Жиноий жавобгарликнинг асосий ва қўшимча жазо чораларини айтинг?
Ж: Mahkumlarga asosiy jazolardan tashqari quyidagi qo‘shimcha jazo choralar ham belgilanadi:
♦ harbiy yoki maxsus unvonlardan mahrum qilish;
♦ huquqni tiklash javobgarligi – nohaq buzilgan huquqlarni tiklash, bajarilmagan majburiyatlarni majburlab bajartirishdan iborat.
Bunda huquqbuzarlik sodir etgan shaxs davlat organlarini aralashtirmasdan, o‘z tashabbusi bilan, buzilgan huquqlarini o‘zi tiklashi mumkin. Lekin, shunda ham unga nisbatan qo‘shimcha jazo choralari ko‘rilishi mumkin.
Нима учун Ўзбекистонда ўлим жазоси бекор қилинди ва унинг ўрнига қандай жазолар жорий этиш белгиланди?
Ж: 2008-yilning 1-yanvaridan boshlab O‘zbekiston Respublikasida o‘lim jazosi bekor qilinib, uning o‘rniga umrbod yoki uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosini joriy etish belgilandi.
Ҳуқуқни муҳофаза қилувчи давлат органи деганда нимани тушунасиз?
Ж: Huquqni muhofaza qiluvchi davlat organi — bu qonun yo‘li bilan tashkil etiluvchi, o‘z tuzilishiga, ijtimoiy hayotda qonu niylik va huquqiy tartibotni ta’minlash bo‘yicha aniq belgilangan vakolatga ega bo‘lgan davlat organidir.
Ўзбекистон Республикасида ҳуқуқни муҳофаза қилувчи давлат органлари тизимини, асосан нималар ташкил қилади ва уларни таърифланг?
Ж: Qonunga binoan, O‘zbekiston Respublikasida huquqni muhofaza qiluvchi davlat organlari tizimini, asosan, quyidagilar tashkil qiladi:
♦ Prokuratura va prokuratura organlari;
♦ Adliya vazirligi va adliya organlari;
♦ Ichki ishlar vazirligi va ichki ishlar organlari;
♦ Davlat xavfsizlik xizmati;
♦ Davlat soliq qo‘mitasi va soliq organlari;
♦ Davlat bojxona qo‘mitasi va bojxona organlari.
Прокуратура органлари ва уларнинг ходимлари ҳисобланган прокурорларнинг вазифалари нималардан иборат?
Ж: Prokuratura huquqni muhofaza qilish idoralari tizimida alohida o‘rinni egallaydi. Prokuratura organlari va ularning xodimlari hisoblangan prokurorlarning vazifalari quyidagilardan iborat:
- fuqarolarning huquqlari va manfaatlarini,
- Konstitutsiyaviy tizimni himoya qilish;
- jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash;
- huquqbuzarliklarning oldini olish, aniqlash va qarshi kurashish;
- xususiy mulk va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash;
“Prokuror” fransuzcha so‘z bo‘lib, “qoralovchi” degan ma’noni anglatadi. Lekin lotinchada bu so‘z “g‘amxo‘rlik qilish” ma’nosini anglatadi. Prokuraturaning bosh vazifasi — qonun ustuvorligini qaror toptirish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini, davlat tuzumini, davlat va fuqarolarning mulklarini turli jinoyatchilar, huquqbuzarlardan himoya qilish. Prokuror nazorati davlat nomidan, davlatning oliy organi bo‘lmish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi nomidan amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |