Сафдорлар учун Ўзбекистон Республикаси мустақил давлат сифатида қандай ҳуқуқларга эга?


Ўзбекистонда никоҳ ёшини ва никоҳ тузиш шартларини айтиб беринг?


Download 217.28 Kb.
bet46/85
Sana14.10.2023
Hajmi217.28 Kb.
#1702755
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   85
Bog'liq
Сафдорлар учун (хукук, жавоблар)

Ўзбекистонда никоҳ ёшини ва никоҳ тузиш шартларини айтиб беринг?

Ж: Nikoh tuzish uchun kuyov va kelinning ixtiyoriy roziligi zarur, shuningdek, ular muayyan yoshga to‘lgan bo‘lishi shart (qizlar-17 va yigitlar – 18 yoshdan). Nikoh yoshi erkaklar uchun o‘n sakkiz yosh, ayollar uchun o‘n yetti yosh etib belgilanadi. Uzrli sabablar bo‘lganida, alohida hollarda (homiladorlik, bola tug‘ilishi, voyaga yetmagan shaxsning to‘la muomalaga layoqatli deb e’lon qilinishi (emansipatsiya), nikohga kirishni xohlovchilarning iltimosiga ko‘ra nikoh davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladigan joydagi tuman, shahar hokimi nikoh yoshini ko‘pi bilan bir yilga kamaytirishi mumkin. (O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi, 15-modda)



  1. Қандай ҳолларда никоҳ тузишга йўл қўйилмайди?

Ж: Quyidagi hollarda nikoh tuzish taqiqlanadi:

  • tomonlardan biri ro‘yxatga olingan boshqa nikohda bo‘lsa;

  • ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi sababli sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslar o‘rtasida;

  • nasl-nasab shajarasi bo‘yicha to‘g‘ri tutashgan qarindoshlar o‘rtasidagi nikohga yo‘l qo‘yilmaydi.



  1. Оила ҳуқуқининг субъектлари деганда нимани тушунасиз?

Ж: Oilaviy munosabatlarning subyekti bo‘lib, er-xotin, ota-ona, bolalar, vasiylar va homiylar, boshqa qarindosh-urug‘lar hamda oila qonunlari sohasida u yoki bu munosabatlarni hal etishda ishtirok etuvchi yuridik shaxslar, fuqarolar uyushmasi, muassasalar, organlar, ijtimoiy
birlashmalar hisoblanadi.
Oila a’zolariga, oilaning sobiq a’zolariga tegishli qonun bilan himoya qilinadigan axloqiy va moddiy qadriyatlar yuzasidan oila huquqi subyektlari qabul qiladigan harakat va qarorlar oilaviy huquqiy munosabatlarning obyektlari bo‘lishi mumkin.

  1. Оилавий муносабатларда фуқароларнинг тенг ҳуқуқлилиги деганда нимани тушунасиз?

Ж: Oilaviy munosabatlarni tartibga solish erkak va ayolning ixtiyoriy ravishda nikohlanib tuzgan ittifoqi, er va xotinning shaxsiy hamda mulkiy huquqlari tengligi, ichki oilaviy masalalarning o‘zaro kelishuv yo‘li bilan hal qilinishi, oilada bolalar tarbiyasi, ularning farovon hayot kechirishi va kamoloti haqida g‘amxo‘rlik qilish, voyaga yetmagan va mehnatga layoqatsiz oila a’zolarining huquq va manfaatlarini himoya qilish ustuvorligi tamoyillari asosida amalga oshiriladi.
Barcha fuqarolar oilaviy munosabatlarda teng huquqlarga egadirlar. Nikoh tuzish chog‘ida jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyi hamda boshqa holatlarga qarab, huquqlarni muayyan tarzda bevosita yoki bilvosita cheklashga, bevosita yoki bilvosita afzalliklar belgilashga hamda oilaviy munosabatlarga aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi. Oilaviy munosabatlarda fuqarolarning huquqlari faqat qonunga asosan va faqat oiladagi boshqa a’zolarning hamda o‘zga fuqarolarning axloqi, sha’ni, qadr-qimmati, sog‘lig‘i, huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida zarur me’yordagina cheklanishi mumkin.


  1. Download 217.28 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling