Jazoga loyiqlik — bu har qanday huquqbuzarlik sodir etgan shaxsning vakolatli davlat organi tomonidan javobgarlikka tortilishi, jazo esa huquqbuzarlik sodir etgan shaxsga nisbatan qo‘llaniladigan, huquqbuzarni muayyan huquq va erkinliklardan mahrum qilishdan iborat majburlov chorasidir. Yuqorida aytib o‘tilganidek, jamiyat uchun xavfli bo‘lgan har qanday qilmish huquqbuzarlik deyiladi. Huquq normalari barcha ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi. Huquqbuzarlik odatda 4 guruhga bo‘linadi: intizomiy huquqbuzarlik; fuqarolik huquqbuzarligi; ma’muriy huquqbuzarlik; jinoiy huquqbuzarlik.
Интизомий ҳуқуқбузарлик нима, унга мисоллар келтиринг?
Ж: Intizomiy huquqbuzarlik — xizmat burchini bajarib turganda har qanday mehnatda majburiy bo‘lgan mehnat tartib-qoidalarining va rahbarlikka bo‘ysunish tamoyillarining buzilishi. Masalan, ishga, o‘qishga kech qolish; ishga yoki o‘qishga sababsiz kelmaslik yoki sababsiz ketib qolish; ishga mast holda, spirtli ichimliklar, narkotik moddalar iste’mol qilgan holda kelish va boshqalar.
Фуқаролик ҳуқуқбузарлик нима, унга мисоллар келтиринг?
Ж: Fuqarolik huquqbuzarligi — insonlarning mulkiga yoki shaxsiga qarshi qonunga xilof harakat (yoki harakatsizlik) natijasida yetkazilgan zarar. Masalan, bir shaxsdan qarz olib, uni vaqtida qaytarmaslik; shartnomalarni, majburiyatlarni bajarmaslik va boshqalar.
Жиноят ва жиноий жавобгарлик деганда нимани тушунасиз?
Ж: Jinoyat Kodeks bilan taqiqlangan, aybli ijtimoiy xavfli qilmish (harakat yoki harakatsizlik) jazo qo‘llash tahdidi bilan jinoyat deb topiladi. Jinoiy huquqbuzarlik — jinoyat sodir etish, ya’ni o‘g‘rilik, talonchilik, odam o‘ldirish, ichki ishlar xodimiga qarshilik ko‘rsatish va boshqalar.
Маъмурий ҳуқуқбузарлик деганда нимани тушунасиз ва унга мисоллар келтиринг?
Do'stlaringiz bilan baham: |