Қандай ҳолатлардан ташқари мажбурий меҳнат тақиқланади?
Ж: Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir.
Sud hukmi bilan tayinlangan jazoni o‘tash tartibidan yoki qonunda ko‘rsatilgan boshqa hollardan tashqari majburiy mehnat taqiqlanadi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 37-modda
Меҳнат ҳуқуқига таъриф беринг.
Ж: Mehnat huquqi — mehnat faoliyati jarayonida vujudga keladigan odamlar orasidagi munosabatlarni tartibga soladigan huquq sohasidir.
Mehnat huquqining negiz bo‘luvchi manbalari Konstitutsiya va Mehnat kodeksi, ularning amal qilishi butun O‘zbekiston Respublikasi hududiga tatbiq etiladi hamda Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi (23-modda), Xalqaro Mehnat Tashkilotining konvensiyasi (2-modda), respublika Prezidenti farmonlari, qonunlar va Vazirlar Mahkamasining qarorlari, bosh, sohaviy va boshqa kelishuvlar hamda jamoa shartnomalari hisoblanadi. Mehnat huquqining xususiyati shundan iboratki, amalda har qanday masa- la, agar bunday qaror Mehnat kodeksi qoidalariga zid bo‘lmasa va xodimning ahvolini yomonlashtirmasa, mehnat shartnomasi (kontrakti) asosida hal etilishi mumkin. Aks holda kontrakt noqonuniy hisoblanadi. Misol uchun, aksiyadorlik jamiyatida 9 soat davom etadigan ish kuni belgilangan bo‘lsa, bu mehnat to‘g‘risidagi qonunlarning buzilishi hisoblanadi.
Меҳнатга оид муносабатлар деганда нимани тушунасиз?
Ж: Mehnatga oid munosabatlar — kishilar orasidagi munosabatlar bo‘lib, mehnat faoliyati jarayonida yuzaga keladi va belgilangan mehnat tartibiga bo‘ysunishga asoslanadi.
Mehnat kodeksiga muvofiq (21-modda) mehnatga oid munosabatlarda xodimlarning manfaatlarini himoya qilishni korxonadagi kasaba uyush- malari, ularning saylab qo‘yiladigan idoralari (kasaba uyushmasi qo‘mitalari) mehnat nizolari komissiyalari hamda tuman va shahar sudlari amalga oshirishi mumkin. Korxonada xodimlar manfaatlarini ifoda etayotgan tashkilotlar faoliyati faqat ularni saylagan xodimlarning qaroriga binoan, shuningdek, amaldagi qonunlarga zid harakatlar amalga oshirilganida — sud tomonidan tu- gatilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |