkov, adabiyot, san’at, ilm-fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat jamiyatning alohida, nisbatan mustaqil institutiga aylangan. Jamiyat taraqqiyoti jarayonida moddiy ishlab chiqarish, ilm-fan, adabiyot va san’at rivojlanish bosqichlari, davrlari, siyosiy boshqaruv va hokimiyatning tarixiy takomillashuvi, shakl va vositalarning o‘zgarishi ma’naviyatning retrospektiv iqtisodiy, siyosiy, inellektual, e’tiqodiy asoslarini tashkil etadi. Download 373 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling