Сафдорлар учун Ўзбекистон Республикаси мустақил давлат сифатида қандай ҳуқуқларга эга?


Турар жой дахлсизлиги ҳуқуқи деганда нимани тушунасиз?


Download 217.28 Kb.
bet34/85
Sana14.10.2023
Hajmi217.28 Kb.
#1702755
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   85
Bog'liq
Сафдорлар учун (хукук, жавоблар)

Турар жой дахлсизлиги ҳуқуқи деганда нимани тушунасиз?

Ж: Fuqaro tomonidan qonuniy asosda doimiy yoki vaqtinchalik yashash joyi tariqasida egallab turilgan har qanday bino turar joy jumlasiga kiradi
Hech kim qonun nazarda tutgan hollardan va tartibdan tashqari birovning turar joyiga kirishi, tintuv o‘tkazishi yoki uni ko‘zdan kechirishi, yozishmalar va telefonda so‘zlashuvlar sirini oshkor qilishi mumkin emas (O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 27-modda)

  1. Дунёвий давлат деганда нимани тушунасиз?

Ж: Dunyoviy dаvlаt – rаsmiy dаvlаt dini mаvjud bo‘lmаgаn vа birоrtа diniy tа’limоt mаjburiy sаnаlmаydigаn dаvlаt.
Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi (O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 31-modda)

  1. Меҳнат қилиш ҳуқуқи ва унинг аҳамиятини тушунтириб беринг?

Ж: “Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir.
Sud hukmi bilan tayinlangan jazoni o‘tash tartibidan yoki qonunda ko‘rsatilgan boshqa hollardan tashqari majburiy mehnat taqiqlanadi” (O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 37-modda)

  1. Вояга етмаганлар қандай тартибда ишга қабул қилинадилар?

Ж: Ishga kirayotgan odamdan, avvalo, yoshi haqida so‘raladi, chunki O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga muvofiq korxona ma’muriyati voyaga yetmaganlarni faqat 16 yoshdan boshlab ishga qabul qilishga haqlidir. Mehnatga tayyorlash maqsadida (O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi, 77-modda) o‘quvchilar 15 yoshdan boshlab, o‘qishdan bo‘sh vaqtda ishga qabul qilinishi mumkin.
Voyaga yetmaganlar faqat ota-onalarining yozma roziligi bilan ishga joylashishlari mumkin, chunki ota-onalar mehnat sharoitini bilishlari va bu haqda kelishishlari shart. Shuningdek, o‘smir salomatligi to‘g‘risidagi tibbiyot ma’lumotnomasi ham majburiydir.
Voyaga yetmaganlar uchun shunday taqiqlangan kasblar ham mavjudki, ular sog‘liq uchun zararli bo‘lgan mehnat sharoitiga ega. Masalan, gazpayvandchi, shaxtyor, temirchi singari kasblar.
O‘quvchilar salomatligiga ziyon yetkazmaydigan, ta’lim jarayonini buzmaydigan yengil ishlarga jalb etilishi mumkin. Shuningdek, voyaga yetmaganlarni tungi, qo‘shimcha ishlarga va dam olish kunlaridagi ishlarga jalb etish ham taqiqlanadi


  1. Download 217.28 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling