Sahihi muslim


Download 5.13 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/20
Sana04.11.2017
Hajmi5.13 Kb.
#19377
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20

www.ziyouz.com kutubxonasi 
108
bilan yoki oxirgi qatra suv bilan birga chiqib ketadi, hattoki gunohlardan pok holda chiqib 
ketadi», dedilar. 
 
450/2. Usmon ibn Affon roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam: «Kim tahorat qilib, uni chiroyli suratda ado etsa, jasadidan xatolari chiqib 
ketadi, hattoki tirnoqlari ostidan ham chiqib ketadi», dedilar. 
 
 
12-bob Tahorat sababli hosil bo‘ladigan peshona, oyoq va qo‘ldagi oq qashqani 
uzaytirish, ya’ni tahorat qilayotganda a’zolarni yuqori qismigacha yuvish 
mahbubligi haqida 
 
451/1. Nu’aym ibn Abdulloh al-Mujmir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Men Abu 
Hurayra roziyallohu anhuning tahorat olib, yuzlarini yuvib, tahoratni mukammal qilib, 
so‘ngra o‘ng qo‘llarini yuvib, hatto yelkadan bilakkacha bo‘lgan qismini yuvishga 
kirishganlarini ko‘rdim. So‘ngra chap qo‘llarini yuvib, hatto yelkadan bilakkacha bo‘lgan 
qismini yuvishga kirishib, so‘ngra boshlariga mash tortib, keyin o‘ng oyoqlarin yuvib, 
hatto boldirni ham yuvdilar. Keyin chap oyoqlarini yuvib, hattoki boldirni ham 
yuvganlarini ko‘rdim. So‘ngra Abu Hurayra roziyallohu anhu: «Men Rasululloh sollallohu 
alayhi vasallamning mana shunday tahorat qilganlarini ko‘rdim», dedilar. Rasululloh 
sollallohu alayhi vasallam: «Sizlar tahoratni mukammal qilganingiz uchun qiyomat kuni 
peshonasi, oyoq va qo‘li oq qashqa bo‘luvchisizlar. Sizlardan qaysi biringiz peshonasidagi 
va oyoq hamda qo‘lidagi qashqani uzun qilishga qodir bo‘lsa, uzaytiraversin, ya’ni 
a’zolarini teparoq qismigacha yuvib, oq qashqasini uzaytiraversin», dedilar». 
 
452/2. Nu’aym ibn Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu zot: «Abu 
Hurayraning tahorat qilib, yuzlari va qo‘llarini yuvib, hatto yelkalarigacha suv 
yetkazganlarini, so‘ngra ikki oyoqlarini yuvib, hatto boldirlarigacha suv yetkazganlarini 
ko‘rdim. So‘ngra Abu Hurayra roziyallohu anhu: «Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallamning «Albatta, ummatlarim tahorati izi sababli qiyomat kuni peshonasi, oyoq-
qo‘llaridagi oq qashqa bilan kelishadi. Sizlardan qaysi biringiz o‘sha qashqasini 
uzaytirishga qodir bo‘lsa, bajaraversin, ya’ni a’zolarini tepa qismigacha yuvib qashqasini 
uzaytiraversin», deb aytganlarini eshitganman», dedilar», deb aytdilar. 
 
453/3. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam: «Albatta havzim Ayla shahri bilan Adan shahri oralig‘idagi masofadan ham 
uzoqroqdir. U havz qordan oq, asal, sutdan mazalidir. Idishlari yulduz adadidan ham 
ko‘proqdir. Men odamlarni o‘sha havzga tushishdan xuddi kishi odamlarning tuyasini suv 
havzasiga tushishidan to‘sgani kabi to‘saman», deganlarida, sahobalar: «Ey Allohning 
rasuli! Usha kuni bizni taniysizmi?» deyishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ha, 
taniyman. Usha kuni sizlarda bir siymo bo‘ladi, u siymo boshqa ummatlardan birortasida 
bo‘lmaydi. Sizlar mening havzimga tahorat izlari sababli paydo bo‘lgan oq qashqalaringiz 
bilan tushasizlar», dedilar. 
 
454/4. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam: «Ummatlarim mening havzimga tushganlarida boshqa odamlarning xuddi bir 
kishi boshqa kishilarning tuyasini (suv ichishdan) to‘sib haydagani kabi men ham 
haydayman», deganlarida, sahobalar: «Ey Allohning nabiysi! Bizni taniysizmi?» deyishdi. 
 

Sahihi Muslim (birinchi kitob). Imom Muslim 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
109
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ha, taniyman! Sizlarda o‘sha kuni bir siymo 
bo‘lib, sizlardan boshqalarda u bo‘lmaydi. Tahorat izi sababli sodir bo‘lgan oq qashqa 
bilan (havzimga) tushasizlar. Sizlardan bo‘lgan bir toifa (havzimga) tushishdan to‘silgani 
uchun yetib kela olishmaydi. Men: «Ey Rabbim! Bular mening ashoblarimdan-ku?» 
desam, bir farishta javob berib: «Sendan keyin ular nimalar qilishganini bilasanmi?» deb 
aytadi», dedilar. 
 
455/5. Huzayfa roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam: «Mening havzim Ayla shahri bilan Adan shahri oralig‘idagi masofadan ham 
uzoqroqdir. Mening jonim Uning qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, men havzimdan 
kishilarni xuddi bir kishi suv havzasidan notanish tuyani uzoqlatib haydagani kabi 
haydayman», deganlarida, sahobalar: «Ey Allohning rasuli! Bizni taniysizmi?» deyishdi. 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ha, taniyman! Tahorat izi sababli sodir bo‘lgan oq 
qashqa bilan mening havzimga tushasizlar. (Usha kunda) sizlardan boshqa bir kishida u 
qashqa bo‘lmaydi», dedilar. 
 
456/6. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam maqbara oldiga kelib: «Ey mo‘minlar diyori qavmi! Sizlarga salom bo‘lsin. Xudo 
xohlasa, bizlar ham sizlarga yo‘liqurmiz, qani biz birodarlarimizni ko‘rsak edi», 
deganlarida, sahobalar: «Ey Allohning rasuli! Biz sizning birodarlaringiz emasmizmi?» 
dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlar sahobiylarimsiz, birodarlarimiz hali 
kelishmagan», dedilar. Sahobalar: «Ey Allohning rasuli! Ummatingizdan hali 
kelmaganlarini qanday taniysiz?» deyishganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Bilmaysizlarmi, agar bir kishining qora-qura otlari orasida oq qashqali oti bo‘lsa, o‘sha 
oq qashqali otini tanimasmidi?» dedilar. Sahobalar: «Taniydi, ey Allohning rasuli!» 
deyishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ular tahoratlari sababli oq 
qashqa bo‘lib kelishadi. Men esa ularni havzga olib kelaman. Ogoh bo‘ling! Xuddi 
adashib yurgan begona tuyani (suv havzasidan) haydagan kishi kabi havzimdan 
(begona) kishilarni haydab, (ummatilarimni) «Kelinglar!» deb chaqiraman. Menga «Ular 
sendan keyin (dinni) o‘zgartirib yuborishgan», deyilsa, men: «Unday bo‘lsa, uzoq-uzoq 
turishsin», deyman», dedilar. 
 
Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan. Faqat «havzimdan (begona) kishilarni 
haydayman» jumlasi zikr etilmagan. 
 
 
13-bob Tahorat suvi yetgan joygacha ziynatning yetishi haqida 
 
457/1. Abu Hozim roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Abu Hurayra roziyallohu anhu 
namoz o‘qish uchun tahorat olayotganlarida men orqalarida edim. U zot qo‘llarini 
cho‘zgandilar, hatto qo‘ltiqlarigacha yetib bordi. Men: «Ey Abu Hurayra! Bu qanaqa 
tahorat?» degan edim, Abu Hurayra roziyallohu anhu: «Ey Farruh bolalari! Sizlar bu 
yerda ekansizlar-da, agar bu yerda ekanligingizni bilganimda bu kabi tahorat qilmas 
edim. Men do‘stim Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: «Tahorat suvi yetgan 
joygacha mo‘minning ziynati yetadi», deganlarini eshitganman», dedilar». 
 
 
14-bob Qiyinchilikda tahoratni mukammal tarzda ado etishning fazilati haqida 
 

Sahihi Muslim (birinchi kitob). Imom Muslim 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
110
458/1. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam: «Alloh xatolarni o‘chirib, darajalarni ko‘taradigan narsaga ko‘rsatma 
beraymi?» deganlarida, sahobalar: «Ha, ko‘rsatma bering», deyishdi. Shunda Rasululloh 
sollallohu alayhi vasallam: «Qiyinchilik paytida tahoratni mukammal tarzda ado etish, 
masjidga qadamini ko‘paytirish va namozdan keyin namozni (vaqti kirishini) kutishdir. 
Mana shu marg‘ub bo‘lingan narsa», dedilar. 
 
Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan. Lekin «marg‘ub bo‘lingan narsa» so‘zi zikr 
qilinmagan. Molikning rivoyatlarida ana shu so‘z ikki marta zikr qilingan. 
 
 
15-bob Misvok haqida 
 
459/1. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam: «Agar mo‘minlarga (Zuhayrning rivoyatlarida «ummatimga» bo‘lib kelgan) 
mashaqqat bo‘lmaganida, ularga har bir namoz oldidan misvok ishlatishni buyurar 
edim», dedilar. 
 
460/2. Miqdom ibn Shurayh otalaridan rivoyat qilinadi. «Oisha roziyallohu anhodan 
«Agar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uylariga kirganlarida qaysi narsadan 
(harakatni) boshlardilar?» deb so‘rasam, Oisha roziyallohu anho: «Misvokdan boshlar 
edilar», dedilar». 
 
461/3. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Agar Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam uyga kirsalar, (ishni) misvokdan boshlardilar. 
 
462/4. Abu Muso roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam huzurlariga kirsam, misvokning bir tomoni tillarida ekan». 
 
463/5. Huzayfa roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu zot: «Rasululloh sollallohu 
alayhi vasallam agar tajahhud namozini o‘qish uchun tursalar, misvok bilan tishlarini 
ishqardilar», deb aytdilar. 
 
Bu yerda yuqoridagi hadis ikki marta takror kelgan. Faqat «tajahhud» kalimasi o‘rniga 
«kechasi» bo‘lib kelgan. 
 
464/6. Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu zot kechalarning birida 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlarida tunab qoldilar. Allohning nabiysi 
kechaning oxirida turib (tashqariga) chiqdilar-da, osmonga qarab Oli-Imron surasining 
190-191 oyatlarini o‘qidilar: «Osmonlar va yerning yaralishida hamda kecha va 
kunduzning almashinib turishida aql egalari uchun (bir yaratuvchi va boshqarib 
turguvchi Zot mavjud ekanligiga) oyat-alomatlar borligi shubhasizdir. Ular turganda 
ham, o‘tirganda ham, yotganda ham Allohni eslaydilar hamda osmonlar va yerning 
yaralishi haqida tafakkur qilib (deydilar): «Parvardigoro, bu (borliq)ni behuda 
yaratganing yo‘q. Sen (behuda biror ish qilish aybidan poksan. Uzing bizni jahannam 
azobidan asragil». So‘ngra uyga qaytib, misvok ishlatdilar, tahorat olib, keyin namoz 
o‘qidilar. So‘ngra yonboshlab, keyin turdilar-da, (tashqariga) chiqib, osmonga qarab 
yuqoridagi oyatlarni o‘qidilar. So‘ngra qaytib, misvok ishlatib tahorat qildilar-da, so‘ngra 
turib namoz o‘qidilar. 

Sahihi Muslim (birinchi kitob). Imom Muslim 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
111
 
16-bob Fitratga (ya’ni, sof tabiatga) taalluqli xislatlar 
 
465/1. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam: «Fitrat besh xildir yoki beshta narsa fitratdandir: 1. Xatna qildirish. 2. Jinsiy 
a’zodagi junlarni qirish. 3. Tirnoqlarni olish. 4. Qo‘ltiq osti junlarini yulish. 5. Mo‘ylovni 
qisqartirish», deb aytdilar. 
 
466/2. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam: «Fitrat beshtadir: 1. Xatna qildirish. 2. Jinsiy a’zodagi junlarni qirish. 3. 
Mo‘ylovni qisqartirish. 4. Tirnoqlarni olish. 5. Qo‘ltiq osti junlarini yulish», dedilar. 
 
467/3. Anas ibn Molikdan rivoyat qilinadi. Bu zot: «Mo‘ylovni qisqartirish, tirnoqlarni 
olish, qo‘ltiq osti junlarini yulish va jinsiy a’zolardagi tuklarni qirish uchun bizga muddat 
tayin qilindi. Usha muddat qirq kechadir (ya’ni, bu ishlarni qilishni qirq kechadan o‘tkazib 
yubormaslik lozimdir)», dedilar. 
 
468/4. Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam: «Mo‘ylovlarni qirtishlab olib, soqollarni shundog‘icha qo‘yib yuboringlar», deb 
aytdilar. 
 
469/5. Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam mo‘ylovlarni qirtishlab olib, soqollarni shundog‘icha qo‘yib yuborishga 
buyurdilar. 
 
470/6. Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam: «Mushriklarga xilof qilgan holda mo‘ylovlarni qirtishlab olib, soqollarni qo‘yib 
yuboringlar», deb aytdilar. 
 
471/7. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam: «Majusiylarga xilof qilgan holda mo‘ylovni qirqib, soqolni qo‘yib yuboringlar», 
deb aytdilar. 
 
472/8. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Un narsa fitratdan, ya’ni sof tabiatdandir: 1. Mo‘ylovni qirtishlash. 2. Soqolni qo‘yib 
yuborish. 3. Misvok ishlatish. 4. Burunning ichiga suv olish. 5. Tirnoqni olish. 6. Bo‘g‘im 
joylarni yuvish. 7. Qo‘ltiq osti tuklarini yulish. 8. Jinsiy a’zodagi tuklarni qirish. 9. Istinjo. 
10. ... », deb aytdilar. 
 
Ushbu hadis roviylaridan biri Mus’ab ibn Shayba roziyallohu anhu: «Uninchisini unutdim, 
balki og‘iz chayish bo‘lsa kerak», dedilar. 
 
Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan. 
 
 
17-bob Istinjo haqida 
 
473/1. Salmon roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu zotga «Payg‘ambaringiz barcha 
narsani o‘rgatadi, hattoki hojatxonaga borishni ham-a?!» deb aytilganida, Salmon: «Ha, 

Sahihi Muslim (birinchi kitob). Imom Muslim 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
112
o‘rgatadilar. Haqiqatda bizga qiblaga yuzlanib katta hojat chiqarishdan yoki peshob 
qilishdan, o‘ng qo‘l bilan uchtadan oz tosh ila yoki tezak yo suyak bilan istinjo qilishdan 
man etdilar», deb aytdilar. 
 
Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan. Va mushriklar so‘ragani zikr qilingan. 
 
474/2. Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
(orqani) suyak yoki tezak bilan artishdan man qildilar. 
 
475/3. Abu Ayyub roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam: «Agar hojatxonaga borsangiz, peshob yoki katta hojat qilsangiz, qibla 
tomonga oldingizni ham, orqangizni ham qaratmang. Lekin sharq yo g‘arb tomonga 
qarating», dedilar. (Chunki Madina shahridagilar sharq yoki g‘arb tomonga qarab hojat 
chiqarishsa, o‘shanda qibladan teskari tomonga yuzlangan bo‘lishadi... - tarj.
 
Abu Ayyub roziyallohu anhu aytadilar: «Biz: «Shom shahriga borib hojatxona topdik, u 
qibla tomonga qarab qurilgan edi. Biz (qodir bo‘lganimizcha) undan burilib o‘tirsak-da, 
bu qilgan ishimizga Allohdan mag‘firat qilishini so‘rasak bo‘ladimi?» desak, Rasululloh 
sollallohu alayhi vasallam: «Ha», dedilar». 
 
476/4. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam: «Agar sizlardan biringiz hojat chiqarish uchun o‘tirsa, qibla tomonga oldini 
ham, orqasini ham qaratmasin», dedilar. 
 
477/5. Muhammad ibn Yahyo amakilari Vose’ ibn Habbon roziyallohu anhudan qilgan 
rivoyatlarida Vose’ ibn Habbon roziyallohu anhu aytdilar: «Men masjidda namoz 
o‘qiyotgan edim, Abdulloh ibn Umar qibla tomonga orqalari ila suyanib turgan ekanlar. 
Qachonki, namozimni tugatib bir tomonim bilan u kishiga qarasam, u zot: «Odamlar 
«Agar hojating uchun o‘tirsang, qibla tomonga ham, Bayt ul-maqdis tomonga ham 
yuzlanma», deb aytishadi. Men uyning tepasiga chiqib qarasam, Rasululloh sollallohu 
alayhi vasallam ikki g‘isht ustiga o‘tirib, Bayt ul-maqdis tomonga yuzlanib hojatlarini 
chiqarayotganlarini ko‘rdim», dedilar». 
 
478/6. Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu zot: «Singlim Hafsaning uyi 
ustiga ko‘tarilib qarasam, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Shom tomonga oldilarini 
va qibla tomonga orqalarini qaratib, o‘tirgan holda hojat chiqarayotgan ekanlar», deb 
aytdilar. 
 
 
18-bob O’ng qo‘l bilan istinjo qilishdan man etilgani haqida 
 
479/1. Abdulloh ibn Abu Qatoda roziyallohu anhu otalaridan qilgan rivoyatda 
keltirilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlardan birortangiz peshob 
qilayotganida zakari (jinsiy olati)ni o‘ng qo‘li bilan ushlamasin, hojat chiqarganida o‘ng 
qo‘li bilan artmasin va idish ichida nafas olmasin», dedilar. 
 
480/2. Abdulloh ibn Abu Qatoda roziyallohu anhu otalaridan qilgan rivoyatda 
keltirishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar sizlardan birortangiz 
hojatxonaga kiradigan bo‘lsa, zakarini o‘ng qo‘li bilan ushlamasin», dedilar. 

Sahihi Muslim (birinchi kitob). Imom Muslim 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
113
 
481/3. Abu Qatoda roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam idish ichida nafas olishdan, zakarini o‘ng qo‘li bilan ushlashdan va o‘ng qo‘li 
bilan istinjo qilishdan man etdilar. 
 
 
19-bob Poklanish va boshqa narsalarda o‘ng tomondan boshlash haqida 
 
482/1. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Bu onamiz: «Agar Rasululloh 
sollallohu alayhi vasallam tahorat qiladigan bo‘lsalar yoki soch taraydigan bo‘lsalar 
yoxud poyabzal kiyadigan bo‘lsalar, o‘ng tomondan boshlashni yaxshi ko‘rardilar», deb 
aytdilar. 
 
483/2. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
poyabzal kiyish bo‘lsin, soch tarash yoki poklanish bo‘lsin, barcha ishlarni o‘ng tomondan 
boshlashni yaxshi ko‘rardilar. 
 
 
20-bob Yo‘llarga va soyalaniladigan joylarga hojat chiqarib bulg‘ashdan 
qaytarilgani haqida 
 
484/1. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam: «Ikkita la’natlanishga sabab bo‘luvchi narsadan qo‘rqinglar», deganlarida, 
sahobalar: «Ey Allohning rasuli! U ikki la’natlanishga sabab bo‘luvchi narsa nima?» 
deyishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ular odamlar yuradigan yo‘l va 
soyalaniladigan joyga hojat chiqarib ketish», dedilar. 
 
 
21-bob Najas va siydik chiqarganda suv bilan istinjo qilish haqida 
 
485/1. Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam devor ila to‘silgan joyga kirdilar. Idishda suv olib bir xizmatkor bola u zotga 
ergashdi. U eng kichigimiz edi. U idishdagi suvni lotos guli oldiga qo‘ydi. Rasululloh 
sollallohu alayhi vasallam esa hojatlarini chiqarib, bizning oldimizga chiqdilar. U zot 
chiqqanlarida suv bilan istinjo qildilar». 
 
486/2. Anas ibn Molik roziyallohu anhu: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
hojatxonaga kirsalar, men va men kabi bir bola idishda suv va tayokcha ko‘tarib borar 
edik. U zot esa suv bilan istinjo kilardilar», deb aytdilar. 
 
487/3. Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam hojatxonaga borib ichlarini bo‘shatadigan bo‘lsalar, men suv olib borar edim, u 
zot esa o‘sha suv bilan yuvar edilar». 
 
 
22-bob Ikki mahsiga mash tortish haqida 
 
488/1. Hammom roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Jarir roziyallohu anhu bavl qilib
so‘ngra tahorat olib va mahsilari ustiga mash tortdilar. U kishiga: «Mahsingizga mash 

Sahihi Muslim (birinchi kitob). Imom Muslim 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
114
tortyapsizmi?» deyilganida, u zot: «Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning bavl 
qilib, so‘ngra tahorat olib va mahsilari ustiga mash tortganlarini ko‘rdim», dedilar. 
 
Ibrohim: «Bu hadis Abdullohning ashoblarini qiziqtirar edi. Chunki Jarir roziyallohu 
anhuning Islomga kirishlari Moida surasi nozil bo‘lganidan keyin edi», dedilar. 
 
(Alloh taolo Moida surasida «Yuzlaringizni hamda qo‘llaringizni chig‘anoqlarigacha 
yuvingiz, boshlaringizga mash tortingiz va oyoqlaringizni oshiqlarigacha yuvingiz», 
degan. Agar Jarir roziyallohu anhu mana shu oyat tushishidan oldin Islomga kirganlarida 
yuqorida aytgan hadislari mana shu oyat tushishi bilan mansuh bo‘lib amaldan qolar edi. 
Demak, bu oyat tushganidan keyin Islomga kirganlari uchun bu hadisga amal qilinishini 
va oyatdan maqsad mahsisi yo‘q kishi oyoq yuvishi lozimligini bildik... - tarj.
 
Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan. 
 
489/2. Huzayfa roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Men Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam bilan birga (yurib) qavm axlat to‘kadigan joyda to‘xtadik. U zot esa tik turib 
bavl qildilar, men esa o‘zimni chetga olgan edim, u zot: «Yaqinroq kel», dedilar. Men esa 
u zotga yaqin kelib, hatto orqa tomonlarida tik turdim. U zot tahorat qilib ikki mahsilari 
ustiga mash tortdilar». 
 
Foyda: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tik turib bavl qilishlariga sabab u zotning 
bellari yo tizzalari og‘rigani yoki atrof iflos va axlat bo‘lgani uchun edi. «Yaqinroqqa kel», 
deyishlariga sabab atrofdagilardan to‘sishlari uchun edi. 
 
490/3. Abu Voil roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Abu Muso roziyallohu anhu bavl 
to‘g‘risida qattiq yo‘l tutib, butilkaga bavl qilardilar va «Bani Isroildan biror kishining 
badaniga siydik tegadigan bo‘lsa, qaychi bilan kesishar edi», deb aytardilar. Huzayfa 
roziyallohu anhu: «Men sohibingizni, ya’ni Abu Musoni bu xususda qattiq yo‘l 
tutmasliklarini yaxshi ko‘raman. Chunki mening Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
bilan birga yurib borganimni ko‘rganingizda, u zot devor orqasidagi axlatxona oldiga 
borib, xuddi sizlardan biringiz tik turgani kabi tik turib bavl qildilar. Uzimni chetga olgan 
edim, u zot menga ishora qildilar, men esa u zotning orqalarida tik turganimda bavl qilib 
bo‘ldilar», dedilar. 
 
491/4. Urva ibn Mug‘iyra otalari Mug‘iyra ibn Shu’ba roziyallohu anhudan, u zot esa 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam hojat chiqarish uchun (hojatxonaga) chiqqanlarida Mug‘iyra roziyallohu anhu 
suv quyilgan idish olib u zotning orqalaridan ergashdilar. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam hojatlarini chiqarib bo‘lgan paytda Mug‘iyra roziyallohu anhu suv quyib 
berdilar. U zot esa tahorat qildilar va ikki mahsilariga mash tortdilar. 
 
Ibn Rumhning rivoyatida arabcha matndagi «hiyna» o‘rniga «hatta» kalimasi aytilgan. 
 
Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan. Faqat «U zot yuzlari va qo‘llarini yuvib, 
boshlariga mash tortdilar, so‘ngra mahsilari ustiga mash tortdilar» kalimasi ziyoda 
qilingan. 
 

Sahihi Muslim (birinchi kitob). Imom Muslim 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
115
492/5. Mug‘iyra ibn Shu’ba roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu zot: «Men 
kechalarning birida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga ketayotgan edim, u 
zot (pastlikka) tushib hojatlarini chiqardilar. So‘ngra kelganlarida men u zotga o‘zimdagi 
idishdan suv quyib berib turdim, u zot esa tahorat qilib mahsilariga mash tortdilar», deb 
aytdilar. 
 
493/6. Mug‘iyra ibn Shu’ba roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu zot: «Men Rasululloh 
sollallohu alayhi vasallam bilan birga safarda ketayotgan edim. U zot: «Ey Mug‘iyra, 
(suv) idishingni olgin», dedilar. Men idishni olib u zot bilan birga chiqdim. Rasululloh 
sollallohu alayhi vasallam yurib, hatto mendan uzoqlashib ketdilar. Hojatlarini chiqarib 
bo‘lib, so‘ngra qaytib keldilar. Ustlarida esa shomiy, ya’ni Shom shahrida tikilgan chopon 
bo‘lib yengi tor edi. U zot qo‘llarini choponning yengidan chiqaray, derdilar-u, lekin yeng 
torlik qilar edi. Qo‘llarini esa choponning ostidan chiqardilar. Men esa suv quyib berib 
turdim. U zot namozga tahorat olingani kabi tahorat qilib, so‘ngra mahsilari ustiga mash 
tortib, keyin namoz o‘qidilar», deb aytdilar. 
 
494/7. Mug‘iyra ibn Shu’ba roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu zot: «Rasululloh 
sollallohu alayhi vasallam hojat chiqarish uchun (tashqariga) chiqdilar. Qachonki, 
qaytganlarida suv idishni olib, u zotga suv quyib berib turdim. U zot ikki qo‘llarini, 
so‘ngra yuzlarini yuvdilar. Ikki bilaklarini yuvishga kirishgandilar, chopon torlik qilib 
qoldi. Bilaklarini chopon ostidan chiqarib yuvdilar va boshlari hamda mahsilari ustiga 
mash tortdilar. So‘ngra bizga namoz o‘qib berdilar», deb aytdilar. 
 
495/8. Urva ibn Mug‘iyra roziyallohu anhu otalaridan qilgan rivoyatda otalari Mug‘iyra 
ibn Shu’ba roziyallohu anhu: «Kechalarning birida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
bilan birga kteayotgan edim, u zot: «Senda suv bormi?» dedilar. Men: «Ha», degan 
edim, u zot ulovlaridan tushib yurdilar-da, hatto kechaning qorong‘u, ya’ni hech kim 
ko‘rinmaydigan joyigacha ko‘zdan pinhona bo‘ldilar. Keyin kelganlarida men u zotga 
idishdan suv quyib berdim. U zot yuzlarini yuvdilar. Ustlarida esa jundan ishlangan 
chopon bor edi. Undan ikki bilaklarini chiqarishga qodir bo‘lmay, oxiri choponning pastki 
qismidan chiqardilar. Ikki bilaklarini yuvib, boshlariga mash tortdilar. Keyin men u 
zotning mahsilarini yechishga engashgan edim, u zot: «Qo‘yaver, men uni tahorat bilan 
kiyganman», dedilar-da, u ikki mahsi ustiga mash tortdilar», deb aytdilar. 
 
496/9. Urva ibn Mug‘iyra otalaridan rivoyat qiladilar. Otalari Mug‘iyra ibn Shu’ba 
roziyallohu anhu Rasulullohning sollallohu alayhi vasallam tahorat qilib olishlari uchun 
suv quyib berdilar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam esa tahorat qilib, ikki mahsilari 
ustiga mash tortdilar va «Men u ikkovini tahorat bilan kiyganman», dedilar. 
 
 
Download 5.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling