Норматив-ҳуқуқий ҳужжат нима, у қандай қоидаларни ўз ичига олади?
Ж: Normativ-huquqiy hujjat – huquqning asosiy manbaidir. Normativ- huquqiy hujjat vakolatli davlat organining belgilangan tartibda qabul qilgan yuridik huquqiy hujjati bo‘lib, umummajburiy xulq-atvor qoidalarini o‘z ichiga oladi. Normativ-huquqiy hujjatning belgilari:
huquqiy normalarni mustahkamlaydi, rasmiylashtiradi;
belgilangan qoidalarning mazmunini bayon etadi;
belgilangan normalarga umummajburiy tus beradi.
Норматив-ҳуқуқий ҳужжатларнинг қандай турлари мавжуд?
Ж: Normativ-huquqiy hujjatlarning quyidagi turlari mavjud:
Qonun, shu jumladan, asosiy qonun hisoblangan – Konstitutsiya. Ular, umumxalq ovoz berish yo‘li bilan yoki parlament tomonidan qabul qilinadi;
Farmon – davlat boshlig‘ining normativ-huquqiy hujjati;
Hukumat qarorlari va farmoyishlari;
Vazirliklar va boshqa davlat idoralarining buyruq va qarorlari;
Mahalliy vakillik va ijroiya davlat organlarining qarorlari.
Ўзбекистон Республикаси қонунларини қандай гуруҳларга бўлиш мумкин?
Ж: O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin:
Konstitutsiya – Asosiy qonun;
konstitutsiyaviy qonun;
qonun;
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari
Конституциявий қонунлар қандай қонунлар ҳисобланади ва улар қандай қабул қилинади?
Ж: Konstitutsiyaviy qonunlar Konstitutsiyaga o‘zgartish va qo‘shimchalar kirituvchi qonunlardir. Ushbu hujjat uchun Oliy Majlisda ularni qabul qilishning oddiy qonunlarga nisbatan murakkabroq tartib-qoidalari belgilangan. Ular, parlament a’zolari umumiy tarkibining uchdan ikki qismi ovozi bilan qabul qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |