Сафдорлар учун Ўзбекистон Республикаси мустақил давлат сифатида қандай ҳуқуқларга эга?


Ҳуқуқий онг нима ва у қандай шаклланади?


Download 217.28 Kb.
bet14/85
Sana14.10.2023
Hajmi217.28 Kb.
#1702755
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   85
Bog'liq
Сафдорлар учун (хукук, жавоблар)

Ҳуқуқий онг нима ва у қандай шаклланади?

Ж: Huquqiy ong insonning o‘z ma’rifat va ma’naviyat darajasiga tayangan holda jamiyatda amal qilayotgan huquqiy talab va normalarning mazmunini tushunish va mohiyatini anglashidir. Demak, jamiyat a’zolarining huquqiy ongi yuksak bo‘lishi uchun ular ma’rifatli va yuksak ma’naviyat egasi bo‘lishlari zarurdir. Huquqiy ong ning yuksakligi shaxsning fuqarolik jamiyatining to‘laqonli a’zosi va huquqiy demokratik davlatning haqiqiy fuqarosi bo‘lishi uchun kamlik qiladi. Buning uchun inson huquqiy madaniyatli inson bo‘lishi zarur.

  1. Ҳуқуқбузарлик тушунчаси ва турлари?

Ж: Shaxslar ma’lum huquqiy qoidalarga, huquq normalariga amal qiladilar. Bu qoidalarga amal qilmaslik, o‘rnatilgan huquqiy normalarning buzilishiga olib keladi. Bu esa huquqbuzarlik deb ataladi. Huquqbuzarlik har xil shakllarda namoyon bo‘ladi. Huquqbuzarlikning u yoki bu shaklda namoyon bo‘lishi uning xususiyatlariga bog‘liqdir. Huquqbuzarlik shakllariga jinoyat, nojo‘ya harakat, intizomni buzish kabi xatt-harakatlarni keltirish mumkin.

  1. Ҳуқуқбузарликнинг қандай белгилари мавжуд ва уларни таърифлаб беринг?

Ж: Huquqbuzarlikning quyidagi belgilari mavjud: ijtimioiy xavflilik; huquqqa zidlik; ayblilik; jazoga loyiqlik.
Ijtimoiy xavflilik shundan iboratki, bunda huquqbuzar jamiyatning qadriyatlariga tajovuz qiladi, inson hayotiga suiqasd qiladi, davlat va boshqa insonlarga zarar keltiradi, ularning mol-mulkini nobud qiladi hamda noxush hodisalar keltirib chiqarib, jamiyat a’zolari manfaatiga zarar keltiradi. O‘z oilasi, ota-onasi, jamoasi, yor-u birodarlarini qiyin, uyatli ahvolga solib qo‘yadi. Eng yomoni u o‘z kelajagini barbod qiladi.
Huquqqa zidlik — huquqbuzarning qonun yoki huquq normalari belgilab qo‘ygan majburiy talablarini buzishidir.
Ayblilik yuqorida ta’kidlanganidek, o‘z xatti-harakatini tushunadigan va unga javob bera oladigan insonning huquqqa zid, qonun talablariga qarshi xatti-harakatidan kelib chiquvchi aybidir. Ayblilik qasddan yoki ehtiyotsizlik oqibatida sodir bo‘ladi. Inson inson sifatida dunyoga kelgan ekan, uning oldida doimo ikki yo‘l – huquqiy normalarga, qonun talablariga vijdonan yoki majburiy bo‘ysungan holda o‘z kelajagini yaratish, jamiyat uchun, o‘z xalqi uchun ijtimoiy foyda keltirish. Ikkinchi yo‘l esa hayoti davomida huquqqa xilof, huquqiy norma va qonun talablarini mensimasdan, bo‘ysunmasdan yashash. Aybli harakat qilish, jamiyatga zarar yetkazishdir.

Download 217.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling