Кодекслаштирилган қонун бу нима, унга мисоллар келтиринг?
Ж: Qonunlar, o‘z navbatida, kodekslashtirilgan va joriy qonunlarga bo‘linadi. Kodekslashtirilgan qonunlarga kodekslar kiradi. Kodeks – mantiqiy tizimlashtirish xususiyatiga ega qonun bo‘lib, o‘zida ijtimoiy munosabatlarning ma’lum bir sohasini batafsil tartibga soluvchi normalarni birlashtiradi. Masalan, Fuqarolik kodeksi, Jinoyat kodeksi, Mehnat kodeksi, Soliq kodeksi, Bojxona kodeksi va h.k.
Қонун вақт бўйича қандай тартибда кучга киради?
Ж: Qonun vaqt bo‘yicha quyidagi tartibda kuchga kiradi:
rasman e’lon qilinganidan ma’lum muddat o‘tgach;
qonunda yoki maxsus hujjatda ko‘rsatilgan vaqtdan boshlab.
Қонун вақт бўйича қандай тартибда кучини йўқотади ва қонунни орқага қайтиш кучи қўлланиладими?
Ж: Qonun vaqt bo‘yicha quyidagi tartibda kuchini yo‘qotadi:
qonunning o‘zida ko‘rsatilgan muddat tugagan bo‘lsa;
ushbu qonun bekor qilinishi natijasida.
Qonunning orqaga qaytish kuchi amalda kam qo‘llaniladi. O‘zbekistonda jinoyat yoki ma’muriy javobgarlikni yengillashtiruvchi qonunlar ayrim hollarda orqaga qaytish kuchiga ega bo‘lishi mumkin.
Ўзбекистон Республикаси Президенти давлат бошлиғи сифатида қандай норматив-ҳужжатлар чиқаради ва уларни тавсифлаб беринг?
Ж: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat boshlig‘i sifatida farmonlar, farmoyishlar va qarorlar chiqaradi. Ular O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga zid kelmasligi kerak.
Қонун ости ҳужжатлари қайси турдаги ҳужжатлар киради ва улар кимлар томонидан қабул қилинади?
Ж: Qonun osti hujjatlari qonunlar asosida qabul qilinadi:
1) Prezident farmonlari;
2) Hukumat qarorlari;
3) Boshqa ijroiya organlarning normativ hujjatlari;
Do'stlaringiz bilan baham: |