Сафдорлар учун Ўзбекистон Республикаси мустақил давлат сифатида қандай ҳуқуқларга эга?


Демократиянинг қандай шакллари бор, уларни ёритиб беринг?


Download 217.28 Kb.
bet30/85
Sana14.10.2023
Hajmi217.28 Kb.
#1702755
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   85
Bog'liq
Сафдорлар учун (хукук, жавоблар)

Демократиянинг қандай шакллари бор, уларни ёритиб беринг?

Ж: O‘z tarixi davomida insoniyat demokratiyaning ikki shaklini yaratgan:

    • bevosita, ya’ni to‘g‘ridan to‘g‘ri demokratiya. Bunda xalq davlat ishlarini vakillarsiz o‘zi hal qiladi (saylov, referendum, fuqarolar murojaati, qonunlar loyihalari muhokamasi va boshqalar orqali);

    • bilvosita, ya’ni vakillik demokratiyasi. Unda xalq suveren huquqlaridan foydalanib, o‘zlari saylab qo‘ygan vakillari (deputatlar va senatorlar) orqali davlat ishlarini amalga oshiradi.

  1. Ҳокимиятнинг бўлиниш принципини тушунтириб беринг, бу принцип нима учун керак?

Ж: Demokratik davlatning eng muhim konstitutsiyaviy prinsiplaridan biri hokimiyatning bo‘linishi prinsipidir (O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 11-modda).
Ushbu prinsipga muvofiq davlat hokimiyati qonunchilik, ijro etuvchi va sud hokimiyat organlariga bo‘linadi.
Bu shuning uchun kerakki, bunda har qaysi hokimiyat tarmog‘i hokimiyat vakolatlari doirasidan chetga chiqish va uni suiiste’mol qilish imkoniyatiga yo‘l qo‘ymagan holda boshqasini tiyib turishi zarurdir. Hokimiyatlardan birontasi boshqasining faoliyatiga aralashmasligi kerak. Bu prinsipning amaldagi ifodasi qandaydir bir guruh yoki alohida shaxs tomonidan hokimiyat egallab olinishiga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgandir. Faqat qonunga bo‘ysunishlari shart bo‘lgan sudlov organlari faoliyatiga aralashish alohida xavf-xatar tug‘diradi.



  1. Ташқи сиёсат деганда қандай фаолиятни тушунасиз?

Ж: Тashqi siyosat – o‘z chegaralaridan tashqarida xalqaro hayotda ishtirok etgan holda davlatning boshqa davlatlar, хalqaro tashkilotlar bilan munosabatlarini, davlatning хalqaro munosabatlardagi umumiy siyosatini amalga oshirishidan iborat faoliyati.

  1. БМТ қачон ташкил топган ва Ўзбекистон унга қачон аъзо бўлган?

Ж: Butun insoniyat tarixida sayyoramizda 15 mingdan ortiq urushlar bo‘lib o‘tgan. Ularda 3,5 mlrd atrofida odam halok bo‘lgan. Shuning uchun ham kishilar hamma vaqt vujudga kelgan muammolarni tinchlik yo‘li bilan hal etish haqida bosh qotirganlar.
Ikkinchi jahon urushi (1939–1945-yillar) tugaganidan keyin tinchlikni va xavfsizlikni qo‘llab-quvvatlash va saqlash maqsadida 1945-yil 24-oktabrda San-Fransisko (AQSH) shahrida 51 ta mamlakat vakillari Tinchlik konstitutsiyasi deb hisoblashga haqli bo‘lgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Nizomini imzolagan edi.
Hozirgi vaqtda 193 ta davlat, shu jumladan, O‘zbekiston ham BMT a’zosidir. O‘zbekiston 1992-yil 2-martda BMTning to‘la huquqli a’zosi bo‘lgan



  1. Download 217.28 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling