Saidmurodova gavharning


O‘ZBEKISTONDA NEFT-GAZ SANOATI RIVOJLANISHI TARIXI


Download 1.51 Mb.
bet2/11
Sana05.04.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1276423
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Gavhar O`zb kurs ishi

1.O‘ZBEKISTONDA NEFT-GAZ SANOATI RIVOJLANISHI TARIXI
Respublikamizning birinchi Prezidenti Islom Karimov o‘zining kitobida1 ta’kidlab o'tganidek, O‘zbekiston o‘z yer osti boyliklari bilan haqli suratda faxrlanadi - bu yerda mashhur Mendelev davriy sistemasining deyarli barcha elementlari topilgan. Hozirga qadar 2,7 mingdan ziyod turli foydali qazilma konlari va ma’dan namoyon bo‘lgan istiqbolli joylar aniqlangan.
Ular 100 ga yaqin mineral-xomashyo turlarini o‘z ichiga oladi. Mamlakatimizning umumiy mineral-xomashyo potensiali 3,3 trillion AQSh dollarini tashkil etadi. G'oyat muhim strategik manbalar-neft va gaz kondensati, tabiiy gaz bo'yicha 155 ta istiqbolli kon qidirib topilgan. Hisob-kitobdan ma'lumki, gaz zaxiralari 2 trillion kubonietrga yaqin, ko‘mir 2 milliard tonnadan ortiq. 160 dan ortiq neft koni mavjud. Neft va gaz mavjud bo'lgan beshta asosiy mintaqani ajratib ko‘rsatish mumkin. Bular: Ustyurt, Buxoro-Xiva, Janubiy-G‘arbiy Hisor, Surxondaryo, Farg‘ona mintaqalaridir.
1-Rasm

Neft-gazli mintaqalar.
O'zbekiston neftining sanoat asosida ishlanishi XIX asming oxirlari 1885-yildan boshlangan. Dastlab Farg‘ona vodiysidagi Chimyon qishlog'i atrofidagi ikki quduqdan neft olingan. 1900-yili ushbu tumanda geologiya-qidiruv ishlari faol olib borilib, 1904-yili neft favvorasini olishga erishilgan.
1906-yili Farg‘ona viloyatida davriy ishlaydigan ikki kubli uskunadan iborat bo‘lgan neftni haydash korxonasi qurilgan. Neftning sifati termometr va areometrlar yordamida aniqlangan. Asosiy mahsulot kerosin va mazut hisoblangan. Olingan kerosin aravalar, tuyalarda Andijon, Toshkent, Qo‘qon shaharlaridagi paxta tozalash zavodlari, yog‘ chiqarish korxonalariga va maishiy maqsadlarda foydalanish ucliun jo ‘natilgan. Mazut ternir yo‘l yoqilg‘isi sifatida qo`llanila boshlangan.
Benzin esa dastlab korxonaning tashqarisidagi o‘ralarda yoqilgan. 1915-1916- yillarda O‘rta Osiyoda ichki yonish dvigatellari bilan jihozlangan avtomobillar paydo bo‘la boshlagandan keyingina benzinga ehtiyoj paydo bo'lgan. 1907-yili akauka Nobellar neftni haydash korxonasini sotib olishadi va uni qayta jihozlashadi. Shu yili Chimyondan neftni haydash korxonasiga qadar neft quvuri o‘tkaziladi.
1940-yili ushbu korxonaning laboratoriyasi mavjud bo‘lib, texnologik jarayon esa yuqori darajaga ko‘tarilgan edi. Qashqadaryo viloyatida 1972-yili Muborak va 1980-yili esa Sho‘rtan gazni qayta ishlash korxonalari qurilib, ishga tushirildi. Mamlakatimizda 125 yil oldin neft sanoatiga asos solingan bo‘lsada, faqat 1953-yilga kelib, Qizilqum sahrosida Setalontepa gaz zaxirasining ochilishi natijasida O‘zbekiston neft va gaz sanoatiga asos solindi.
1962-yilga kelib, sobiq Ittifoq hududidagi Ural va Yevropa sanoat korxonalarini tabiiy gaz bilan ta’minlash maqsadida «Buxoro-Ural» va «O‘rta Osiyo-Markaz» transkontinental gaz quvurlari yotqizilgan.
Sobiq Ittifoq paytida O‘zbekiston o'zini neft mahsulotlari bilan ta’minlash imkoniyatiga ega bo`lmagan. Masalan, XX asrning 80- yillarida respublikamizga bar yili chetdan 6 million tonnagacha neft mahsulotlari tashib kelinardi. Lekin ayni o‘sha vaqtda respublikamizdan tashqariga 7-8 milliard kubometr gaz chiqib ketgan. Mustaqilligimizning birinchi yilidanoq Prezidentimiz Islom Karimovning ko‘rsatmalari bilan neft va gaz sanoati respublikadagi yetakchi sanoatlardan biri sifatida qabul qilindi. 1992-yilning dekabrida neft va gazni qayta ishlash va shunga aloqador sohalar isloh qilinib, yagona ishlab chiqarish majmuyiga birlashtirildi. Ya’ni xomashyoni qazib olinishdan tortib, tayyor mahsulot holiga keltirilguncha bo‘lgan jarayon bitta zanjirga - «O‘zbekneftgaz» milliy xolding kompaniyasiga biriktirildi. «O‘zbekneftgaz» taslikiloti o‘z sohasida katta iqtisodiy islohatlar o‘tkazdi. O‘tkazilgan tadbirlar natijasida 1995-yili 7,6 million tonna neft va gaz kondensati qazib olinib, mamlakatimiz amaliy ravishda neft mustaqilligiga erishdi. Mutaxassislar respublikamizning noyob va qudratli yonilgi resursi-neft zaxiralarining aniq iqtisodiy hisob-kitoblarini chiqarishdi: - respublika hududining salkam 60 foizi mavjud neft konlarini qazib olisli uchun istiqbolli hududlar sanaladi; - neft resurslari umumiy imkoniyati 4 milliard tonnadan ortiq; - neft resurslari qiymati (gaz resurslari bilan birga) 1 trillion AQSh dollaridan ziyod; - neftning 90-91 foizi jahon bozorida eng arzon uslub - favvora usulida qazib chiqariladi. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston neft-gaz tarmog‘i ildam rivojlandi.
1997-yilning avgust oyida yiliga 2,5 million tonna uglevodorodli xomashyoni qayta ishlashga mo`ljallangan va zamonaviy texnologiya va uskunalar bilan jihozlangan Buxoro neftni qayta ishlash korxonasi ishga tushirildi. Bu yerda xalqaro me’yoriy talablarga to‘la javob beraoladigan turli neft mahsulotlari (avtobenzin, aviatsiya kerosini, dizel yoqilgisi, mazut va suyultirilgan gaz) ishiab chiqarilmoqda. Ishiab chiqarilayotgan neft mahsulotlarining sifatini xalqaro talablar asosida ta’minlab turish va mintaqadagi ekologik sharoitni yaxshilash maqsadida, 2000-yili Farg'ona neftni qayta ishlash korxonasi qaytadan jihozlandi. Yurtboshimizning tashabbusi bilan 2001-yili eng ilg‘or uskunalar va texnologiyalar bilan jihozlangan Sho‘rtan gaz kimyosi majmuasi ishga tushirildi. Ushbu eng yirik korxonani XXI asrning boshlanishida isliga tushirilishi bilan O‘zbekistonda zamonaviy tarmoq - gaz kimyosi sanoati yaratildi. Sho‘rton gaz kimyosi majmuasida yiliga 4 milliard kubometr tabiiy gaz qayta ishlanib, undan 125 ming tonnadan ziyod polietilen granulalari hamda suyultirilgan gaz. gaz kondensati, donador oltingugurt kabi mahsulotlar olinnioqda. Mamlakatimizda gaz kimyosi tarmogMning yaratilishi, birinchidan, tabiiy gazni chuqurroq qayta ishlashga turtki bergan bo`lsa, ikkinchidan, tutash tarmoqlarning paydo bo`lishiga sababchi bo`lmoqda. Masalan, yuqori, o‘rta va past bosim bilan ishiab chiqarilgan polietilen asosida ko‘plab turli buyumlar (plyonkalar, katta o`lchamli buyumlarning quymalari, turli diametrga ega bo`lgan polietilen quvurlari, quvurlarni birlashtiruvchi detallar va hokazo) ni ishiab chiqarish imkoniyati yaratildi.
Neft-gaz sohasi bo‘yicha bir necha yirik loyihalami amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Jumladan, 2009-yil 14-iyunda « O‘zbekneftgaz» milliy xolding kompaniyasi bilan chet elning «Petronas» va «Sasol» (Janubiy Afrika Respublikasi) kompaniyalari o’rtasida O'zbekiston Respublikasida sintetik suyuq yoqilg‘i ishiab chiqarishga ixtisoslashgan qo‘shma korxona tashkil etish to‘g‘risidagi bitim imzolandi. «Petronas» sarmoyasi va «Sasol» texnologiyalari asosida ish yuritadigan yangi qo‘shma korxona mamlakatimizda qazib olinadigan tabiiy gazdan yiliga 1,3 million tonna yuqori sifatli sintetik suyuq yoqilgi - dizel yoqilgisi, kerosin, nafta, suyultirilgan neft gazi kabi mahsulotlar ishiab chiqaradi.
Yangi korxonaning mahsulotlari ichki bozorni to`ldirish bilan birga, eksportga ham chiqariladi. Ustyurtda esa yangi gaz kimyosi majmuasi qurilib, unda 4,5 milliard kubometr tabiiy gazni qayta ishlash natijasida mamlakatimiz va chet el iste’molchilari uchun 500 ming tonnagacha polietilen va propilen ishiab chiqarilishi ko‘zda tutilgan. Umuman olganda, 2009-2014-yillarda neft-gaz sanoati bo‘yicha umumiy hajmi 21,5 milliard AQSh dollariga teng bo`lgan 52 ta investitsion loyihani amaliyotga joriy etish rejalashtirilgan.
2009-yili tabiiy gazni qazib olish va uni quvur orqali uzatishga oid umumiy qiymati 2,4 milliard dollarga teng bo`lgan 5 ta yirik loyiha amalga oshirildi. Jumladan, Qamchiq dovoni orqali «Ohangaron-Pungan» gaz quvuri va «O‘zbekiston-Xitoy» gaz quvurining birinchi tarmog‘i ishga tushirildi.
2014-yilgacha Surgil koni asosida Ustyurt gaz-kimyosi majmuasi va Qashqadaryo viloyatida sintetik suyuq yoqilg'i (GTL) ishlab chiqarish korxonasini qurib bitkazishdan tashqari, Sho'rtan gazkimyosi majmuasida va Muborak gazni qayta ishlash korxonasida polimer mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etish rejalashtirilgan. Bulardan tashqari, yangi konlarni o'zlashtirish, Muborak gazni qayta ishlash korxonasida propan-butan aralashmasi qurilmasini ishga tushirish va boshqa bir necha loyihalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
Hozirgi kunda « O‘zbekneftgaz» milliy xolding kompaniyasi innovatsion loyihalarni chet elning Gazprom, Lukoyl (Rossiya), CNPC International (Xitoy), Korea National Oil Corporation (Koreya), Petronas (Malayziya), Sasol (Janubiy Afrika Respublikasi) va boshqa kompaniyalari bilan o‘zaro hamkorlikda amaliyotga joriy etmoqda.
Oxirgi yillarda mamlakatimizda neft-gaz sanoatining yuqori sur’atlar bilan rivoj lanishi ta’sirida ilm-fan yutuqlaridan ishlab chiqarishda keng foydalanish, tarmoqning dolzarb ilmiy-texnik muammolari ustida tadqiqot ishlarini olib borish hamda fan va ishlab chiqarish o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish kabi masalalar bilan jiddiy shug‘ullanish uchun katta ehtiyoj paydo bo'ldi.
Yuqorida bayon etilgan holatlarni inobatga olgan holda, 2009-yilning 7-8-oktabrida Buxoro neftni qayta ishlash korxonasining Qorovulbozor shahridagi madaniyat saroyida «O‘zbekiston neft va gazini qayta ishlashning dolzarb muammolari» mavzusida respublika ilmiy-texnik anjumani o'tkazildi.
Ushbu anjuman qarorida neft-gaz sanoatining rivojlanishi uchun quyidagi dolzarb ilmiy-texnikaviy muammolarni Irai etish muhim ahamiyatga ega ekanligi qayd qilingan: -uglevodorodli xomashyolarni chuqur qayta ishlash texnologiyalarini yaratish va bu jarayonga ikkilamchi qo‘shimcha mahsulotlar va ishlab chiqarish chiqindilarini jalb etish; - O'zbekistonda gaz turbinali dvigatellar uchun yuqori sifatli yoqilg'ilarning ishlab chiqarishning nazariy va amaliy asoslarini rivojlantirish; - tabiiy gaz va nelt mahsulotlarini chuqur tozalash va quritish maqsadida, mahalliy minerai xomashyolar asosida oldindan berilgan xossalarga ega bo`lgan nanog‘ovakli adsorbentlarni olish texnologiyasini yaratish;
- neft-gaz kondensati xomashyosini birlamchi haydashda suv bug‘i o‘rniga uglevodorod bug'laridan foydalanishning yuqori samarali va energiya tejamkor texnologiyasini ishlab chiqish; - tarkibida metallami ushlagan yonuvchi slanesiarni kimyoviy yo‘l bilan kompleks qayta ishlashning samarali usullarini yaratish; -uglevodorodli xomashyolarni qayta ishlashda hosil bo‘ladigan bug‘-havo aralashmalari tarkibidan yengil uchuvchan uglevodorodlami ajratib olish uchun yuqori samarali jarayonlar va uskunalar ishlab chiqish; - mahalliy xomashyolar asosida erituvchilar, deemulgatorlar, katalizatorlar, sorbentlar, stabilizatorlar, qo‘ndirmalar, yemirilish ingihitorlari va boshqa kimyoviy reagentlarni ishlab chiqarishni tashkil ctish.
Mamlakatimizning mustaqillik yillarida fan va ishlab chiqarish o'rtasidagi ilmiy-texnikaviy hamkorlik aloqalari yuqori darajaga ko'tarilib, o‘z samarasini bermoqda. Masalan, Umumiy va noorganik kimyo institutining yetakchi olimlari va Buxoro neftni qayta ishlash korxonasining mutaxassislari tomonidan o‘zaro hamkorlikda, MDH ichida birinchi bo'lib, mahalliy neft va gaz kondensatlari asosida, gaz turhinali dvigatcllar uchun yuqori sifatli Djet A-l markali aviatsiya yoqilg'isini ishlub chiqarish texnologiyasi yaratildi, sinab ko'rildi, tasdiqlandi va amaliyotga joriy ctildi.
2009-yil avgust oyida Davlat komissiyasi tomonidan Djet A-l markali aviatsiya yoqilg'isini Buxoroda ishlab chiqarishga va undan «Boing», «Aerobus» va RG rusumidagi g'arb samolyotlarini yoqilg'i bilan ta’minlashga ruxsat herildi.
Ushbu korxonada ishlab chiqarilayotgan yangi mahsulotning sifat ko'rsatgichlari Djet A-l markali aviatsiya yoqilg'ilarga qo'yiladigan barcha xalqaro talablar (Def Stan 91-91 dasturi bo'yicha, Buyuk Britaniya) ga to'la uyg'unlashgan. 2009-yil avgust - 2010- sentabr davomida umumiy qiymati 49 milliard so'mga teng bo'lgan 109,3 ming tonna Djet A-l markali aviatsiya yoqilg'isi ishlab chiqarilib, «O'zbekiston havo yo'llari» milliy aksiyadorlik kompaniyasi iste’molchilariga yetkazib berildi. Vatanimizning birinchi prezidenti Islom Karimov mustaqillikning dastlabki yillaridayoq neft-gaz sanoatini rivojlantirishning uch strategik yo'nalishini aniq-ravshan aniqlab bergan edilar.
Birinchisi, mamlakatni o'zimizda qazib olinayotgan xomashyo bilan ta’minlash, ya’ni neft va gaz qazib olishni ko‘paytirish.
Ikkinchisi, sohada ilg‘or texnologiyalarni joriy etib, neft va gazni mukmmal qayta ishlashdir. Aytish mumkinki, bugungi kunda bu vazifalarnjng yechimi ro‘yobga chiqib, samaralarini bermoqda. Navbatdagi vazifa esa neft va gaz sanoati xomashyo bazasini mustahkamlash, yangi neft va gaz konlarini ochishdir.
Hozirgi kunda respublikamizda yiliga 58-59 milliard kubometrdan ziyod tabiiy gaz va 7,3-7,5 million tonna atrofida suyuq uglevodorodlar qazib olinmoqda. O‘zbekistonda neft-gaz sanoati rivojlanishining zamonaviy bosqichida xomashyoni nafaqat eksportga chiqarish bilan chegaralanib qolmasdan, neft va gazni rnamlakatimiz ichida chuqur qayta ishlashga, yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan mahsulotlarni, ayniqsa, chetdan keltiriladigan va respublikamiz iqtisodiyoti uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan mahsulotlarni mamlakatimizda ishlab chiqarishni o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi, maqsadga muvofiq hisoblanadi.

2.NEFT-GAZ VA KONDENSATNING XALQ XO'JALIGIDAGI AHAMIYATI
Hozirgi kunda xalq xо`jaligida tabiiy gazning 58,4% ichki ehtiyoj uchun, 6,5% yer osti omborlariga, 12,5% salqing jarayoniga va 22,5% eksportga jо`natiladi. Kimyo sanoatida neft va neft mahsulotlarini qayta ishlashda hosil bо`lgan moddalar tо`g`ridan-tо`g`ri haydash natijasida olingan past oktanli benzinlar, shuningdek benzol, toluol va shu kabilarni olishda chiqadigan qо`shimcha moddalar asosiy xom-ashyo sifatida foydalanilmoqda.
Neft xomashyosi neft gazi yoki suyuq neft mahsulotlari holatida kimyo sanoati uchun tayyor mahsulot hisoblanmaydi. Ularni avval qayta ishlash natijasida faol moddalar hosil qilinadi. Bunday moddalarga birinchi navbatda tо`yinmagan uglevodorodlardan olefinlar, etilen, propilen va butilenlar kiradi. Kimyo sanoatida neft va neft mahsulotlaridan xom-ashyo sifatida foydalaniladi va yangi moddalar olinadi: suniy kauchuk, plastmassalar, sintetik tolalar, yuvuvchi moddalar va hakozolar ishlab chiqariladi.
О`zbekistonda hozirgi kunda metallurgiya sohasiga qarashli Bekobod metallurgiya zavodi, Olmaliq tog`-metallurgiya kombinati, Navoiy kon-metallurgiya zavodi, barcha turdagi mashina va elektr energiyasi ishlab chiqaradigan zavodlar va shu kabilar neft va gazdan foydalanuvchi asosiy sanoat korxonalari hisoblanadi. Sho`rtan gaz kimyo majmuasini va suniy suyuqlik yoqilg`isini ishlab chiqaradigan zavodning istiqbolli kelajagi tabiiy gazni qazib olish jarayoni bilan chambarchas bog`langandir. Qatlam sharoitida neft uch qismdan tashkil topadi. Yuqori yuza sirtida gaz va qisman parafinga yо`qotiladi. Yer bag„ridan qazib olingan neftning tarkibidagi gaz yо`ldosh gaz hisoblanadi. Kon tizimida ajralib chiqqan gazga neft gazi deyiladi.
Neft va gaz insoniyatga juda qadimdan ma’lum bо‘lib, ulardan olinadigan mahsulotlarning xalq xо‘jaligidagi iste’mol qilish о‘rni hamda ularga bо‘lgan ehtiyoj yil sayin ortib borgan. О‘zbekistonda qadim zamonlardayoq neftdan foydalanib kelingan. Neftning о‘ziga xos о‘tkir hidi tufayli qishloq xо‘jaligi zararkunandalariga qarshi kurashda undan foydalanilgan. Neftdan dori-darmon tayyorlash maqsadida Abu Ali ibn Sino neftni haydashga oid tajribalar о‘tkazgan. Vatanimiz O’zbekiston mustaqillikga erishgach neft va gaz sanoatida qator o’zgarishlar va islohatlar o’tkazildi. Ammo ungacha ham mamalakatimiz o’zining neft va gaz sanoatiga ega bo’lgan. Xususan O’zbekistonda tabiiy (neft bilan chiqadigan) gaz 1906-yili olina boshladi. Demak neft sanoati tarixi vatanimizda II jahon urishidan oldin yuzaga kelganini anglashimiz mumkin.
U vaqtda tabiiy gazning chiqadigan miqdori juda ham oz bo’lgan (yiliga tahminan 0.7-3 mln ). Yuqorida aytib o’tganimizdek, O'zbekistonda neft sanoatining rivojlanishi 1906-yilda boshlangan. Ammo ungacha bo’lib o’tgan ishlar 1900-yilda Farg'ona vodiysidagi Chimyon qishlog'i yaqinidagi ikkita quduqdan qazib olingan. Bu hududda asosiy qidiruv ishlari 1904-yilda boshlangan bo‘lib 270 m dan oshiq chuqurlikdan, kuchli bosim bilan otilib chiqqan neft olindi. Bu voqealar albatta diqqatga sazovor.
1906-yilda Farg'ona viloyatida davriy ishlaydigan bitta ikki kubli neftni qayta ishlash zavodi qurildi. Neft ot arava transportida yetkazildi va uning sifati termometr va gidrometr tomonidan aniqlandi. Bu neftdan olingan asosiy mahsulot esa yoritish kerosini va isitish manbai bo’lib qolaverdi xalos. So’ngra zavod tashqarisidagi kovaklaridagi benzin yoqib yuborilgan, u faqat 1915-1916-yillarda O'rta Osiyoda ichki yonish dvigatelli mashinalar paydo bo'lganda ishlatilganligi aniqlangan. Ushanda neft mahsulotlari temir yo‘l orqali qadoqlangan shaklda Afg'oniston va Xitoyga eksport qilingan. 1907-yilda aka-uka Nobellar zavodni sotib olib, bosqichma-bosqich qayta qurishni boshladilar. Xuddi shu yili Chimyon konidan neftni qayta ishlash zavodigacha bo'lgan to'rt dyuymli neft quvurining ekspluatatsiyasi boshlandi. 1940-yilda zavod o'z laboratoriyasiga ega bo'lganida va texnologik jarayon sifat jihatdan o'sganida yillik quvvati 176 000 tonnaga yetdi. 1950-yilga kelib О‘zbekistonda neft qazib chiqarish 1 mln 342 ming tonnaga yetgan. XX asr 50 yillaridan neft konlarida mexanizatsiya vositalari qо‘llanilgan, turbinali burg‘ilash joriy qilina boshlangan. Farg‘ona vodiysi va Surxondaryo viloyati 1959 yilda 9 ta neft konining о‘zidan 1 mln 460 ming tonnadan ziyod neft qazib olingan. О‘sha davrda Buxoro–Xiva hududlarida topilgan neft konlari ishga tushirilgan, ularning negizida neft va gaz qazib olish boshqarmasi tashkil etilgan. XX asr 70 yillarning boshida ayrim neft konlaridagi zaxiralarning tugashi natijasida neft qazib olish kamaygan. Yangi neft konlarini topish uchun chuqur quduqlar qazishga tо‘g‘ri kelgan. Voruxda 5200 m, G‘umxonada 5670 m, Chust-Popda 5805 m, Mingbuloqda 6006 m о‘ta chuqur neft quduqlari burg‘ilangan. 1972-yil Qashqadaryo viloyatida dunyodagi eng katta zavodlaridan biri Muborak gazni qayta ishlash zavodi qurilgan, 1980-yilda Sho'rtandagi zavod ishga tushurilgan. Shu tariqa kun sayin rivoj topib Neft va gaz sanoati o’zining bugungi qiyofasini yaratib oldi. Hozirda vatanimiz neft qazib olish, qayta ishlash, eksporti bo’yicha yuqori o’rinlarda turadi va oz fursatda mamlakatimizdagi neft va gaz tarifi sezilarli darajada o’z rivojini topdi desak mubolag’a bo’lmaydi.
2-Rasm


Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling