Safarova muattarning


-Mavzu: Ma’naviyatning gnoseologik asoslari


Download 373 Kb.
bet16/19
Sana06.10.2023
Hajmi373 Kb.
#1694050
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
Ma\'naviyatshunoslik mustaqil ish

18-Mavzu: Ma’naviyatning gnoseologik asoslari.

Ma’naviyatning rivojlanishi bevosita jamiyat tomonidan olam, tabiat, ijtimoiy borliq, inson, ularning turli-tuman o‘zaro aloqalarini bilish, orttirgan, o‘zlashtirgan bilimlarga tayanib jamiyat hayotini, muhitini, odamlarning yaratuvchilik salohiyatini yuksaltirish bilan bog‘liq. Insonning o‘zaro munosabatlarini tartibga soladigan me’yorlarni yaratishi hayotiy tajribasi davomida orttirgan bilimlariga bog‘liq. Bilish jarayoni ma’naviyatning gnoseologik asoslarini tashkil etadi. Ma’naviyatni bus-butun tizim, sistema sifatida olsak, ijtimoiy ong shakllari uning qismlari hisoblanadi. Tabiiyki, bus-butunlik rivojlanishi uning qismlari rivojlanishiga bog‘liq. Masalan, axloqiy ong va axloqiy madaniyat yuksalsa, yangi g‘oyalar, me’yorlar bilan boyisa, u butun ma’naviyat mazmuniga ijobiy, barakali ta’sir ko‘rsatadi. Axloqiy ong va axloqiy madaniyat qashshoqlansa, buzg‘unchi g‘oyalar unda ko‘paysa, ma’naviyat ham ma’lum darajada yo‘qotishlarga duch keladi. Xuddi shunday ijtimoiy ongning boshqa har bir shakli rivojlanishi yoki turg‘unligi, inqirozi butun ma’naviyat tizimiga ma’lum darajada ta’sir qiladi. Ijtimoiy ong shakllarining rivojlanishi, avvalo, ushbu sohada jamiyatning amaliy va nazariy bilimlarining o‘sishi, yangi bilimlar asosida yangi g‘oyalar, me’yorlar, yangicha ijtimoiy munosabatlar shakllanishi, eskilarining takomillashishi bilan bog‘liq. Bilishning o‘zi qiyin, mashaqqatli va ziddiyatli jarayon. U bir chiziqli va uzluksiz emas. Ayniqsa, narsa va hodisalarning mohiyatini bilish hech qachon silliq kechmaydi. Mazkur jarayon bilmaslikdan bilishga, oddiy, jo‘n bilimlardan murakkab bilimlarga, narsa va hodisalarning voqeligidan (namoyon bo‘lishidan) mohiyatini bilishga tomon rivojlaiadi. Inson, jamiyat bilishdan amaliyotga, yaratuvchilikka o‘tadi. Bilish jarayonida ko‘plab qiyinchiliklar uchraydi, ko‘plab xatolarga yo‘l qo‘yiladi. Bir-biriga tamomila zid, bir birini to‘liq inkor qiluvchi yoxud mos kelmaydigan xulosalar, qarashlar, nazariyalar vujudga keladi. Ba’zi bir xato xulosalar, bilimlar, noto‘g‘ri tasavvurlar asrlar davomida ijtimoiy ongda yashashi mumkin.


Haqqoniy bilimlar qatorida noto‘g‘ri, xato bilimlar, bilish jarayonining yutuqlari qatorida kamchiliklari ham ma’naviyatda o‘z aksini topadi. Bu haqda faylasuf A.Erkayev: ”Haqqoniy bilimlar asl qadriyatlarni yaratsa, noto‘g‘ri, xato bilimlar soxta qadriyatlar vujudga kelishiga sabab bo‘ladi.”1 - deb ta’kidlaydi. Ma’naviyatning bilish jarayoni bilan bog‘liqligi uning yuksalishida yorqin ko‘zga tashlanadi. Inson dunyoqarashi, ijtimoiy ong shakllari turli xil xurofat va bid’atlardan, urf-odatlar qoloq unsurlar va illatlardan xalos bo‘lib boraveradi. Ammo to‘liq qutilolmaydi. Cunki ularning eskilari o‘rniga yangilari paydo bo‘lishi qatorida inson keksayishi davomida radikal fikrlashdan asta-sekin konservativ va dogmatik fikrlashga o‘tadi. Ba’zan turli tabiiy ofatlar, ijtimoiiy larzalar (inqiloblar, inqirozlar, urushlar, ocharchilik va epidemiyalar va h-k.) xurofot va bid’atni jonlantiradi, oziqlantiradi. Lekin jamiyat taraqqiyoti jarayonida bilish ma’naviyatni umuman yuksaltiradi. Insonpavarlik, tenghuquqlilik, ijtimoiy adolat, tolerantlik, xurfikrlik, vijdon erkinligi, tafakkur erkinligi kabi g‘oyalar ijtimoiy-gumanitar fanlar, adabiyot, san’at rivojlanishi jarayonida, jamiyatni, insonni ilmiy va badiiy bilish jarayonida vujudga keladi va tarqaladi. Ma’naviyatdagi mavjud ba’zi bir salbiy holatlar, biryoqlama qarashlar, ayrim zamonaviy soxta qadriyatlar ham, afsuski, bilishdagi kamchiliklarga borib tarqaladi.
Bilish asosan tafakkur bilan bog‘liq. Inson sezgi organlari – ko‘rish, eshitish, ta’m, hid, teri orqali sezish organlari bergan axborotni aqli yordamida tahlil qiladi, umumlashtiradi. Bilish shakllari tafakkur shakllariga va tarziga mos bo‘ladi. Ratsional va irratsional tafakkur tegishlicha ratsional va irratsional bilish shakllarini yuzaga keltiradi. Xuddi shunday metafizik va dialektik, dogmatik, relyativistik, eklektik, dunyoviy va diniy, asotiriy, konkret obrazli, badiiy va ilmiy tafakkur shakllari va tarzlari mos ravishda bilishning dogmatik va relyavistik, eklektik, dunyoviy va diniy, asotiriy, badiiy va ilmiy shakllarini yuzaga keltiradi. Tafakkur tarzi voqelikni idrok etish va unga munosabatga ko‘ra, ratsional (aqlga, mantiqqa asoslangan) va irratsional (aql va mantiq doirasidan chiqadigan, ularga zid yoki botiniy ishonchga, g‘ayrishuuriy, mistik omillarga tayanadigan) kabi ko‘rinishlarga bo‘linadi. Bundan tashqari, tafakkur tarzi, aniqrog‘i, uslubi, voqelikni tahlil qilishiga va umumlashtirishiga ko‘ra, metafizik yoki dialektik bo‘lishi mumkin. Shunday qilib, tafakkurning gnoseologik asoslari masalasi oqibat natijada tafakkur tarzi va shakllariga borib taqaladi.
Nazariy tafakkur haqida gap ketganda, ratsional tafakkur ko‘proq G‘arbga, irratsional tafakkur ko‘proq Sharqqa xos degan qarashlar ancha keng tarqalgan. Aslini olganda, ratsional va irratsional tafakkur tarzi sharqiy va g‘arbiy tamaddunlar, madaniyatlar mohiyatidan, geografik omillar yoki dinlar xususiyatidan kelib chiqmaydi. E’tirof etilgan omillarning barchasi tafakkurga ma’lum darajadata’sir ko‘rsatishi mumkin, xolos. Yevropa mamlakatlarida, VI-VII asrlarni qo‘ya turaylik, IX-XIV asr oxirigacha, ya’ni Uyg‘onish davri (Renessans)gacha irratsional tafakkur hukmron edi.
Aksincha, IX-XII asrlarda islom dunyosida ilmiy tafakkurda ratsionalizm ustun edi. Hatto islom ilohiyoti – kalom ratsionalizmga tayanar edi. Islom olamida Chingizxon istilosidan keyin ma’naviyat va ratsional tafakkurda chuqur inqiroz boshlandi. Lekin shunda ham XV asr o‘rtalarigacha ratsional tafakkur ta’siri irratsional va mistik tafakkurdan kam emas edi.
Tafakkurning irratsional mazmun kasb etishiga juda ko‘p boshqa siyosiy va ijtimoiy omillar ta’sir ko‘rsatadi. Ijtimoiy begonalashuv, zulm, ijtimoiy qo‘rquv, ijtimoiy turg‘unlik, hukmron mafkuraning mavjudligi, axborot xuruji va ma’naviy tahdidlar, ijtimoiy adolatning buzilishi, mumtoz qadriyatlarning deformatsiyaga uchrashi, odamlarning ijtimoiy ideallarga, har xil balandnarvoz g‘oyalarga ishonmay qo‘ygani va shu kabi omillar irratsionalizmni oziqlantiradi. Ratsionalizmning rivojlanishida iqtisodiy hayotdagi o‘zgarishlar sababli amaliy tafakkurning mazmunan va shaklan boyishi katta rol o‘ynagan. Amaliy tafakkur qadim zamonlardanoq insonning yashash uchun kurash zaruratidan kelib chiqib rivojlangan. Avvalo, mehnat qurollarini yasash va takomillashtirish, ov qilish, oziq-ovqat uchun yaroqli o‘simliklarni topish, o‘zini himoya qilish qadimgi ajdodlarimizdan aql bilan ish tutishni talab qilgan. Inson taraqqiyotining turli bosqichlarida amaliy tafakkurda ratsional unsurlar ko‘payib boravergan. Tafakkurda ratsionalizmning uzil-kesil ustunlik qilishi, oxiroqibatda, industrial jamiyatning vujudga kelishi bilan bog‘liq. Zavodfabrikalarning paydo bo‘lishi, ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarishning obyektiv usullariga, uni amalga oshiradigan mutaxassislarga – oqilona fikrlaydigan injenerlar, texniklar, hisobchibuxgalterlar, iqtisodchilar, malakali ishchilar va sh.k.larga ehtiyoj tug‘dirdi. Ilm dargohlarning vujudga kelishi, ayniqsa, fundamental nazariy va amaliy fanlarning yuksalishi ratsional tafakkurni yanada rivojlantirdi. Endi tafakkur mazmuniga baho berganda, uiing nafaqat ratsional yoki irratsionalligi, shuningdek, yanada yuksakroq mezonlar qo‘llanib, uning ilmiyligi yoki noilmiyligi qayd etila boshladi. Ilmiy tafakkur shunchaki ratsional tafakkur bo‘lib qolmasdan, izchil mantiqiylikka, xolis ilmiy dalillarga asoslangan teran tafakkurdir. Noilmiy tafakkur esa, mantiq va ratsionallikka asoslanganda ham, dalillari xatolaridan xoli bo‘lmagan, oxirigacha tekshirilmagan, yoki noto‘g‘ri usullarga asoslangan tafakkurdir. Irratsional tafakkur, o‘zo‘zidan ayonki, noilmiy tafakkurning bir ko‘rinishidir.
Ilmiy tafakkurda, umuman ilm-fanda, intuitiv kashfiyotlar, evristik tafakkur uchrab turadi. Lekin ichki sezgi va topag‘onlik tafakkuri, ma’lum darajada transsedentlik mazmuniga ega bo‘lsa-da, aslida insonning avval olgan bilimlariga, qiziqishlariga, intilishlariga bog‘liq bo‘lib, g‘ayritabiiy hodisa emas. Nyuton butun olam tortilish qonunini olma tushgani yoki Mendeleev davriy sistemasini tush ko‘rgani uchun kashf etmagan. Ular ilmiy faoliyati davomida ushbu masalalar bilan shug‘ullanib kelgan. Olma tushishi va tush ko‘rishi turtki bo‘lgan, xolos. Biror hodisaning, predmetning xossalarini tahlil qilayotganda, o‘rganayot-ganda, yangi xossalarini izlab, kashfiyotlarga, amaliy ixtirolar qilishga intilayot-ganda, inson ko‘proq mavhum tushunchalar, g‘oyalar yordamida mulohaza yuritadi. Konkret-obrazli tafakkurga adabiyot va san’at, mavhum tushunchaviy tafakkurga esa fan misol bo‘la oladi. Lekin har ikkala tafakkur tarzi nafaqat badiiy yoki ilmiy mulohazalarda va asarlarda, shuningdek, inson faoliyatining boshqa ko‘rinishlarida ham uchraydi. Tafakkur yordamida inson yangi bilimlar yaratadi. Yangi bilimlarning mazmuni tafakkur uslubiga, xususiyati va tamoyillariga bog‘liq. Ratsional tafakkur ratsional bilimlarni, diniy tafakkur diniy bilimlarni, ilmiy tafakkur ilmiy bilimlarni yaratadi va h.k.
Bugungi kunda ayon bo‘lmoqdaki, jamiyat insoniyat taraqqiyoti tafakkur tarziga va uning ma’naviyat bilan uzviy bog‘liqliliga tayanadi. Ma’naviyat mazmuni, ilg‘or g‘oyalarga yo‘g‘rilishi jamiyatda vujudga kelgan muhitga va tafakkur tarziga bevosita bog‘liq. Ijtimoiy-siyosiy tuzum mazmuni, tamoyillari va tafakkur tarzi ma’naviyatning gnoseologik asosini tashkil qiladi. Tafakkur erkinligini va ma’naviy ong yuksalishini ta’minlash uchun yangicha dunyoqarash va fikrlash tarzi shakllanishi zarur. Shu o‘rinda I.Karimovning bugungi kun vaziyatidan kelib chiqib, “Yangicha fikrlash va yashash davr talabidir” degan edi. Chunki tafakkur ijtimoiy borliqning mexanik in’ikosi emas va o‘zo‘zidan borliq tomonidan belgilanib, vujudga kelib qolmaydi. Bir tomondan, unga ijodiy fantaziya va transsendentlik xos. Ikkinchi tomondan, u inersiya kuchiga ega. Shu bois an’anaviy, avtoritar va qoloq konservativ tafakkur unsurlari demokratik tamoyillar o‘rnatilgan erkin jamiyatlarda ham avom ongida sezilarli o‘rin egallashi mumkin. Boshqacha aytganda, ijtimoiy borliq o‘zgarishi bilan unga mutanosib ravishda ijtimoiy ong, tafakkur birdaniga o‘zgarib qolmaydi.
O‘zbekistonning rivojlangan mamlakatlar qatoriga qo‘shilishga intilishi bizdan har qanday ilmiy-texnikaviy, texnologik, iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy yangiliklarga, yutuqlarga ochiq bo‘lgan jamiyat qurishni, ijtimoiy ongni, ma’naviyatning gnoseologik asosi – erkin, liberal tafakkurni tarbiyalashni talab qiladi. Ma’naviyatning gnoseologik asoslari masalasi o‘zining ilmiymetodologik jihatidan tashqari, aniq amaliy metodologik yo‘nalishiga ega. Chunki O‘zbekistonda yangi jamiyat, adolatparvar, huquqiy, demokratik jamiyat barpo etish ijtimoiy ongni, odamlarning olamga, insonga va jamiyatga munosabatini o‘zgartirishni taqozo etadi.

Download 373 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling