Фуқаролик ҳуқуқи соҳаси қандай муносабатларни тартибга солади?
Ж: O‘zbekiston Respublikasidagi barcha shaxslar (jismoniy va yuridik) mulkka oid va oid bo‘lmagan munosabatlarini hamda tovar-pul munosabatlarini tartibga solib turuvchi huquqiy normalarini o‘zida jamlagan soha bu — fuqarolik huquqi sohasidir.
Шахснинг муомала ва ҳуқуқий лаёқати деганда нима тушунасиз?
Ж: Fuqaroning huquq layoqati u tug‘ilgan paytdan e’tiboran vujudga keladi va vafot etishi bilan tugaydi. Fuqaroning muomala layoqati esa fuqaroning o‘z harakatlari bilan fuqarolik huquqlariga ega bo‘lish va ularni amalga oshirish, o‘zi uchun fuqarolik burchlarini vujudga keltirish va ularni bajarish layoqati bo‘lib, bu layoqat fuqaro voyaga yetgach, ya’ni o‘n sakkiz yoshga to‘lgach to‘la hajmda vujudga keladi.
14 ёшдан 18 ёшгача бўлган вояга етмаганлар қандай фуқаролик ҳуқуқларига эга?
Ж: 14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlar:
1) o‘z ish haqi, stipendiyasi va boshqa daromadlarini tasarruf etish;
2) har xil mualliflik huquqlarini amalga oshirish;
3) qonunga muvofi q banklarga omonat qo‘yish va ularni tasarruf etish;
4) har xil maishiy bitimlarni tuzish huquqiga ega.
6 ёшдан 14 ёшгача бўлган кичик ёшдаги болалар қандай фуқаролик ҳуқуқларига эга?
Ж: 6 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan kichik yoshdagi bolalar:
1) mayda maishiy bitimlarni;
2) tekin manfaat ko‘rishga qaratilgan bitimlarni;
3) qonuniy ravishda muayyan maqsadda yoki o‘zi xohlagan tartibda
erkin foydalanish uchun berilgan mablag‘larni tasarruf etish borasidagi
bitimlarni tuzishga haqlidir.
Ҳуқуқбузарликларнинг хусусияти ва белгиларига қараб қандай гуруҳга ажратиш мумкин ва уларга таъриф беринг?
Ж: Huquqbuzarliklarning xususiyati va belgilariga qarab to‘rtta guruhga ajratib olish mumkin. Bular: jinoiy, ma’muriy, intizomiy va fuqaroviy huquq buzarliklardir. Ana shu huquqbuzarliklar ichida bir-biriga nisbatan o‘x shashroq bo‘lgani jinoiy va ma’muriy huquq bu zar lik lardir. Ularning tajovuz qilish obyektlari ham ko‘p hollarda bir xil. Jumladan, O‘z bekiston Res publikasi Jinoyat kodeksining 2-moddasida jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan obyektlar ko‘rsatilgan bo‘lib, shaxsni, uning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlat manfaatlarini, mulkni, tabiiy muhitni, tinch likni, insoniyat xavfsizligini jinoiy tajovuzdan qo‘riqlash nazarda tutil sa, Ma’muriy javob garlik to‘g‘risidagi kodeksning 10-moddasida shaxsga, fuqarolarning huquqlariga va erkinliklariga, mulkchilikka, davlat va jamoat tartibiga, tabiiy muhitga tajovuz qiluvchi qonuniy aybli qilmishlar nazarda tutiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |