Сафдорлар учун Ўзбекистон Республикаси мустақил давлат сифатида қандай ҳуқуқларга эга?


Ҳуқуқий муносабатларда иштирок этувчилар, яъни субъектлар қандай лаёқатларга эга бўлишлари талаб этилади ва уларни таърифланг?


Download 217.28 Kb.
bet11/85
Sana14.10.2023
Hajmi217.28 Kb.
#1702755
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   85
Bog'liq
Сафдорлар учун (хукук, жавоблар)

Ҳуқуқий муносабатларда иштирок этувчилар, яъни субъектлар қандай лаёқатларга эга бўлишлари талаб этилади ва уларни таърифланг?

Ж: Huquqiy munosabatlarda ishtirok etuvchilar, ya’ni subyektlar huquq layoqatiga hamda muomala layoqatiga ega bo‘lishlari talab etiladi. Yangi tug‘ilgan chaqaloq ham har xil huquqlarga, masalan, tibbiy yordam olish, turar joyga, o‘z ismi, familiyasiga ega bo‘lish huquqlariga ega. Aqli zaif va ruhiy kasallar ham huquqiy layoqatga ega. Ular ham yashash, davolanish, nafaqa olish, mulkdor bo‘lish huquqiga egadirlar. Ayrim vaqtda hali tug‘ilmagan bola ham huquqiy layoqatga ega. U merosxo‘r bo‘la oladi.
Muomala layoqati yosh va ruhiy salomatlik bilan bog‘liq. O‘zbekiston qonunlariga binoan, to‘liq muomala layoqati fuqaro 18 yoshga to‘lgandan so‘ng boshlanadi. Lekin, ushbu qoidadan istisnolar ham mavjud. Masalan, shaxs jinoiy javobgarlikka 16 yoshdan, ayrim jinoyatlar uchun 14 yoshdan tortilishi mumkin. Boshqa bir misol: Oila kodeksi ayrim hollarda 18 yoshga to‘lmasdan turib nikohdan o‘tishga ruxsat beradi. Bunday fuqaro nikohdan o‘tgan vaqtdan boshlab to‘liq muomala layoqatiga ega bo‘ladi.



  1. Ҳуқуқий одат нима ва бунга мисоллар келтиринг?

Ж: Huquqiy odat — bu jamiyat a’zolari tomonidan uzoq vaqt qo‘llanilishi, doimiy takrorlanishi natijasida jamiyat tomonidan qabul qilingan xulq-atvor normasiga aylangan va keyinchalik davlat tomonidan tasdiqlangan qoidaga aytiladi. Huquqiy odat qadimgi davrlarda asosiy huquq manbai hisoblangan. Hozirgi paytda ham ayrim davlatlarda, masalan, Buyuk Britaniyada mavjud.

  1. Юридик прецедент нима ва у қайси давлатларнинг ҳуқуқ манбаи ҳисобланади?

Ж: Yuridik pretsedent sudning umummajburiy ahamiyatga ega bo‘lgan aniq bir ish bo‘yicha qaroridir. Yuridik pretsedentning o‘ziga xos jihati shundaki, u qabul qilingach, o‘sha masala bo‘yicha umummajburiy qoidaga aylanadi. Huquqiy pretsedent ayrim mamlakatlarda, masalan Buyuk Britaniya, AQSH, Kanada va Avstraliyada huquq manbai hisoblanadi. Ular anglo-sakson huquqiy tizimiga, huquq oilasiga kiradi. Lekin, O‘zbekiston Respublikasining huquq tizimida qo‘llanilmaydi. Sababi, O‘bekiston roman-german huquqiy tizimi (oilasi)ga mansub.


  1. Download 217.28 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling