Сафдорлар учун Ўзбекистон Республикаси мустақил давлат сифатида қандай ҳуқуқларга эга?
Мажбурий ижро бюроси қачон ташкил этилди ва унинг зиммасига қандай вазифалар юклатилди?
Download 217.28 Kb.
|
Сафдорлар учун (хукук, жавоблар)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Majburiy ijro byurosi
- Ўзбекистон Республикаси Давлат хавфсизлик хизмати қандай вазифаларни амалга оширади
Мажбурий ижро бюроси қачон ташкил этилди ва унинг зиммасига қандай вазифалар юклатилди?
Ж: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-maydagi farmoniga asosan Bosh prokuratura huzurida Majburiy ijro byurosi tashkil etildi va uning zimmasiga energiya resurslari uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida va to‘liq undirish, elektr va gaz tarmoqlariga noqonuniy ulanish hamda talon-tarojlikning oldini olish, sud xujjatlari va boshqa xujjatlarning ijrosini so‘zsiz ta’minlash vazifalari yuklatildi. Majburiy ijro byurosi tomonidan undirilgan mablag‘lar elektr va gaz tarmoqlarini modernizatsiya qilish, yangi ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish obyektlarini ishga tushirish, aholining turmush darajasi va farovonligini oshirish kabi maqsadlarga yo‘naltirilishi nazarda tutilgan. Ўзбекистон Республикаси Давлат хавфсизлик хизмати қандай вазифаларни амалга оширади? Ж: O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati huquqni muhofaza qiluvchi organlar tizimining muhim bo‘g‘inidir. U O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tizimi, suvereniteti, hududiy yaxlitligi manfaatlarini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qiluvchi vakolatli organ sifatida faoliyat yuritadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018-yil 14-martdagi “O‘zbekiston Respublikasining davlat xavfsizlik tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatiga aylantirildi. Bunda har qanday, hatto kichik ko‘lamdagi muammo ham mamlakatning milliy xavfsizligiga dahli bordek bu maxsus xizmat masalalari doirasiga kiritilishi va uning vakolatlarini haddan tashqari kengaytirib yuborilishiga yo‘l qo‘ymaslik farmonda nazarda tutilgan muhim jihatlardandir. Davlat xavfsizlik xizmati davlat ahamiyatidagi haqiqiy tahdidlarnigina o‘z vakolat doirasida deb qarashi hamda ularning oldini olish, aniqlash va ularga qarshi kurashishni o‘zining maqsad va vazifasiga aylantirishi bu farmonda belgilab qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati quyidagi vazifalarniamalga oshiradi: - mamlakat davlat xavfsizligi va manfaatlarini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilish. Bu sohadagi qonunbuzarliklarning oldini olish, aniqlash va barham berish. Bu borada razvedka va kontrrazvedka faoliyatini amalga oshirish; - mamlakat davlat chegaralarini qo‘riqlash va himoya qilish; - davlat xavfsizligiga va manfaatlariga tahdid solishi mumkin bo‘lgan millatlararo irqiy va diniy adovatga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan buzg‘unchilik faoliyatining oldini olish, aniqlash va barham berish; - terrorizm, ekstremizm, uyushgan jinoyatchilik kabi illatlarning oldini olish, aniqlash va barham berish; - qurol-yarog‘, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish; - davlat siri bilan bog‘liq joylarda bu sirlarning saqlanishi, maxsus aloqa hamda axborot xavfsizligini ta’minlash ustidan nazoratni amalga oshirish; - davlat manfaatlari va xavfsizligiga xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan korrupsiyaga qarshi kurash olib borish; - iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy, tarixiy-madaniy, ma’naviy sohalarda davlat manfaatlari va xavfsizligi bilan bog‘liq hamda o‘z vakolatlari doirasida bo‘lgan faoliyat bilan shug‘ullanish. Download 217.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling