Фуқаролик жамияти нима?
Ж: Fuqarolik jamiyati – komil fuqarolardan, ya’ni uzviy bog‘liqlikda bo‘lgan hamda axloqiy, huquqiy va siyosiy madaniyatga ega odamlardan iborat jamiyat.
Fuqarolik jamiyatining asosiy bеlgilari quyidagilardan iboratdir:
– turli mulkchilik shakllarining mavjudligi;
– barcha mulkchilik shakllariga bir xilda munosabatda bo‘linishi, ya’ni mulkchilik shakllarining qonun doirasida tеngligi;
– erkin mеhnat qilish va kasb tanlash imkoniyati;
– tadbirkorlikka kеng imkoniyatlar yaratilganligi;
– siyosiy erkinliklarning mavjudligi;
– fikrlar xilma-xilligi va axborot erkinligining mavjudligi;
– inson huquq va erkinliklarining kafolatlanganligi;
– o‘zini-o‘zi boshqarish organlarining rivojlanganligi;
– adolatli huquqiy hokimiyatning mavjudligi;
– huquq ustuvorligining ta’minlanganligi
Маъмурият тушунчасига таъриф беринг.
Ж: Ma’muriyat (arabcha ma’muriyat – buyruqlar beruvchi uyushma, idora; shuningdek, kishilar obod qilgan, qo‘nim topgan, tabiatdan o‘zlashtirgan maskanlar, mamlakatlarning mushtarak nomi) – turli darajadagi ijro etuvchi hokimiyat organlarining eng keng tarqalgan atalishi (shaharda, tumanda, viloyatda, respublikada).
Муқобил сайлов нима?
Ж: Muqobil saylovlar – mansabdor shaxsning qandaydir organga lavozim ustida o‘zaro raqobatlashayotgan ikki yoki undan ortiq nomzodlardan saylanishi.
Омбудсманга таъриф беринг.
Ж: Ombudsman (shvedcha hombuldsman – allakimningdir manfaatlari vakili) – davlat organlari tomonidan inson huquqlariga rioya etilishi ustidan nazorat qiluvchi mansabdor shaxs.
Референдумга таъриф беринг.
Ж: Referendum (lotincha referendum – bildirilishi shart bo‘lgan narsa) – barcha fuqarolar ishtirok etadigan umumxalq so‘rovi yoki saylov huquqi; davlat hayotining o‘ta muhim masalalari bo‘yicha o‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |