Safarova muattarning
-Mavzu:Amir Temur va temuriylar davrida milliy ma’naviyatimizning qayta uyg‘onishi va yuksalishi(XIII asr oxirgi choragi - XVI asr boshlari)
Download 373 Kb.
|
Ma\'naviyatshunoslik mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Mo‘g‘ul istilosi iqtisodiyotimiz va madaniyatimizni vayron etib, ma’naviyatimizni inkirozga uchratsa-da, uning dunyoqarash va e’tiqod asoslarini o‘zgartira olmaganligi.
10-Mavzu:Amir Temur va temuriylar davrida milliy ma’naviyatimizning qayta uyg‘onishi va yuksalishi(XIII asr oxirgi choragi - XVI asr boshlari).
Reja: 1. Mo‘g‘ullaming yurtimizda taxminan bir yarim asr davom etgan istilosidan so‘ng XIII asming 70-yillaridan madaniy-ma’naviy hayot yana asta-sekin jonlana boshlanganligi. Bu davrda ijod qilgan mutafakkirlar. 2. Mo‘g‘ul istilosi iqtisodiyotimiz va madaniyatimizni vayron etib, ma’naviyatimizni inkirozga uchratsa-da, uning dunyoqarash va e’tiqod asoslarini o‘zgartira olmaganligi. 3.Mamlakatimiz, madaniyatimiz va ma’naviyatimiz tarixining eng qudratli, sifat jihatdan yangi davri Temur va temuriylar hukmronligiga to‘g‘ri kelishi. Mo‘g‘ullardan hokimiyat Temurga va temuriylarga o‘tgandan so‘ng ma’naviy hayotda yangitdan haqiqiy uyg‘onish davri boshlanganligi. 4. Temur davridagi allomalar. Temur faoliyatining bosh g'oyasi va amaliy shiori bo‘lgan - “Kuch - adolatda” degan hikmatining umuminsoniy ahamiyatga egaligi. Temuming davlat ishlarining 90 foizi kengashu mashvarat, faqat 10 foizi kuch, qilich (ma’muriy yo‘l) orqali hal qilinishi lozim, degan tamoyili. XIII asrning 20-yillarida Markaziy Osiyo mo‘g‘ul istilosiga tushib qoldi. Mo‘g‘ullarga qarshilik ko‘rsatgan shaharlar to‘liq buzib tashlandi, aholisi esa bitta qo‘ymay so‘yildi. Samarqand, Xiva kabi poytaxt shaharlar, qator katta-kichik boshqa shaharlar yer bilan tekislandi. Ko‘plab alloma shaxslar o‘ldirildi, yoki qul qilib olib ketildi, yurtimizdan muhojirlikka ketib qolgan ijodkorlar ham talaygina. Masalan, buyuk faylasuf Aziziddin Nasafiy, atoqli shoir Kamol Xo‘jandiy Eronga, shoirlar Muhammad Avfiy, Badriddin Chochiy, buyuk shoir Xusrav Dehlaviyning ota-bobolari Hindistonga ketib qoldilar. Ular va ularning farzandlari o‘sha yerlarda ijodlarini davom ettirdilar. Jaloliddin Rumiyning otasi Balxdan Rumga (Turkiyaga) ko‘chib o‘tdi. Jaloliddin Manguberdi bilan ketib qolgan hamyurtlarimiz G‘arbiy Eron, Iroq, Suriya va boshqa mamlakatlarda hatto o‘z qishloq, va shaharlarini qurib oldilar. Tarkibida Hurmuz (xavraz) deb ataluvchi yoki shunga o‘xshash atamani o‘z tarkibiga olgan ko‘plab qishloq va shaharlar Yaqin Sharq mamlakatlarida hozirgacha uchraydi. Ularning nomi «Xorazm» so‘zining arabcha talaffuzda o‘zgarishi bilan bog‘liq. Ularga mo‘g‘ul istilosi davrida muhorjirlikka ketgan yurtdoshlarimiz asos solgan. Mamlakatimiz, madaniyatimiz va ma’naviyatimiz tarixining eng qudratli, sifat jihatdan yangi davri Temur va temuriylar hukmronligiga to‘g‘ri keladi. Iqtisodiyot, madaniyat, ma’naviyat yana qayta yuksalishi, ijtimoiy aloqalarning mustahkamlanishi turli qabila-urug‘lar, qavmlar, elatlar o‘rtasidagi mushtaraklikni kuchaytirdi, ularning milliy jipslashishini tezlashtirdi. Eski o‘zbek adabiy tili shakllana boshladi. U Taroz va Yassadan to Hirotgacha fors tili bilan bir qatorda umumiy aloqa va ijod vositasiga aylandi. Milliy ong, tafakkur, milliy adabiyot va san’at, ilm-fan rivojida kishilarning qaror topayotgan yangi tarixiy birligi ehtiyojlari o‘z aksini topdi. Biz bejiz bu davrdagi O‘rta Osiyo o‘troq turkiy xalqi tilini eski o‘zbek tili, Sakkokiy, Atoiy, Gadoiy, Lutfiy, Navoiy, Bobur ijodini mumtoz o‘zbek adabiyoti deb atamaymiz. Bugungi mumtoz o‘zbek adabiyoti, san’ati, ma’naviy madaniyatining oyoqqa turishi va rivojlanishida Temur va temuriylar davri hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi. Mo‘g‘ullardan hokimiyat Temurga va temuriylarga o‘tgandan so‘ng ma’naviy hayotda hakikiy uyg‘onish davri boshlandi. Madaniyat, ma’rifat, hunarmandchilik, savdo-sotiq gullab yashnadi, shaharlar va qishloqlarda obodonchilik keng ko‘lamda olib borildi. Ariqlar, kanallar qazildi. Yangi yerlar o‘zlashtirildi, bog‘lar barpo etildi. Karvonsaroylar, madrasalar, hammomlar, bozorlar, rastalar, saroylar, hashamatli imoratlar, suv quvurlari barpo etildi. Temur bu ishlarni faqat ota yurtidagina emas, zabt etilgan mamlakatlarda ham amalga oshirdi. Yirik imperiyaga birlashgan xalqlar, ularning madaniyatlari o‘rtasida muloqot kuchaydi. Turli xalqlar madaniyatlari bir-birlaridan o‘rgandilar, bir-birlarini boyitdilar. Imperiya garchi harbiy yurishlar natijasida tuzilgan bo‘lsa-da, uning ichki boshqaruvida zo‘ravonlik qo‘llanilmas, balki Amir Temurning «Kuch – adolatda» tamoyili asosida ish yuritilar edi. Amir Temur davlatida milliy madaniyatlarning o‘zaro ta’siri va bir-birini boyitishi aslo zo‘ravonlik natijasi emas, balki buyuk bunyodkorlik, xalqlarning o‘zaro yaqinlashuvi, hamkorligi natijasidir. Shu bois, biz yuqorida keltirib o‘tganimizdek, akademik N. I. Konrad Amir Temurni Chingizxonga emas, balki Aleksandr Makedonskiyga va Kanishkaga qiyoslaydi, ularning davomchisi deb hisoblaydi. Temur davridagi allomalar haqida gapirganda, avvalo, uning xos, yaqin kishilaridan bo‘lgan mavlono Abdulmalikni eslash kerak. U Burhoniddin Marg‘inoniyning avlodlaridan biridir. Abdumalik mudarrislik qilgan, she’rlar yozgan. Turkiy, arab va fors tillarini, turli ilmlarni mukammal egallagan shaxs bo‘lgan. U Temurning arab olimlari va fozilu ulamolari bilan suhbatlarida, bahslarida tarjimonlik qilgan. Temur bilan suhbat qurgan, bir qancha muddat uning qarorgohida yashagan buyuk alloma Ibn Xaldun va boshqa allomalar o‘z xotiralarida Abdulmalikka yuksak baho berganlar. Temur davrining dong‘i chiqqan olimlaridan Sa’duddin at-Taftozoniy, Said Sharif Muhammad al-Jurjoniy, Xoja Muhammad az-Zohid al-Buxoriyni ko‘rsatib o‘tish lozim. Hoja Muhammad az-Zohid al-Buxoriy Qur’oni karimni yuz jildda (!) tafsir qilgan. Musiqa ilmida shuhrat topgan bastakor va ustoz Abduqodir al-Marog‘iy nomi ham tarixda qolgan. Ibn Arabshoh yozishiga qaraganda, mavlono Ahmad ibn Shams ul Aimma turkcha, forscha, arabchada «malik ul-kalom» unvonini olgan. Bu uchala tilning podshohi deganidir. Ushbu munosabat bilan shuni alohida ta’kidlamoqchi edikki, o‘rta asrlarda ilmiy, adabiy va madaniy hayotning milliyligi qaysi tilda bitilgani bilan belgilanmagan. Avvalgi boblarda aytib o‘tilganidek, g‘arbiy Yevropada ilmiy asarlar deyarli XVIII asr oxirigacha asosan lotin tilida yozilgan. Badiiy asarlar aksariyati esa XIV asr oxirigacha lotin tilida bitilgan. Adabiyot va san’atning milliy tillarga ko‘chishi Renessans davrida uzil-kesil hal bo‘ldi. Bizning mintaqamizda arab tili ilm tili sifatida XV asrgacha o‘z mavqeini saqlab turdi. Lekin fors tilining ilmiy mavqei ham bu davrga kelib ancha yuksalgan, hatto arab tili bilan tenglashib qolgan edi. XVI asrdan Markaziy Osiyo va Eronda so‘nib borayotgan tabiatshunoslik to‘la fors tiliga ko‘chdi. Badiiy ijodda IX asrdan boshlab fors tili yetakchilik kila boshladi. Ahmad Yugnakiy, Yusuf Xos Hojib kabi atoqli shoirlar ijodi esa qoraxoniylar davrida turkiy tildagi adabiy yuksalish namunasidir. Lekin bu yuksalish chingiziylar davrida tanazzulga yuz tutgan edi. XV asrgacha mintaqamizda arab va turkiy tilda bitilgan asarlar, bu tilda ijod qilgan adiblar kam bo‘lmasa-da, ular orasida daho darajasidagi yirik ijodkorlar yo‘q edi. Lekin bu turkiy xalqlardan adabiyot soxasida bunday ijodkorlar XV asrgacha chiqmagan ekan degan tushunchani anglatmaydi. Temurning davlat ishlarining 90 foizi kengashu mashvarat, faqat 10 foizi kuch qilich (ma’muriy yo‘l) orqali hal qilinishi lozim degan tamoyili o‘z davri uchun davlatni maslahat asosida boshqarish, ya’ni o‘ziga xos demokratik boshqaruv meyoridir. Xalq norozi bo‘lgan, adolatni buzgan hokimlarni vazifasidan chetlashtirib jazolashi yoki mamlakatning bir sarhadidan ikkinchi sarhadiga boshiga bir lagan javohirni qo‘yib o‘tayotgan bolakayning biror dona javohiri yo‘qolmaydigan tartib o‘rnatilgani adolat va hukuk ustuvorligining amalda ta’minlanishidir. Fapb davlatlari hukmdorlariga yozgan maktublarida mamlakatlar o‘rtasida urushlar emas, savdo-sotik rivojlanishi farovonlikka, obodonchilikka xizmat qilishi to‘g‘risidagi fikrlari va bunday aloqalarni o‘rnatish bo‘yicha bildirgan amaliy takliflari bugungi xalqaro siyosiy va iqtisodiy aloqalar negizida yotgan tamoyilning o‘sha davrda nish urgan kurtagidir. Yuqorida qayd etilgan tamoyillar, meyorlar bevosita ma’naviyatning mohiyatli unsurlaridir. Ular turli tarixiy davrlarda turli ko‘rinishlar kasb etishi, shaklan va mazmunan boyishi tabiiy. Bugun biz buning guvohimiz. Lekin faxr bilan e’tirof qilishimiz mumkinki, zamonaviy umuminsoniy kadriyatlarning muayyan qismi o‘z ildizlari bilan bizning ajdodlarimiz ijodiga va faoliyatiga borib taqaladi. Download 373 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling