Сафдорлар учун Ўзбекистон Республикаси мустақил давлат сифатида қандай ҳуқуқларга эга?


Download 217.28 Kb.
bet80/85
Sana14.10.2023
Hajmi217.28 Kb.
#1702755
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   85
Bog'liq
Сафдорлар учун (хукук, жавоблар)

Юридик шахсларга таъриф беринг.

Ж: O‘z mulkida, xo‘jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega bo‘lgan hamda o‘z majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, o‘z nomidan mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo‘la oladigan va ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da’vogar va javobgar bo‘la oladigan tashkilot yuridik shaxs hisoblanadi.
Yuridik shaxslar mustaqil balans yoki smetaga ega bo‘lishlari kerak. (O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, 39-modda)


  1. Ҳуқуқий лаёқат нима?

Ж: Huquqiy layoqat — fuqarolarning huquq va burchlarga ega bo‘lish layoqati. Fuqaroning huquqiy layoqati u tug‘ilgan paytdan e’tiboran vujudga keladi va butun hayoti davomida saqlanadi.



  1. Муомала лаёқати нима?

Ж: Muomala layoqati — shaxsning o‘z harakatlari bilan fuqarolik huquqlariga ega bo‘lish va ularni amalga oshirish, o‘zi uchun fuqarolik burchlarini vujudga keltirish va ularni bajarish layoqati. Bu ruhiy va yosh cheklanishlari bilan bog‘liq.



  1. Муомала лаёқати қандай пайдо бўлади?

Ж: Muomala layoqati quyidagicha bo‘ladi:

  • to‘la hajmdagi (18 yoshdan boshlab);

  • voyaga yetmaganlar (14 yoshdan 18 yoshgacha);

  • kichik yoshdagi voyaga yetmaganlar (7 yoshdan 14 yoshgacha).

Fuqarolik kodeksiga voyaga yetmaganlar emansipatsiyasi tushunchasi kiritildi. Lotin tilidan tarjima qilinganda «emansipatsiya» so‘zi «tobelikdan ozod- likka chiqish, huquqlarda tenglashish» ma’nosini anglatadi.


  1. Битим деб нимага айтилади?

Ж: Bitimlar deb fuqarolar va yuridik shaxslarning fuqarolik huquq va burchlarini belgilash, o‘zgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan harakatlariga aytiladi (О‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, 101-modda).
Bitimlar bir tarafama (bu hollarda faqat bir tarafning xohishi zarur bo‘ladi — mulkni meros qoldirish, sovg‘a qilish), ikki tarafama yoki ko‘p tarafama (shartnomalar) bo‘ladi.




  1. Download 217.28 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling