Ўзбекистон Халқ демократик партияси (ХДП) қачон тузилган ва мақсади нима?
Ж: O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi (XDP) - 1991-yil tuzilgan. Maqsadi: ijtimoiy adolat, mamlakat taraqqiyoti va ma’naviy yangilanishini ta’minlash.
“Адолат” социал-демократик партияси қачон тузилган ва мақсади нима?
Ж: «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi - 1991-yil tuzilgan. Maqsadi: huquqiy demokratik davlat barpo etish, ijtimoiy adolat o‘rnatish.
Ўзбекистон “Миллий тикланиш” демократик партияси қачон тузилган ва мақсади нима?
Ж: O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi - 1991-yil tuzilgan. Maqsadi: davlatning umuminsoniy qadriyatlar asosida milliy tiklanishi.
Тадбиркорлар ва ишбилармонлар ҳаракати – Ўзбекистон либерал-демократик (ЎзЛиДеП) партияси қачон тузилган ва мақсади нима?
Ж: Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik (O‘zLiDeP) partiyasi - 2003-yil tuzilgan. Maqsadi: o‘rta sinf, kichik biznes namoyandalari, ishbilarmon kishilar, ishlab chiqarish va boshqaruvning yuqori malakali mutaxassislarining manfaatlarini himoyalash.
Ўзбекистон Экологик партияси қачон тузилган ва мақсади нима?
Ж: O‘zbekiston Ekologik partiyasi - 2019-yil tuzilgan. Maqsadi: atrof-muhitni muhofaza qilishda jamoatchilik faolligini har tomonlama oshirish.
Давлат ҳуқуқига таъриф беринг?
Ж:Davlat huquqi (konstitutsiyaviy huquqqa mos keladi) – davlatning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va hududiy tuzilishi asoslarini tartibga soluvchi, fuqarolarning huquq va erkinliklarini mustahkamlab qo‘yuvchi hamda ayni davlat hokimiyati organlari tizimini belgilovchi huquq tarmog‘i.
Do'stlaringiz bilan baham: |