Сафдорлар учун Ўзбекистон Республикаси мустақил давлат сифатида қандай ҳуқуқларга эга?


Байрам (ишланмайдиган) кунларни санаб беринг


Download 217.28 Kb.
bet84/85
Sana14.10.2023
Hajmi217.28 Kb.
#1702755
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   85
Bog'liq
Сафдорлар учун (хукук, жавоблар)

Байрам (ишланмайдиган) кунларни санаб беринг.

Ж: Bayram (ishlanmaydigan) kunlari:

    • 1-yanvar — Yangi yil;

    • 8-mart — Xotin-qizlar kuni;

    • 21-mart — Navro‘z bayrami;

    • 9-may — Xotira va qadrlash kuni;

    • 1-sentabr — Mustaqillik kuni;

    • 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni;

    • 8-dekabr — Konstitutsiya kuni;

    • Ro‘za Hayit (Iyd al-Fitr) diniy bayramining birinchi kuni;

    • Qurbon Hayit (Iyd al-Adha) diniy bayramining birinchi kuni.



  1. Йиллик асосий таътил қанча вақтдан сўнг берилади?

Ж: Yillik asosiy ta’til birinchi ish yili uchun olti oy ishlangan- dan keyin beriladi (O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi, 143-modda).


  1. Кимларга қандай ҳолатлар ҳисобга олиниб, йиллик узайтирилган асосий таътил берилади?

Ж: Quyidagilarga ularning yoshi va sog‘lig‘i holatini hisobga olib, yillik uzaytirilgan asosiy ta’til beriladi:

  • o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarga — o‘ttiz kalen- dar kun;

  • ishlayotgan I va II guruh nogironlariga — o‘ttiz kalen- dar kun.

(O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi, 135-modda)



  1. Ходим томонидан меҳнат шартномасини бир томонлама бекор қилиш шартларини айтинг.

Ж: Mehnat kodeksiga binoan (99-modda, 1 q.) xodim nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasini ham, muddati tugagunga qadar muddatli mehnat shartnomasini ham, ikki hafta oldin ish beruvchini yozma ravishda ogohlantirib, bekor qilishga haqlidir. Ogohlantirish muddati tugagandan so‘ng xodim ishni to‘xtatishga haqli, ish beruvchi esa, xodimga mehnat daftarchasini berishi va u bilan hisob-kitob qilishi shart. Agar shartnomada uni muddatidan oldin bekor qilganlik uchun neustoyka to‘lashi haqidagi o‘zaro majburiyatlari nazarda tutilgan bo‘lsa, unda ish beruvchi xodimdan shartlashilgan pul summasini to‘lashini talab qilishga haqli. Arizani berish kuni bo‘lib uni ish beruvchi olgan kun hisoblanadi, mehnat shartnomasining bekor qilinishi to‘g‘risidagi ogohlantirish muddati ariza be- rilgan kundan keyingi kun hisoblanadi. Ogohlantirish muddati ish kunlarida emas, balki kalendar kunlarida hisoblanadi, ya’ni ikki hafta — bu 14 kundir. Agar ogohlantirish muddati tugagandan keyin xodim ishni davom ettiraversa, unda mehnat shartnomasining bekor qilinishi to‘g‘risidagi ariza o‘z kuchini yo‘qotadi. Shu bilan birga xodim ogohlantirish muddati davomida o‘zi bergan arizani, jumladan oxirgi ish kunida ham qaytarib olishga haqli, ish beruvchi esa unga buni rad etishga haqli emas.
Mehnat shartnomasini bekor qilish asoslariga quyidagilar kiradi:

    • o‘z ixtiyoriga ko‘ra;

    • shartnoma tuzilgan muddat tugashi;

    • ishchi yoki xizmatchining harbiy (muqobil) xizmatga chaqirilishi;

    • shartnomani ma’muriyat tashabbusiga ko‘ra bekor qilish;

    • xodimni uning roziligi bilan boshqa korxonaga o‘tkazish;

    • xodimning davlat boshqaruvi idorasidagi saylanadigan lavozimga о‘tishi;

    • sud hukmining qonuniy kuchga kirishi




  1. Download 217.28 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling