Sahnaga ikki o‘quvchi yugurib chiqib keladi…
Download 1.58 Mb.
|
5 tashabbus
Sahnaga ikki o‘quvchi yugurib chiqib keladi…). 1-O‘quvchi: Ehe he heeeeee. Odamlaru odamlar, eshitmadim demanglar, bugungi tadbirimizni ko’rolmay keyin attang deb qolmang. 2-O‘quvchi: Ehe he heeeeee.!Odamlaru odamlar mehri daryo insonlar bugungi tadbirimizga Xush kelibsizlar! (O‘quvchilar sahnani tark etadi. so‘ngra sahnaga boshlovchilar chiqib keladilar)
2-boshlovchi: Salom sizga yurak to‘ridan, Davramizga yig‘ilgan do‘stlar. Ko‘ksimizga qo‘limiz qo‘yib, Deymiz sizga «Xush kelibsizlar!». Assalomu – alaykum aziz ustozlar, mehribon ota-onalar, davramizga kelgan jamiki mehmonlar, barcha-barchangiz bugungi ”_________________________“ deb nomlangan tadbirimizga xush kelibsizlar. 1-boshlovchi: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2019-yilning mart oyida beshta muhim tashabbus ilgari surildi. Bu – yoshlarni madaniyat, sanʼat va sportga keng jalb etish, ularda zamonaviy axborot texnologiyalaridan toʻgʻri foydalanish koʻnikmasini shakllantirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, xotin-qizlar bandligini taʼminlash vazifalarini oʻz ichiga oladi. 2-boshlovchi: Ushbu qaror yoshlarni ma’naviy yuksaklikka yetkazuvchi qadamlardan biri bo‘lib, biz yoshlarni mustaqil Vatanimizning nurli kelajagi sari odimlashimiz uchun katta imkoniyatlar eshigini ochdi. 1-O‘quvchi: Prezidentimizning birinchi tashabbusi yoshlarning musiqa, rassomchilik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga xizmat qiladi. 2-O‘quvchi: ikkinchi tashabbus yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularni sport sohasida qobiliyatlarini nomoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga qaratilgan. 3-O‘quvchi: Uchinchi tashabbus aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan. 4-O‘quvchi: To‘rtinchi tashabbus yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo‘naltirilgan. 5-O‘quvchi: Prezidentimizning beshinchi tashabbusi xotin qizlarni ish bilan ta’minlash masalalarini nazarda tutadi 1-boshlovchi: (Raqs Popuri) Boshlovchi she’rlari _____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ 2-boshlovchi: (Raqs Gajak) Boshlovchi she’rlari _____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ 1-boshlovchi: Biz mana shu 4 yil davomida o‘zimizning musiqa, rassomchilik, adabiyot, san’at va teatr sohasidagi bilimlarimizni ham oshirib bordik. Qanday qilib deysizmi? Marxamat tomosha qiling. (Musiqiy qo‘g‘irchoq teatri)
2-boshlovchi: (Raqs Surxoncha) 1-boshlovchi: Sinfimizda o‘zgacha iqtidor egalari mavjud. Ular ijrosida ROBOT raqsi. 2-boshlovchi: (Raqs Chamanda gul) 2-boshlovchi: Qaranga aziz mehmonlar bugun zamonamizning shiddatli rivojlanishi o‘quvchilar saviyasini yanada oshirmoqda. Buning yaqqol isboti sifatida hajviya va taqlid yo‘nalishidagi san’atlarni olishimiz mumkin. Xozir sizlarga namoyish etadigan chiqishimiz ana shu taqlid va hajviya san’atiga bag‘ishlanadi.(Mo‘ylov)
1-boshlovchi: (Do‘ppi raqsi) 2-boshlovchi: Partalar oralab o`tadi umri, O`chirib qoralab o`tadi umri, Bag`rini poralab o`tadi umri, Ajib hayoti bor o`qituvchining. Uzatsa qo`llari osmonga yetar, Yo`llari yulduzlar oralab ketar, Ko`ngilni kamolot mulkiga eltar, Ajib hayoti bor o`qituvchining.
1-boshlovchi: (Raqs lezginka) 2-boshlovchi: (Millatlar raqsi)
1 – o’quvchi: Qo‘llarimga tutqazib, daftar va qalam, Yuragimga quvonch berib biro lam. Goh erkalab, goh koyib, go‘yoki onam, Rahmat, ilk bor ko‘rim ochgan ustozim! Dilimga nur – ziyo sochgan ustozim! 2 – o‘quvchi: Sizdan oldik odob – axloq hayoni, Ongimizga joylab har so‘z ma’noni. So‘zingizdan angladik biz dunyoni. Rahmat, ilk bor ko‘rim ochgan ustozim! Dilimga nur – ziyo sochgan ustozim! 3 – o‘quvchi: Siz tufayli bugun baland parvozim, Ustoz desam jaranglaydi ovozim. Bu qo‘shig‘im sizga hurmat – e’zozim, Rahmat, ilk bor ko‘rim ochgan ustozim! Dilimga nur – ziyo sochgan ustozim! 1-boshlovchi: Aziz ustoz, sizni ulkan chinorga, uning shoxlarini esa minglab shogirdlaringizga o‘xshatamiz. Ildizi baquvvat, mustahkam chinorning shoxlari ko‘payaversin. Baxtimizga sog‘-omon bo‘ling. 2 – boshlovchi: Bizning bolalarcha injiqligimizni, erkaligimizni ko‘targan qadrdon birinchi muallimimiz! Bergan bilimingiz va mehringiz uchun sizga hamisha bosh egib ta’zim qilamiz! (Barcha o‘quvchilar ustoziga bosh egib “TA’ZIM QILAMIZ!” deya barobar aytadilar) 1-boshlovchi: Bizni oq – yuvib oq taragan, o‘z mehri bilan yuksaklik tomon chorlagan onajonlarimiz hamisha baxtimizga sog‘ – omon bo’lsinlar. (Qo‘shiq bu mening onam)Yuragimga quvonch berib biro lam. Goh erkalab, goh koyib, go‘yoki onam, Rahmat, ilk bor ko‘rim ochgan ustozim! Dilimga nur – ziyo sochgan ustozim!
2 – o‘quvchi: Sizdan oldik odob – axloq hayoni, Ongimizga joylab har so‘z ma’noni. So‘zingizdan angladik biz dunyoni. Rahmat, ilk bor ko‘rim ochgan ustozim! Dilimga nur – ziyo sochgan ustozim! 3 – o‘quvchi: Siz tufayli bugun baland parvozim, Ustoz desam jaranglaydi ovozim. Bu qo‘shig‘im sizga hurmat – e’zozim, Rahmat, ilk bor ko‘rim ochgan ustozim! Dilimga nur – ziyo sochgan ustozim! 1-boshlovchi: Aziz ustoz, sizni ulkan chinorga, uning shoxlarini esa minglab shogirdlaringizga o‘xshatamiz. Ildizi baquvvat, mustahkam chinorning shoxlari ko‘payaversin. Baxtimizga sog‘-omon bo‘ling. 2 – boshlovchi: Bizning bolalarcha injiqligimizni, erkaligimizni ko‘targan qadrdon birinchi muallimimiz! Bergan bilimingiz va mehringiz uchun sizga hamisha bosh egib ta’zim qilamiz! (Barcha o‘quvchilar ustoziga bosh egib “TA’ZIM QILAMIZ!” deya barobar aytadilar) 1-boshlovchi: Bizni oq – yuvib oq taragan, o‘z mehri bilan yuksaklik tomon chorlagan onajonlarimiz hamisha baxtimizga sog‘ – omon bo’lsinlar. (Qo‘shiq bu mening onam) Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling