Сафдорлар учун Ўзбекистон Республикаси мустақил давлат сифатида қандай ҳуқуқларга эга?


Маъмурий ҳуқуқбузарликлар тўғрисидаги ишларни кимлар кўриб чиқади?


Download 217.28 Kb.
bet77/85
Sana14.10.2023
Hajmi217.28 Kb.
#1702755
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   85
Bog'liq
Сафдорлар учун (хукук, жавоблар)

Маъмурий ҳуқуқбузарликлар тўғрисидаги ишларни кимлар кўриб чиқади?

Ж: Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni:

    • ma’muriy ishlar bo‘yicha sudyalar;

    • tuman markazidan olisda joylashgan shaharcha, qishloq va ovul fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish idoralari qoshidagi ma’muriy komissiyalar;

    • voyaga yetmaganlar ishlari bilan shug‘ullanuvchi tuman (shahar) komissiyalari;

    • ichki ishlar idoralari;

    • Mudofaa vazirligi idoralari;

    • O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi organlari;

    • davlat yong‘in nazorati idoralari va boshqalar kо‘rib chiqadilar.



  1. Ўзбекистон Республикасининг Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги кодекси ҳақида нималарни биласиз?

Ж: O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrdagi Qonuni bilan tasdiqlan- gan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1994-yil 22-sentabrdagi Qa- rori bilan 1995 yil 1-apreldan joriy etilgan. Hozirgi paytga qadar unga ko‘plab o‘zgarishlar kiritilgan.

  1. «Маъмурий ҳуқуқбузарлик» тушунчасига таъриф беринг?

Ж: Ma’muriy huquqbuzarlik deganda qonun hujjatlariga binoan ma’muriy javobgarlikka tortish nazarda tutilgan, shaxsga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, mulkchilikka, davlat va jamoat tartibiga, tabiiy muhitga tajovuz qiluvchi g‘ayrihuquqiy, aybli (qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida) sodir etilgan harakat yoki harakatsizlik tushuniladi.

  1. Маъмурий жазо чораларининг турларини санаб беринг?

Ж: Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganlik uchun quyidagi ma’muriy jazo choralari qo‘llanilishi mumkin:

      1. jarima;

      2. ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa bo‘lgan ashyoni haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish;

      3. ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa bo‘lgan ashyoni musodara qilish;

      4. muayyan shaxsni unga berilgan maxsus huquqdan (transport vositasini boshqarish huquqidan, ov qilish huquqidan) mahrum etish;

      5. ma’muriy qamoqqa olish;

      6. chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni O‘zbekiston Respublikasi hududidan ma’muriy tarzda chiqarib yuborish.





  1. Download 217.28 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling