Saida Jo’rayeva


Nemis faylasufi Gegel Vyurtemberg knyazligining poytaxti Shtutgart shahrida


Download 5.05 Kb.
Pdf ko'rish
bet21/22
Sana15.02.2017
Hajmi5.05 Kb.
#495
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22

 
Nemis faylasufi Gegel Vyurtemberg knyazligining poytaxti Shtutgart shahrida 
tug‘ilgan. Uning otasi xazinaxona kotibi bo‘lib xizmat qilgan.  
Gegel to‘liq universitet ta’limini olgan.  
Ilohiyotshunoslik fanlari nomzodi va falsafa magistri darajasiga ega bo‘lgan. 1793 
yildan 1800 yilgacha xonadonlarda muallimlik va tarbiyachilik qilgan. 1801 yilda Yen 
shahriga keladi va mahalliy universitetda falsafadan dars beradi. 
Gegel Arastu zamonidan buyon yashab kelayotgan mantiq ilmi an’analarini 
birinchilardan bo‘lib qayta ko‘rib chiqdi hamda falsafa tarixidagi eng dadil tamoyilni ilgari 
surdi. Uning mazmuni shunday: «Qarama-qarshilik – haqiqat mezoni. Qarama-
qarshilikning yo‘qligi esa –xatolar mezoni». 
Gegel 61 yoshida to‘satdan vaboga chalinib hayotdan ko‘z yumdi. 
Gegelning quyidagi asarlari ma’lum: 
«Xalq dini va nasroniylik» (1793), «Fixte va 
Shelling tizimlari o‘rtasidagi tafovut» (1801), «Mantiq ilmi» (1812-1816), «Falsafiy 
ilmlar qomusi» (1817), «Huquq falsafasi asoslari» (1821), «Huquq falsafasi» (1826). 
Gegelning shogirdlari tomonidan uning ma’ruzalari, rejalari, qoralamalari hamda 
chizgilari orasidan tanlab olingan asarlari quyidagicha nomlanadi: 
«Falsafa tarixiga oid 
ma’ruzalar», «Tarix falsafasiga doir ma’ruzalar», «Estetikaga oid ma’ruzalar», «Diniy 
falsafaga doir ma’ruzalar».
 
 
* * * 
Falsafa va din umumiy mazmun, ehtiyoj va manfaatlarga egadir. 
* * * 
Din umuman inson ongining eng yuksak va so‘nggi sohasidir. U shunday sohaki, inson unga 
mutlaq haqiqat olamiga kirgan kabi qadam qo‘yadi.  
 
* * * 
Teran aql va ajoyib fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lgan odamlar ko‘pincha yomon o‘yinchi bo‘lib 
chiqadilar. Bu ularni o‘yinlar qiziqtirmasligi bilan emas, balki ularning fikrlash qobiliyati hayotning 
qoidalarini qo‘llash hadisini yaxshi egallamagani bilan izohlanadi. 
 
* * * 
O’qib bilmoq boshqalarning fikri to‘g‘ri ekanligini tushunmoqdir. 
 
* * * 
Harakat inson qiyofasini ochib beruvchi eng aniq vositadir. Inson qanday harakat qilsa, 
o‘shandaydir. 
 
* * * 
Dunyoga aql ko‘zi bilan boqqan odamga dunyo ham oqilona qaraydi. 
 
* * * 
Nutq hayratlanarli darajada qudratli vositadir. Ammo undan foydalanish uchun aql sohibi bo‘lish 
lozim. 
 
* * * 
Erkin odam hasadgo‘ylik qilmaydi, u buyuklik va yuksaklikni sidqidildan tan oladi hamda ularning 

Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf 
 
 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
209
mavjudligidan quvonadi. 
 
* * * 
Chin xushmuomalalikka aynan burch sifatida qaramoq joiz. Umuman, biz o‘zgalarga iltifotli 
bo‘lmog‘imiz kerak. 
* * * 
Insonning burchlari to‘rt turga bo‘linadi. 
1) O’z oldidagi burchi. 2) Oilasi oldidagi burchi. 3) Davlat oldidagi burchi. 4) O’zga odamlar oldidagi 
burchi. 
 
* * * 
Or-nomus tamoyillarining asosiy qoidalaridan biri shundan iboratki, har bir odam kim bo‘lishidan 
qat’i nazar, o‘z xatti-harakati bilan o‘zgalar undan ustun bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasligi joiz. 
 
* * * 
Inson o‘ziga xo‘jayin bo‘lmas ekan, tabiatga ham egalik qilolmaydi. 
 
* * * 
Inson bilim tufayligina barhayotdir. Bilim, tafakkur inson hayoti, barhayotligi negizidir. 
 
* * * 
Shiddat bilan tanazzulga yaqinlashib borayotgan xalqning taqdirini faqat dahogina saqlab qolishi 
mumkin. 
 
* * * 
Haqiqatga qalb ko‘zi bilan boqmoq joiz. Tandagi ko‘z bilan uni ko‘rib bo‘lmaydi. 
 
 
* * * 
O’rni kelganda haqiqatni aytmaslik yaxshi emas. Bu narsa o‘zingni ham, o‘zgalarni ham tahqirlash 
demakdir. Biroq layoqat yoki huquq bo‘lmaganda haqiqatni aytmagan ma’qul. 
* * * 
Oqilona maqsadga erishish uchun intiluvchi tirishqoq odamga irodaviy qudrat qanchalar zarur 
bo‘lsa, qaysarlik shunchalar nomaqbuldir. 
 
* * * 
Men ko‘plab ajoyib fanlarni bilaman, ammo falsafadan ajoyibrog‘ini topolmadim. 

Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf 
 
 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
210
STENDAL 
(1783-1842) 
 
Frantsuz adibi, faylasuf va insoniy ehtiroslar nazariyotchisi Stendal Frantsiyaning 
Grenbi shahrida tug‘ilib o‘sdi. Uning haqiqiy ismi Anri-Mari Beyl edi. Stendal 1800-1812 
yillarda Bonapart qo‘shinida xizmat qilgan. Borodino janglarining guvohi bo‘lgan. 
Bonapart inqirozga uchragandan keyin Italiyaga jo‘nab ketadi. 1821 yilda esa yana 
Frantsiyaga qaytadi. 
1831 yilda Frantsiya konsuli sifatida Italiyaning Chivitavekkya shahriga ko‘chib o‘tadi. 
Uning birinchi asari 
«Rim, Neapol va Frantsiya»
 (1817) deb nomlangan. 
Zamondosh odamlarning sevishga qodir emasligi – Stendal romanlarining yetakchi 
mavzusi edi. 
Uning quyidagi asarlari ma’lum: 
«Italiya tasviriy san’ati tarixi» (1817), «Sevgi haqida 
(1822), «Armans yoki 1827 yildagi Parij salonidan lavhalar» (1827) (Stendalning mazkur 
birinchi romani e’tiborsiz qolgan), «Qizil va qora» (1831), «Lyusen Leven» («Qizil va 
oq») (1836), «Parma ibodatxonasi». 
Stendal 1842 yilda 
«Lamel»
 nomli so‘nggi romanini yozib tugatolmay miyasiga qon 
quyilishi oqibatida vafot etdi. 
Stendalning 
«Sevgi haqida» 
nomli asari yetarli muvaffaqiyat qozonmagan bo‘lsa-da, 
muallif tomonidan uzoq yillar mobaynida yig‘ilgan sevgining o‘ziga xos jihatlari 
to‘g‘risidagi fikrlar hamon o‘z qimmatini yo‘qotmagan. 
 
* * * 
Boy berilgan narsa to‘g‘risidagi xotira kelajakdan kutishimiz mumkin bo‘lgan narsadan doim ustun 
turadi. 
 
* * * 
Askar kasalxona to‘g‘risida o‘ylamagani kabi yozuvchi ham tanqid haqida o‘ylamasligi kerak. 
* * * 
Sabr-toqat hamda g‘azabni jilovlay olish qobiliyatidan mahrum kishini siyosatchi deb bo‘lmaydi. 
 
* * * 
Tuyg‘ular olamida faqat birgina qonun – o‘zing uchun sevimli odamga baxt ato etmoq qonuni 
hukmrondir. 
 
* * * 
Do‘st uchun o‘zni har kuni va pinhona qurbon qilmoq muayyan bir vaziyatda uning uchun jon fido 
etmoqlikdan a’loroqdir. 
 
* * * 
Dunyoda ikki baxtsizlik bor: ehtirosning qondirilmay qolishi va haddan ortiq g‘am-anduh chekish. 
 
* * * 
Go‘zallik – baxt haqidagi bir va’da, xolos. 
 
* * * 
Husn sevgining paydo bo‘lishida peshlavha kabi zarurdir. 
 
* * * 

Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf 
 
 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
211
San’at uchun biroz g‘amgin va yetarli darajada baxtsiz odamlar kerak. 
 
* * * 
Umri davomida faqat bir marta sevganlarni yengil-elpi odamlar deb hisoblayman. Ularning 
sadoqati, doimiyligi – shunchaki odat yoki tasavvurning yo‘qligi belgisi, xolos. 
 
SEVGI TAJRIBASI TO’G’RISIDA 
 
… Men yuksak ehtirosdan xolis bo‘lishga va sovuqqon faylasuf sifatida erkin fikr yuritishga harakat 
qilaman. Quyida sevgi deb atalmish dard bosqichlari vijdonan va aniq tasvir etilgan: 
1) sevgi-ehtiros; 
2) sevgi-mayl. 
Sevgi-ehtiros bizni manfaatlarimizni qurbon qilishga majburlagan bir paytda, sevgi-mayl bunga 
moslashishga undaydi; 
3) jismoniy sevgi; 
Insonning fe’l-atvori qanchalik sovuq va quruq bo‘lmasin, u 16 yoshida shu yo‘lga qadam qo‘yadi; 
4) sevgi shuhratparastlik. 
Tark etilgan oshiq manmanlik va g‘amginlik alamini tortadi, romanlarda tasvirlangan timsollar uni 
hayajonga soladi va u o‘zini sog‘inch o‘rtayotgan oshiq deb biladi. Chunki shuhratparastlik doimo 
yuksak ehtiros bo‘lib ko‘rinishga ishtiyoqmanddir. 
 
* * * 
Sevgi! Sen bizni bu dunyodagi qanday telbaliklardan zavqlanishga majbur etasan-a?! 
 
* * * 
Zamin bo‘ylab yoyilgan har qanday sevgi ayni bir qonuniyatga amal qilgan holda tug‘iladi, yashaydi 
va o‘ladi. 
 
* * * 
Ishq bezgakka o‘xshaydi, u irodaga bog‘liq bo‘lmagan tarzda paydo bo‘ladi va so‘nadi. 
 
* * * 
Men qalb tubida ro‘y berayotgan narsalar to‘g‘risida so‘zlashni istayman. 

Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf 
 
 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
212
ARTUR SHOPENGAUER  
(1788-1860) 
 
Olmon faylasufi Artur Shopengauer o‘ziga to‘q savdogar oilasida dunyoga keldi. U 
avval tijorat, tibbiyotdan saboq olib, keyin falsafani o‘rgana boshladi. 1809 yildan 
boshlab Germaniyadagi eng mashhur Gettingen dorilfununida o‘qidi. Tibbiyot, fizika, 
zoologiya, falakiyotshunoslik, tabiiy tarix, psixologiya, mantiq, inson miyasi anatomiyasi 
fanlarini o‘rgandi. 1811 yildan esa Berlin dorilfununida Fixte hamda Shleyermaxer 
ma’ruzalarini tinglab, falsafadan saboq oldi. 
Shopengauerda yoshligidanoq tushkunlik kayfiyati shakllana boshlagan. «Hayot – juda 
shubhali narsa va men umrimni u haqda fikrlash uchun bag‘ishlashga qaror qildim», — 
deb yozgandi faylasuf o‘zining hayotiy maslagi to‘g‘risida. Shopengauerning o‘ziga 
ishonchi juda yuksak bo‘lgan. 
U keksaygan chog‘ida ham xasisligi, so‘zlarining keskinligi va sabrsizligi bilan shuhrat 
qozongan. 
Hamkasblarining ta’kidlashicha, Shopengauer o‘ta sershubha odam bo‘lgan. Doimo 
atrofidagilar go‘yoki undan nimanidir yashirib, unga qarshi fitna uyushtirayotganidan 
gumonsirab yurgan. 
Shopengauerning Berlin dorilfununidagi dotsentlik faoliyati uzoq davom etmagan. 
Chunki u o‘z ma’ruzalarida boshqa faylasuflarni tahqirlab yodga olar yoki ularni umuman 
tilga olmasdi. 
1825 yilda Shopengauer o‘qituvchilikni tashlab, Frankfurt-Mayn shahriga ko‘chib 
boradi va hayotining ko‘p qismini shu yerda o‘tkazadi. U ingliz, frantsuz, italyan va ispan 
tillarini mukammal bilgan. 
Shopengauer 30 yoshida «Olam iroda va tasavvur sifatida» deb nomlangan eng 
mashhur asarini yozgan. 
U birinchi bo‘lib «ruhiy halovat» atamasini qo‘llagan. «Eng oliy darajadagi turfa va 
davomiy huzur-halovat ruhiy halovatdir…» deb yozgandi faylasuf. 
Shopengauer kunning asosiy qismini ikki xonali uyidagi ish bo‘lmasida o‘tkazgan. 
Mutolaa – uning eng sevimli mashg‘uloti edi. 
Faylasuf bir umr bo‘ydoq o‘tgan. U yuqumli kasallik tufayli vafot etishdan o‘lgudek 
qo‘rqqan. Shunday xavfni sezishi bilan darhol turar joyini almashtirgan. 
Shopengauerning quyidagi asarlari ma’lum: 
«Ko‘z va gullar to‘g‘risida» (1816), «Olam iroda va tasavvur sifatida» (1819), 
«Axloqning asosi» (1841), «Etikaning ikki asosiy muammosi» (1841), «Din haqida» 
(1851), «Parerga va Paramipomenon» (1851), «Sevgi metafizikasi». 
Bu asar ikki jilddan 
iborat bo‘lib, «Parerga» – lotincha «Qo‘shimcha asarlar» degan ma’noni anglatadi. 
Shopengauerning mashhur «Turmush hikmatlari» to‘plami ham ana shu kitobga 
kiritilgan. 
Artur Shopengauer 1860 yilda vafot etdi. O’lim to‘shagida yotgan faylasufdan do‘stlari 
qaerga dafn etish to‘g‘risida so‘raganlarida, u: «Menga baribir. Ular meni izlab 
topishadi», deb javob bergan ekan.  
 
* * * 
Falsafa menga hech nima bermadi, biroq u juda ko‘p narsalarni saqlab qola oldi. 
 
* * * 
Falsafaning boshlanishi hayronlikdan emas, balki hayrat va qayg‘udandir. 
 

Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf 
 
 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
213
* * * 
Agar tafakkur yo‘q qilinsa yoki barcha boshchanoqlardagi miya olib tashlansa, butun olam barham 
topadi. Buni hazil deb qabul qilmasligingizni iltimos qilaman. Men jiddiy gapirayapman. Chunki olam 
faqatgina bizning (barcha jonivorlarning) tasavvurimiz sifatida mavjuddir, xolos. Bu tasavvurlardan 
tashqari olam yo‘q. 
 
* * * 
E’tiqod va bilim – tarozining ikki pallasi: biri qancha baland bo‘lsa, ikkinchisi shuncha pastdir. 
 
* * * 
Falsafaning shu topgacha muvaffaqiyatsizlikka uchrab kelayotganining sababi shundaki, uni san’at 
yo‘lidan emas, ilm yo‘lidan izlaydilar. Faylasuf falsafa ilm emas, san’at ekanligini hech qachon 
unutmasligi kerak. 
 
* * * 
Mukammal davlatga asos solish uchun eng avvalo shunday mavjudotlarni yaratish kerakki, toki 
ular hamma yerda va har doim o‘z manfaatlarini jamiyat farovonligi yo‘lida qurbon qilishga qodir 
bo‘lsinlar.  
 
* * * 
Men va mening vaqtim: bir-biriga sira to‘g‘ri kelmaydi. 
 
* * * 
Har bir cheklash baxtga yo‘llaydi. Ya’ni, bizning nigohlarimiz, harakatlarimiz va shubha-
gumonlarimiz doirasi qanchalik tor bo‘lsa, shunchalik baxtiyormiz. Ular qanchalar keng bo‘lsa, biz 
shunchalar ko‘p azoblanamiz va xavotirga tushamiz. Chunki ular bilan birga bizning tashvishlarimiz, 
istaklarimiz hamda xavotirlarimiz ham o‘sib, ko‘payib boradi. 
 
* * * 
Agar kimningdir to‘g‘ri so‘zlayotganiga shubha qilsang, o‘zingni unga ishonayotgandek tut: shunda 
u yolg‘onni yanada bo‘rttirib, sirni ochib qo‘yadi. Bordi-yu, uning so‘zlarida yashirishga urinayotgan 
haqiqat ohangini payqab qolsang, o‘zingni unga ishonmayotgandek ko‘rsat: shunda u haqiqatning 
qolgan qismini ham aytib beradi.  
 
* * * 
Har bir odam o‘zga bir odam uchun bir ko‘zgudirki, u orqali barcha kamchiliklarni yaqqol ko‘rish 
mumkin. Biroq ayrim odamlar boshqa bir it deb ko‘zgudagi aksiga qarab hurayotgan ko‘ppak kabi 
harakat qiladilar.  
 
* * * 
Biror kimsaga tirikligida haykal qo‘yish – kelgusi avlodlar uni unutmasligiga umid yo‘qligini e’lon 
qilish bilan teng. 
 
* * * 
Uylanish huquqlarning yarmini kamaytirish, majburiyatlarni esa ikki baravar oshirish demakdir. 
 
* * * 
Insonning haqiqiy fe’l-atvori mayda-chuydalarda: ular inson o‘zini nazorat qilishdan to‘xtaganda 
yuzaga chiqadi. 

Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf 
 
 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
214
 
* * * 
Mutolaa kallang o‘rniga boshqaning kallasi bilan o‘ylamoq demakdir. 
 
* * * 
Ma’lumki, ko‘pchilik bo‘lib kulfatlarga dosh berish osonroq. Aftidan, odamlar bekorchilikni ham 
kulfatlar qatoriga kiritishadi. Va birgalikda bekorchilik qilish maqsadida majlislar uyushtirishadi.  
 
* * * 
Umr qisqa. Haqiqat esa uzoq yashaydi. Keling, haqiqatni so‘zlaylik! 
 
* * * 
Agar chindan ham kimdir biz uchun juda qadrli bo‘lsa, buni uning o‘ziga aytishni jinoyatga qo‘l 
urish bilan barobar deb bilmoq kerak. Bu uncha yoqimli bo‘lmasa-da, to‘g‘ri maslahat. Chunki ortiqcha 
erkalash odamlar uyoqda tursin, hatto itlarni ham buzadi.  
 
* * * 
Yolg‘iz qolish bizni doimo odamlar ko‘z o‘ngida yashash zaruriyatidan va shuning barobarida 
ularning fikri bilan hisoblashishdan forig‘ etadi. 
 
* * * 
Yolg‘izlikni sevmaydigan odam – erkinlikni sevmaydi. Chunki faqat yolg‘izlikdagina erkin bo‘lish 
mumkin. 
 
* * * 
Shunday avlodlar keladiki, ular mening har bir satrimni quvonch bilan qo‘llab-quvvatlaydilar.  

Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf 
 
 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
215
PETR YAKOVLEVICH CHAADAYEV 
(1794-1856) 
 
Rus mutafakkiri P.Ya.Chaadaev dvoryan oilasida dunyoga keldi. Bolaligidanoq to‘g‘ri 
va qat’iy fe’l-atvor egasi bo‘lgan Chaadaevda o‘z qadrini bilish hissi kuchli edi.  
P.Chaadaev Moskva universitetini tamomlagan. Universitetda o‘qib yurgan kezlari 
A.Griboedev, N.Turgenev, I.Yakushin kabi yozuvchilar bilan do‘stlashgan. 
Harbiy xizmatga kirgan Chaadaev 1812 yili Borodino jangida ishtirok etib, ko‘rsatgan 
jasorati uchun IV darajali Anna ordeni hamda Temir krest bilan mukofotlangan. 
Tarixchilarning yozishicha, urush tugagach Chaadaevni katta davlat lavozimiga (shoh 
Aleksandr I ning ad’yutanti vazifasiga) taklif etishgan. Biroq Chaadaev hech bir 
ikkilanishsiz bu mansabni tark etgan va iste’foga chiqqan.  
Chaadaevning bunday ters, kutilmagan qarori tezda hammaning og‘ziga tushgan 
hamda shoh Aleksandr I tomonidan salbiy baholangan. 
Chaadaev dekabristlar bilan yaqin munosabatda bo‘lgan, lekin ularning orasida ruhiy 
ehtiyojlarini qondirolmagan. 
Faylasuf oila qurmay bo‘ydoq yashagan. Buning sababi hamon noma’lum. 
Chaadaev ijtimoiy taraqqiyot nazariyotchisi bo‘lgan. U jahondagi siyosiy jarayonlarga 
ta’sir o‘tkaza oladigan va o‘tkazayotgan yirik davlatlardagi hayotni o‘zgartirish yo‘llari, 
yo‘nalishlari hamda vositalari haqida fikr yuritgan. 
Chaadaevning quyidagi asarlari ma’lum: 
«Falsafiy maktublar», «Telbaning madhiyasi» 
(1837 yilda yozilgan, 1862 yilda e’lon qilingan), «Hikmatlar», «Sarlavhasiz maqola» 
(1843), «Qishloq ruhoniysining yakshanba suhbati» (1848). 
Chaadaev yoshligidanoq Pushkin bilan do‘st bo‘lgan. Pushkin o‘zining eng yaxshi 
she’rlaridan birini Chaadaevga bag‘ishlagan. 
Chaadaev 1856 yil 14 aprel kuni Moskva shahrida vafot etdi. 
 
* * * 
Vatanga muhabbat – ajoyib tuyg‘u. Lekin undanda teranroq bir tuyg‘u borki, u haqiqatga bo‘lgan 
muhabbatdir. Vatan ishqi qahramonlarni dunyoga keltiradi. Haqiqatga bo‘lgan muhabbat esa 
insoniyatga donishmandlarni, muruvvatpeshalarni tuhfa etadi. Vatan muhabbati xalqlarni bir-biridan 
ajratadi, milliy adovatni yuzaga keltiradi va goho yerni motam libosiga burkaydi. Haqiqat ishqi esa 
olamga ilm nurlarini sochadi. 
 
* * * 
Suyukli odamlarni sevishdan oson ish yo‘q. Ammo sevimli bo‘lmagan odamlarni ham bir oz yaxshi 
ko‘rmoq kerak.  
 
* * * 
Men Vatanimni tanqid qilishim, kamsitishim va unga ozor berishim mumkin, lekin hech qachon uni 
aldamayman. 
 
 
* * * 
Zaif dushman eng yaxshi do‘st, hasadgo‘y do‘st esa eng yovuz dushmandir. 
 
* * * 
Bizning erkinligimiz – tobeligimizni anglamasligimizdan o‘zga narsa emas. 
 

Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf 
 
 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
216
* * * 
Ishoning, men o‘z Vatanimni har biringizdan ko‘ra ko‘proq yaxshi ko‘raman. Unga shon-shuhrat 
tilayman, xalqimning yuksak fazilatlarini qadrlayman… Biroq men Vatanni ko‘zni yumib sevishga 
o‘rganmaganman. 
 
* * * 
Insoniyat an’analarining buyuk xazinasi bo‘lmish Sharqni o‘rganing. 
 
* * * 
Boshqalarning ortidan quvishimizga hojat yo‘q. Biz o‘zimizni oshkora baholab, kimligimizni tushunib 
olmog‘imiz, yolg‘ondan voz kechib, haqiqat yo‘lini mahkam tutmog‘imiz kerak. Shunda olg‘a bosamiz 
va boshqalardan ko‘ra ildamroq qadam tashlaymiz. Chunki biz o‘zgalardan ortda qolish asnosida ilgari 
o‘tganlarning butun tajribasi hamda asriy zahmatlaridan boxabar bo‘lamiz. 
 
* * * 
Qullikdan orlanmaydigan xalqning tolei pastdir. Bunday xalq qullik uchun yaratilgan. 
 
* * * 
Mukammallikka yaqinlashishni yagona maqsad qilib olganlargina unga erisha oladilar. 
 
* * * 
So‘z faqat shafqatli qalbdagina jaranglaydi.  
 
* * * 
Siz baxtli bo‘lishni istaysiz-ku, axir. Bas, shunday ekan, shaxsiy farog‘atingizni imkon qadar ozroq 
o‘ylang-da, o‘zgalar uchun qayg‘uring. Bittaga mingta qarshi chiqqan holda garov o‘ynab aytishim 
mumkinki, shunda siz bu olamda mavjud bo‘lgan eng yuksak darajadagi saodat lazzatidan 
bahramand bo‘lasiz. 
 
* * * 
Tarix xalqni tushunish kalitidir. 

Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf 
 
 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
217
FRIDRIX VILGELM NITSHE 
(1844-1900)
 
 
Nemis faylasufi Fridrix Nitsshe Prussiyaning Ryokken muzofotidagi protestant 
ruhoniysi oilasida dunyoga keldi. Nitsshelar sulolasining uchinchi avlodi polyak 
dvoryanlariga mansub bo‘lgan. 
Nitsshe taqvodorlik muhitida o‘sgan. Gimnaziyadagi do‘stlari uni «ibodatxonadagi 12 
yoshli Iso»ga o‘xshatib «Mitti pastor» deb atashgan. Nitsshe Injil suralarini va cherkov 
qo‘shiqlarini shu darajada ta’sirchan ijro etganki, tinglovchilar beixtiyor ko‘zlariga yosh 
olishgan. 
Nitsshe Bonn va Leyptsig shaharlarida ta’lim olgan. Mutaxassisligiga ko‘ra filolog 
bo‘lgan Nitsshe tengqur talabalar orasida o‘zining kuchli qobiliyati bilan ajralib turgan. U 
22 yoshida Markaziy adabiy gazetada xizmat qilgan. 
25 yoshida Bazel universitetining professori bo‘lgan. 
Nitsshe 1869-1879 yillar oralig‘ida Bazelda yashagan hamda faylasuf Rixard Vagner 
bilan tanishgan. Nitsshening o‘zi bu haqda shunday deb yozadi: «Biz bir necha yil Vagner 
bilan hamma katta-kichik narsalarni teng baham ko‘rdik; o‘rtamizdagi ishonchning cheki 
yo‘q edi». 
Nitsshe bosh og‘rig‘i va qandaydir noma’lum kasallik xurujidan umr bo‘yi azob 
chekkan. 
Nitsshe Artur Shopengauerning yovvoyilar to‘dasi to‘g‘risidagi masalini o‘qigach, 
jamiyatning ichki mohiyati nimadan iboratligini anglab oldi. Shundan keyin u 
Shopengauerning ashaddiy muxlisiga aylandi. Chunki Shopengauerning ko‘plab fikrlari 
Nitsshega juda yaqin edi. 
1876 yilning kuzida Nitsshe salomatligi yomonlashgani tufayli universitetdagi 
ma’ruzalarini to‘xtatib, bir yillik ta’tilga chiqadi va Sarrentoga ko‘chib o‘tadi. Ana shu 
yerda uning dunyoqarashida keskin burilish ro‘y beradi. 
«O’sha davrda men nafaqat Vagner bilan aloqani uzish to‘g‘risida bir qarorga keldim
balki umuman yanglishganimni anglab yetdim…» deb yozadi Nitsshe. 
1880 yilda Nitsshe Yevgeniy Dyuring qalamiga mansub «Falsafa kursi» asarini o‘qib 
chiqadi. Bu asar uning dunyoqarashiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Nitsshega, ayniqsa, 
faylasufning koinotdagi barcha jarayonlarning davriy xususiyatga ega ekanligi, ularning 
doimo takrorlanib turishi to‘g‘risidagi fikrlari ma’qul keladi. Shu asosda o‘zining bu 
boradagi shaxsiy fikrlarini rivojlantiradi va «Mangu qaytarilish» haqidagi qarashlar 
tizimini ishlab chiqadi: «Hamma narsa mangu qaytarilishga mahkum. Biz qachonlardir 
Download 5.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling