Ўзбекистон Республикаси Давлат солиқ қўмитаси қандай орган ва мақсадлари нима?
Ж:O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi davlat boshqaruvi organi bo‘lib, soliq sohasidagi qonun xujjatlariga rioya qilinishini, davlatning iqtisodiy manfaatlari va mulkiy huquqlari himoyasini ta’minlash bo‘yicha nazoratni yo‘lga qo‘yish uning asosiy faoliyat maqsadlaridandir.
Давлат солиқ қўмитасининг асосий вазифалари нималардан иборат?
Ж: Davlat soliq qo‘mitasining asosiy vazifalari quyidagilardir:
- soliq sohasida davlat siyosatini amalga oshirish;
- soliqlarning to‘g‘ri va o‘z vaqtida hisoblanishi, to‘lanishi va davlat budjeti hamda davlat maqsadli jamg‘armalariga tushishini ta’minlash;
- soliq solish obyektlari va subyektlarining to‘liq va aniq hisobini yuritish;
- soliq solinadigan bazani kengaytirish, soliqlarning yig‘iluvchanligini oshirish, soliq sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Shu va shunga o‘xshash vazifalarni bajarishda Davlat soliq qo‘mitasi Soliq kodeksiga og‘ishmay amal qiladi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan soliq islohotlari natijasida 2019-yil 1-yanvardan boshlab yangilangan, xalqaro tajribani e’tiborga olgan holda yaratilgan soliq tizimi amalga kiritildi. Bunda soliqlar soni kamaytirildi, soddalashtirildi. Soliq to‘lovchilar uchun soliq yuki birmuncha yengillashtirildi.
Божхона органларининг асосий вазифаларини айтинг?
Ж: O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmalari, bojxona komplekslari va bojxona postlaridan iborat bo‘lgan bojxona organlari huquqni muhofaza qiluvchi organlardir. Ular O‘zbekiston Respublikasining yagona bojxona siyosatini amalga oshirishga mas'uldirlar. Bojxona organlarining asosiy maqsadi mamlakatimiz iqtisodiy manfaatlarini himoya qilishdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |