Ўзбекистон Республикаси Конституциясига кўра шахсий ҳуқуқ ва эркинликларга нималар киради?
Ж: Shaxsiy huquq va erkinliklar (O‘zbеkiston Rеspublikasi Konstitutsiyasining 24–31-moddalari):
Yashash;
erkinlik, sudda himoya qilish va shaxsiy daxlsizlik;
sha’ni va obro‘siga tajovuz qilinishidan, shaxsiy hayotiga aralashishdan himoyalanish va turar joy daxlsizligi huquqi
bir joydan ikkinchi joyga ko‘chish va yashash joyini tanlab olish erkinligi
fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi;
fuqaroning huquq va manfaatlariga daxldor bo‘lgan hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish;
vijdon va diniy e’tiqod erkinligi.
Ўзбекистон Республикаси Конституциясига кўра иқтисодий ва ижтимоий ҳуқуқларга нималар киради?
Ж: Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar (O‘zbеkiston Rеspublikasi Konstitutsiyasining 36–42-moddalari):
xususiy mulkdor bo‘lish huquqi;
mehnat qilish sharoitiga ega bo‘lish va ishsizlikdan himoyalanganlik huquqi, faoliyat va kasb tanlash erkinligi;
yoshiga ko‘ra (pensiya), mehnat layoqatini yo‘qotganda, shuningdek, boquvchisidan mahrum bo‘lganda ijtimoiy ta’minot olish huquqi;
qonun bilan taqiqlanmagan iqtisodiy faoliyat huquqi;
to‘lanadigan dam olish huquqi;
malakali tibbiy yordamdan foydalanish huquqi.
Ўзбекистон Республикаси Конституциясига кўра маданий ҳуқуқларга нималар киради?
Ж: Madaniy huquqlar (O‘zbеkiston Rеspublikasi Konstitutsiyasining 41–42-moddalari):
ta’lim olish huquqi, bepul umumiy ta’lim olish kafolatlanganligi;
ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi huquqi;
madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi.
Do'stlaringiz bilan baham: |