Меҳнат шартномасига таъриф беринг.
Ж: Mehnat shartnomasi — ichki tartibga rioya etish bilan birgalikda muayyan mutaxassislik, malaka, lavozim bo‘yicha ishlarni bajarish to‘g‘risida tomonlarning kelishuvi bilan belgilangan shartlarda xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuv.
Меҳнат шартномаси қачон тузилган ҳисобланади?
Ж: Agar tarafar ularning huquq va burchlarini belgilab beradigan shartlarga doir kelishuvga erishgan bo‘lishsa, mehnat shartnomasi tuzilgan hisoblanadi.
Tarafar tomonidan ishlab chiqiladigan shartlar ko‘p sonlidir, shu munosabat bilan mehnat qonunlari ikki guruhdagi shartlarni ко‘rib chiqadi: asosiy va qo‘shimcha. Qo‘shimcha shartlar to‘liq kelishayotgan tarafarga bog‘liq va qo- nun tomonidan cheklanmaydi.
Кимлар иш берувчилар бўлиши мумкин?
Ж: Quyidagilar ish beruvchilar bo‘lishi mumkin:
korxonalar, shu jumladan, ularning alohida tarkibiy bo‘linmalari o‘z rahbarlari timsolida;
mulkdorning o‘zi ayni bir vaqtda rahbar bo‘lgan xususiy korxonalar;
o‘n sakkiz yoshga to‘lgan ayrim shaxslar qonun hujjatlarida nazarda tu- tilgan hollarda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda xodimlar yollaydigan yakka tartibdagi tadbirkorlar.
Иш берувчи ҳуқуқларини айтинг.
Ж: Ish beruvchi:
korxonani boshqarish va o‘z vakolatlari doirasida mustaqil qarorlar qabul qilish;
qonun hujjatlariga muvofiq yakka tartibdagi mehnat shartnomalarini tuzish va bekor qilish;
mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilgan ishni lozim darajada bajarishni xodimdan talab qilish;
o‘z manfaatlarini himoyalash uchun boshqa ish beruvchilar bilan bir ga jamoat birlashmalari tuzish va bunday birlashmalarga a’zo bo‘lish huquqiga egadir.
Mehnat shartnomasi tuzilganidan keyin buyruq chiqariladi, u xodimga imzo chektirib, ma’lum qilinadi. Ishga qabul qilish shartnomada ko‘rsatilgan kundan e’tiboran hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |