Сафдорлар учун Ўзбекистон Республикаси мустақил давлат сифатида қандай ҳуқуқларга эга?


Жиноят қилгунга қадар ўн саккиз ёшга тўлмаган шахснинг жинояти ҳақидаги ишлар бўйича нималар аниқланиши лозим?


Download 217.28 Kb.
bet26/85
Sana14.10.2023
Hajmi217.28 Kb.
#1702755
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   85
Bog'liq
Сафдорлар учун (хукук, жавоблар)

Жиноят қилгунга қадар ўн саккиз ёшга тўлмаган шахснинг жинояти ҳақидаги ишлар бўйича нималар аниқланиши лозим?

Ж: Muayyan shaxsni, ayniqsa, voyaga yetmagan shaxsni, jinoiy javobgarlikka tortish uchun sodir qilgan jinoyatini isbotlovchi hujjatlar yetarli, asoslantirilgan, yuridik jihatdan ahamiyatga ega bo‘lgan bo‘lishi kerak.
Jinoyat qilgunga qadar o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxsning jinoyati haqidagi ishlar bo‘yicha quyidagilar ham aniqlanishi lozim:
1) ayblanuvchining aniq yoshi (tug‘ilgan yili, oyi, kuni);
2) uning shaxsiga xos xususiyatlar va salomatligi holati;
3) uning turmush va tarbiyalanish sharoitlari;
4) katta yoshli dalolatchilar va boshqa ishtirokchilarning bor yoki yo‘qligi.

  1. Ўн беш ёшга тўлган болалар қандай тартибда ишга қабул қилинади?

Ж: Mamlakatimiz Konstitutsiyasida har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash huquqiga ega bo‘lsa-da, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 77- moddasiga binoan, ishga qabul qilishga o‘n olti yoshdan ruxsat beriladi. O‘n besh yoshga to‘lgan bolalar ota-onasidan birining yoki
ularning o‘rnini bosuvchi odamning yozma ravishdagi roziligi bilan, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, ishga qabul qilinadi.

  1. Меҳнат қонунчилигига кўра иш вақти вояга етмаганларга қанча этиб белгиланган?

Ж: Mehnat qonunchiligiga ko‘ra ish vaqti 16 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga haftasiga 36 soatdan, 15 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilar uchun haftasiga 24 soatdan osh maydigan qilib belgilanadi.

  1. Жиноят содир этилгунга қадар 14 ёшга тўлган шахслар қандай жиноятлар учун жавобгарликка тортиладилар?

Ж: Jinoyat sodir etilgunga qadar 14 yoshga to‘lgan shaxslar quyidagi jinoyatlar uchun javobgarlikka tortiladilar:
– qasddan odam o‘ldirganliklari;
– qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazganliklari;
– nomusga tegish;
– ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayri tabiiy usulda qondirish;
– odam o‘g‘irlash;
– bosqinchilik, tovlamachilik, talonchilik;
– mulkni qasddan nobud qilish yoki unga tuzatib bo‘lmas zarar yetkazish;
– ozodlikdan mahrum etish joylaridan qochish;
– o‘qotar qurol, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalarini, radiaktiv materiallarni qonunga xilof ravishda egallash;
– temiryo‘l, dengiz, daryo, havo transporti vositasi yoki aloqa yo‘llarini yaroqsiz holatga keltirish;
– transport vositasini olib qochish;
– giyohvandlik yoki psixotrop moddalarini qonunga xilof ravishda egallash;
– aybni og‘irlashtiruvchi holatlarda bezorilik qilish.


  1. Download 217.28 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling