Сафдорлар учун Ўзбекистон Республикаси мустақил давлат сифатида қандай ҳуқуқларга эга?


Download 217.28 Kb.
bet41/85
Sana14.10.2023
Hajmi217.28 Kb.
#1702755
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   85
Bog'liq
Сафдорлар учун (хукук, жавоблар)

Демократияга таъриф беринг.

Ж: «Xalq hokimiyatchiligi» atamasi yunon tilidagi «demokratiya» (demos – xalq, kratos – hokimiyat) so‘zining aynan tarjimasidir. Bu tushuncha ilk marotaba Qadimgi Yunonistonda vujudga kelib, butun jahonga keng tarqaldi.
Demokratiya – bu:

    • saylab qo‘yiladigan hokimiyat organlarida ishtirok etish;

    • fuqarolarning davlatni boshqarishda ishtirok etishi;

    • hammaning va har kimning qonun oldida tengligi;

    • jamiyat va inson xavfsizligi;

    • fuqarolar huquq va erkinliklarining to‘la-to‘kisligi;

    • inson farovonligi va manfaatlari xususida davlat g‘amxo‘rligi;

    • inson huquq va erkinliklari muhofazasining kafolatlangan mexanizmi mavjudligi.

  1. Федератив давлатлар қандай белгиларга эга ва мисоллар билан тушунтириб беринг?

Ж: Federativ davlat — bir necha davlatlarning birlashuvidan hosil bo‘lgan murakkab, ittifoqdosh davlat. Unitar davlatdan farqli o‘laroq federativ davlat murakkab davlat tuzilmasi hisoblanadi. Ularning subyektlari shtat, o‘lka, respublika, amirliklar deb atalishi mumkin. Federatsiya subyektlari o‘z ma’muriy-hududiy bo‘linmalari ga ega. Ushbu davlatlar o‘zaro birlashganidan keyin federatsiya a’zolari hisoblanib, asosiy hokimiyat vakolatlari federatsiyaning markaziy organlariga beri ladi
Federativ davlatning belgilari quyidagilar:
♦ federatsiya hududi uning subyektlari hududi yig‘indisidan iborat bo‘ladi;
oliy qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati federal davlat idoralariga tegishli bo‘ladi;
♦ federatsiyaning umumiy konstitutsiyasi uning subyektlari va federatsiyaning o‘zi o‘rtasidagi huquqiy munosabatlarni belgilaydi;
♦ federatsiya subyektlarining har biri alohida o‘z konstitutsiyasi, o‘zlarining oliy qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud organlariga ega bo‘ladi;
♦ federatsiya oliy qonun chiqaruvchi idorasi odatda ikki palatali bo‘ladi.
Bunda yuqori palata federatsiya a’zolarining manfaatlarini ifoda etadi. Hozirda jahonda 20 tadan ko‘proq federativ davlatlar mavjud. Federatsiya va uning subyektlari o‘rtasidagi munosabatlar har doim ham ijobiy bo‘lavermaydi. Buni tarqalib ketgan Sovet Ittifoqi, Chexoslovakiya, Yugoslaviya kabi federatsiyalar misolida ko‘rishimiz mumkin.



  1. Download 217.28 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling