Safarova muattarning


-Mavzu: Mustaqillik davri ma’naviyati (sentabr 1991 yil)


Download 373 Kb.
bet13/19
Sana06.10.2023
Hajmi373 Kb.
#1694050
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19
Bog'liq
Ma\'naviyatshunoslik mustaqil ish

14-Mavzu: Mustaqillik davri ma’naviyati (sentabr 1991 yil)

Reja: 1. Mustaqillik yillarida ma`naviy va ma`rifiy hayot.
2. O`zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning ajdodlar merosi va milliy qadriyatlarni tiklash borasidagi xizmati.
3. Madaniyat va san`at sohasining rivojlanishi.
4. Milliy sport turlarining rivojlantirilishi.
5. O`zbekistonda millatlararo va dinlararo munosabatlardagi barqarorlikni ta`minlash borasidagi davlat siyosati.

Mustaqillik o‘zbek xalqi uchun eng ulug‘, eng aziz qadriyat bo‘lib, milliy o‘zligi, or-nomusi, g‘urur-iftixori timsoli, ezgu orzu-intilishlari, yutuq va marralarining hayotbaxsh manbayi sifatida barcha vatandoshlar qalbidan mustahkam o‘rin egalladi.


Xalqning mamlakat o‘tmishiga, boy tarixiy merosiga, ma’naviy qadriyatlar va an’analarga bo‘lgan munosabat tubdan o‘zgardi. Davlat rahbarining “Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch” kitobida ta’riflanganidek, insonni ruhan poklanish, qalban ulg‘ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon-e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg‘otadigan beqiyos kuch - ma’naviyatga eng ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida e’tibor qaratildi. Mustaqillik tufayli tarixiy haqiqatlar tiklandi, milliy bayramlar va urf-odatlar asl holiga qaytdi, aziz avliyolarning qarovsizlikdan nurab, deyarli yo‘q bo‘lib ketish arafasiga kelib qolgan maqbaralari, masjid va madrasalar tubdan ta’mirlandi, milliy madaniyat tarixini o‘rganish, u haqda xolisona fikr bildirish borasida, osori-atiqalarni asrash, milliy qadriyatlarni tiklash, qadimiy va o‘zlikni to‘liq anglash uchun qadimiy boy tarixni to‘laqonli yoritish imkoniyati tug‘ildi.
Jahon madaniyatiga o‘zining munosib hissasini qo‘shgan ajdodlar tavalludlarini nishonlash izchil an’anaga aylandi. Birinchi Prezident I. Karimov tashabbusi bilan buyuk allomalar tavallud sanalari nishonlandi. Jumladan, 1991-yili Alisher Navoiy, 1993-yili Ahmad Yassaviy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Bahouddin Naqshband, 1994-yili Mirzo Ulug‘bek, 1995-yili Feruz, Najmiddin Kubro, 1996-yili Amir Temur, 1998-yili Imom al-Buxoriy, Ahmad al-Farg‘oniy, 1999-yili Jaloliddin Manguberdi, 2000-yili Burhonuddin al-Marg‘inoniy, Kamoliddin Behzod, Imom Abu Mansur al-Moturudiy kabi mutafakkirlarga bag‘ishlangan tantanalar o‘tkazildi. Shu o‘rinda davlat rahbarining: “Bu kabi tantanalarni o‘tkazishdan ko‘zlangan niyat va maqsadlarimiz... muqaddas qadamjolarni obod qilishimiz sabablari... eng avvalo, bu ishlami amalga oshirish zamirida savob degan oliyjanob tushuncha yotadi. Savob - ulug‘ insoniy fazilat, yuksak islomiy qadriyatlardan biridir”1, degan so‘zlari yodga keladi.
Birinchi Prezident I. Karimov ushbu so‘zlarining davomida “Mening komil ishonchim shuki savob ishni har kim qilishi kerak, savob ishni har kun qilish kerak”, degan jumlalarni keltiradi. O’zbekistonRespublikasi Vazirlar Mahkamasining “Amir Temur tavalludining 660 yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, 1996-yilda sohibqiron Amir Temurning 660 yilligi tantanalari o‘tkazildi. Ushbu tadbirlar kengayib, butun jahon hamjamiyati tomonidan yuqori darajada o‘tkazildi. Madaniyat, san’at, maorif, matbuot, sport sohalarida ulug‘ sarkardaga bag‘ishlab, turli yo‘nalishdagi kitob, maqola, risolalar chop etildi, turli film va spektakllar namoyish etildi. Sport sohasida esa uloq, ko‘pkari, kurash o‘yinlari qayta tiklanib, keng miqyosda ommalashtirildi.
Ajdodlar merosini o‘rganish, xususan, jadidchilik namoyandalari Munavvarqori, Ubaydulla Xo‘jayev, M.Behbudiy, A.Avloniy, A.Fitrat, Cho‘lpon, Ishoqxon Ibrat, A.Qodiriy merosini tiklash davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Ajdodlar merosini o‘rganishning ma’naviy va huquqiy asoslari ishlab chiqildi va hayotga tatbiq etila boshlandi. 1998-yilda Ahmad al-Farg‘oniyning 1200 yilligini nishonlash o‘zlikni, qadriyatlarni anglash yo‘lidagi yana bir voqea bo‘ldi. Ulug‘ ajdodlar tavallud sanalarini o‘tkazish bo‘yicha ijtimoiy-siyosiy, ma’rifiy tajribalar vujudga keldi. Shuningdek, qadimgi ajdodlarning ezgu g‘oyalari, milliy davlatchilik an’analari, turmush tarzi va mentalitetini aks ettirgan “Avesto” kitobi o‘zining haqiqiy qadr-qimmatini topdi. Prezident Islom Karimov rahbarligida amalga oshirilgan ma’naviy merosni tiklash, har tomonlama o‘rganish va targ‘ib etish borasidagi keng ko‘lamli ishlar doirasida ushbu kitob ham xalqning ma’naviy mulkiga aylantirildi. Kitobning xalq va mlliy davlatchilik tarixi, umumbashariy sivilizatsiya rivojidagi ulkan ahamiyatini hisobga olgan holda, 2001- yili “Avesto” yaratilganligining 2700 yilligi respublika va xalqaro miqyosda keng nishonlandi. Shu munosabat bilan “Avesto”ning to‘liq matni o‘zbek tiliga tarjima qilinib, chop etildi. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda buyuk allomalarning tavallud sanalarini nishonlash:
1991-yil Alisher Navoiy – 550 yil
1993-yil Ahmad Yassaviy – 950 yil
Zahiriddin Muhammad Bobur – 510 yil
Bahouddin Naqshband – 675 yil
1994-yil Mirzo Ulug‘bek – 600 yil
1995-yil Feruz – 150 yil
Najmiddin Kubro – 850 yil
Mahmud az-Zamaxshariy – 920 yil
1996-yil Amir Temur – 660 yil
1998-yil Imom al-Buxoriy – 1225 yil
Ahmad al-Farg‘oniy – 1200 yil
1999-yil Jaloliddin Manguberdi – 800 yil
2000-yil Burhonuddin al-Marg‘inoniy – 910 yil
Kamoliddin Behzod – 545 yil
Imom Abu Mansur al-Moturudiy – 1130 yil
2003-yil Abduholiq G‘ijduvoniy – 900 yil
2004-yil Hoja Ahror Valiy – 600 yil
Ma’naviy-ma’rifiy ishlarning yangi, davr talabi va manfaatlariga mos takomillashgan tizimi shakllantirildi. Yuzlab muzeylar, madaniyat uylari va saroylari, axborot resurs markazlari, madaniyat va istirohat bog‘lari ommaviy muassasalar sifatida xalqqa ma’naviy-ma’rifiy xizmat ko‘rsata boshladi. Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat markazi” tashkil etildi (1994) va uning viloyat, tuman va shaharlardagi bo‘limlari ishga tushirildi. Markazga Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi rahbarlik qila boshladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 25-avgustdagi “Milliy g‘oya targ‘iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi qaroriga binoan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi faoliyati va tarkibiy tuzilishi qayta ko‘rib chiqildi. Shuningdek, Respublikadagi mahalla oqsoqollari va fiiqarolar yig‘inlari raislarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha maslahatchilari tizimi shakllantirildi. Birgina Toshkent shahrida “Turkiston” saroyi, Alisher Navoiy nomidagi Milliy bog‘, Temuriylar tarixi Davlat muzeyi, Milliy akademik teatr binosi va g‘oyat go‘zal, mahobatli koshona - O’zbekiston Davlat konservatoriyasining yangi binosi va boshqa ko‘plab inshootlar barpo etildi.
2000-yili poytaxtning Yunusobod tumanida qatag‘on yillarida xalqning minglab asl farzandlari qatl etilib, nom-nishonsiz ko‘mib tashlangan, necha yillar davomida qarovsiz qolib ketgan Bo‘zsuv kanali sohilidagi Alvastiko‘prik deb nom olgan jarlik o‘rnida “Shahidlar xotirasi xiyoboni” va keyinchalik shu nomda muzey va jamg‘arma tashkil qilindi va 2001-yildan e’tiboran 31-avgust kuni mamlakatda qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni sifatida nishonlanadigan bo‘ldi. Har yili 31 avgust tongida bu maskanda xalqning qadimiy urf-odatlariga ko‘ra osh tortilib, Qur’on tilovat qilish, davlat va hukumat rahbarlari, keng jamoatchilik vakillarining bu yerga kelib, marhumlarni yod etishi, ularning ruhiga hurmat bajo keltirishi ibratli an’anaga aylandi. Ko‘plab Sharq allomalarining nodir asarlari o‘zbek tiliga tarjima qilinib, nashr etildi. Vatan ozodligi yo‘lida shahid ketgan yurtdoshlaming nomi abadiylashtirildi. Diniy bayramlar - Ramazon hayiti, Qurbon hayiti, xalqning qadimiy bayrami - Navro‘z tiklandi. Shu yo‘sin mamlakatda ma^naviy-maTifiy ishlarning o‘ziga xos samarali tizimi yuzaga keldi. Respublikaning barcha viloyat, yirik shahar va tumanlarida faoliyat yuritayotgan ma’naviy-ma’rifiy muassasalar ishtirokida katta xalq sayillari, hosil, “Mustaqillik”, “Navro‘z”, “Mehrjon” bayramlari, “Sharq taronalari” xalqaro festivali, xonandalar, raqqosalar, eng yaxshi kasb ustalarining ko‘rik tanlovlari, “O’zbekistonVatanim manim”, “Eng ulug‘, eng aziz”, “Kelajak ovozi”, “Yagonasan, muqaddas Vatan” kabi ko‘rik-tanlovlar ham o‘tkazib kelinmoqda.
Asrlar davomida shakllangan milliy qadriyatlar, urf-odat va an’analar xalqining betimsol boyligi, istiqlolning mustahkam poydevori va porloq istiqbol kafolatidir. Bugungi globallashuv davrida inson ongi va tafakkurini egallash yo‘lidagi kurash keskinlashayotgan, yoshlarni yot g‘oya va mafkura, salbiy illatlar ta’siriga tortishga urinishlar tobora kuchayayotgan bir sharoitda ajdodlaming orzu-umidlari, intilishlari va boy tafakkurini o‘zida mujassam etgan bunday bebaho boylikni ko‘z qorachig‘iday asrash va uni ulg‘ayib kelayotgan avlodning ong-u shuuriga chuqur singdirish vazifasi yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Tarixiy an’analarga sadoqat, ajdodlardan faxrlanish, ijtimoiy hayotning eng muhim yo‘nalishlariga alohida e’tibor qaratish mustaqil siyosat va milliy g‘oyaning eng muhim hayotbaxsh omillariga aylandi. Tarix va madaniy meros millatning asosiy boyligi. Shu bois, madaniy merosga munosib voris bo‘lish uchun urf-odat va an’analarni asrab-avaylabgina qolmay, ularni yanada takomillashtirish lozim. Prezident Islom Karimov rahnamoligida barcha jabhalar singari milliy madaniyat, san’atni izchil rivojlantirish, bu boradagi an’analami davom ettirish, uning eng yaxshi namunalaridan xalqni bahramand etish, ijodkorlarning samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur sharoit va imkoniyatlami yaratish yuzasidan keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu jarayonda turli vazirlik va idoralar, muassasalar, ijodiy birlashmalar bilan birgalikda jamoat tashkilotlari ham faol ishtirok etmoqda. “O’zbekiston madaniyati va san’ati forumi” jamg‘armasining faoliyati buning dalilidir.

Download 373 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling