Saidmurodova gavharning


Download 1.52 Mb.
bet1/11
Sana29.03.2023
Hajmi1.52 Mb.
#1306074
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Gavhar O`zb kurs ishi



O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA`LIM FAN VA INOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
TABIIY FANLAR FAKULTETI
GEOGRAFIYA TA`LIM YO`NALISHI
4-BOSQICH G419-GURUH TALABASI
SAIDMURODOVA GAVHARNING
O`ZBEKISTON GEOGRAFIYASI FANIDAN
O`zbekistonda neft va gaz sanoatining rivojlanishi”
MAVZUSIDA YOZGAN
KURS ISHI

Topshirdi: ______________

Qabul qildi: ______________


TerDU__2022-2023
O`ZBEKISTONDA NEFT VA GAZ SANOATINING RIVOJLANISHI
REJA:
KIRISH
I.BOB.O`ZBEKISTONDA NEFT-GAZ SANOATI GEOGRAFIYASI
1.1.O‘zbekistonda neft-gaz sanoati rivojlanishi tarixi
1.2.Neft-gaz va kondensatning xalq xo'jaligidagi ahamiyati
1.3. O’zbekistonda neft kimyo sanoati tarmoqlarining rivojlanishi va rivojlantirish imkoniyatlari
II.BOB.NEFT VA GAZ SANOATINING RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI
2.1.Neft-gaz va energetika tarmog‘ida hamkorlik istiqbollari.
2.2.Neft va gaz sanoatini rivojlantirishda transformatsiyaning o‘rni.
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

KIRISH
Neft sanoati - ogʻir sanoat sohasi. Neft va gaz konlarini qidirish, kon quduqlari qazish, neft va neft bilan aralash chiqadigan gazni qazib olish, neft gazini qayta ishlash, neftni quvurlar orqali joʻnatishni oʻz ichiga oladi. Neft sanoati neft quduqlarini mexanik usulda qazishga oʻtilgan davrdan (AQSH, 1859) rivojlana boshladi, deb hisoblanadi. Rossiyada 1-neft qudugʻi Kubanda 1864-yilda qazilgan. Neft sanoati Kanadada 1862-yildan, Venesuelada 1917-yildan, Eronda 1908-yildan paydo boʻlgan.
Oʻzbekistonda dastlabki neft koni 1904-yilda ochilgan (Fargona vodiysidagi Chimyon neft konida 278 m chuqurlikdan sutkasiga 130 t neft olingan). Oʻsha yili Vannovsk (hozirgi Oltiariq) temir yoʻl stansiyasida neftni kayta ishlash zavodi ishga tushirildi. Oʻzbekistonda neft sanoatining paydo boʻlishi shu sanadan boshlanadi. Keyinroq Fargona botigʻida Yorqoʻton, Selroxs konlari ham ochildi, Chimyon-Vannovsk neft quvuri qurildi, neftni qayta ishlash zavodi kengaytiriddi. Shu davrda rus va chet el kapitali neft qazib olish, uni qayta ishlash, neft mahsulotlarini sotishni toʻla oʻz nazoratiga oldi. "Santo" — Oʻrta Osiyo neft savdosi shirkati tashkil etildi. 1913-yilda jami 13 ming t neft qazib olindi. Oktabr toʻntarishidan keyin neft konlari va neftni qayta ishlash korxonalari natsionalizatsiya qilinib, neft konlarini izlash, ishga tushirish ham shoʻrolar hokimiyati ix-tiyoriga oʻtkaziddi. Oʻzbekistonga boshqa respublikalardan, ayniqsa, Rossiyadan koʻplab mutaxassislar kela boshladi. Qoʻqon shahrida "Oʻzbekneft" (1924), Termiz shahrida "Termizneft" (1936) trestlari tashkil qilindi. Qoʻqon neft texnikumi (1935) ochildi. Urushgacha boʻlgan davrda Surxondaryo viloyatida ham neft konlari ochildi va ishga tushirildi (1935; Uchqizil, Xavdag). 1940-yilda mamlakatda neft olinadigan konlar soni 11 taga yetkazildi. Gaz sanoati - yer bagʻridan tabiiy gaz chiqarish, qattiq va suyuq yoqilgʻilardan sunʼiy gaz olish, aholi va sanoat taʼminoti uchun quvurlardan gaz yuborish hamda gazdan kimyoviy mahsulotlar olish sanoati. Gazning asosiy turi yer bagrining 200–7000 m chuqurlikdagi gʻovak jinslarida boʻladigan yonuvchi tabiiy gazdir. Uning tarkibi metan (SN4)dan iborat. 1 m3 tabiiy gaz 8000—8500 kkal issiqlik beradi. Neft tarkibidan ajralgan gazlar ham boʻladi, ular neft konlaridan neft bilan birga chiqadi. Bunday gazlardan 10000 kkal/m3 gacha issiqlik ajraladi. Sunʼiy gazlar qattiq va suyuq yoqilgʻini termik yoʻl bilan qayta ishlash hamda koʻmirni yer ostida gazga aylantirish natijasida hosil qilinadi. Generator gazi, koks gazi kabilar sunʼiy gazlar hisoblanadi. Generator gazining 1 m3 1000—1050 kkal issiqlik beradi. Gaz yoqilgʻisi isteʼmolchilarga magistral gaz quvurlari, gazni maʼlum bosimda uzatadigan murakkab kompressor st-yalari va yer osti gaz omborlari vositasida yetkaziladi.
Gaz sanoati dastlab XX asrning oxiri – XX asr boshlarida Buyuk Britaniya, Fransiya, Belgiya kabi davlatlarda toshkoʻmirdan olingan gazdan shaharni yoritish maqsadida foydalanish yoʻlga qoʻyilgandan boshlab shakllana boshladi. Keyinchalik XX asrning 2-yarmida kumirdan gaz oluvchi qurilma - gaz generatori yaratildi. Bundan tashqari XX asrning 20-yillarigacha neft gazlaridan ham foydalanib kelindi. Lekin bu davrgacha hali tabiiy gaz zaxiralari aniqlanmagan, ulardan foydalanilmas edi.
Tabiiy gaz zaxiralari topilgach, uning afzalliklari (boshqa yoqilgʻi turlariga nisbatan tabiiy gazni qazib olish osonligi va arzonligi, texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishning qulayligi, mehnat sharoitini yengillatishi va b.) Gaz sanoati- ning tez surʼatlar bilan taraqqiy etishiga olib keldi. Shuning uchun gaz konlarini topish va ularni ishga tushirish ishlariga katta ahamiyat berildi.
Dunyodagi gazning geologik zaxirasi 150-170 trillion m3 ga yetadi. Ammo uning mintaqalar boʻylab taqsimlanishi turlicha boʻlganligi bois Gaz sanoatning dunyo mamlakatlardagi rivoji ham turlichadir.
Oʻzbekistonda tabiiy (neft bilan chiqadigan) gaz 1932-yildan olina boshladi, lekin u vaqtda chiqarilgan tabiiy gazning miqdori juda ham oz edi (yiliga 0,7-3 mln. m3). Respublikada 50-yillar oxirigacha gazning yaxshi oʻrganilgan zaxirasi 24 mln. m3 ni tashkil etgan boʻlsa, 60-yillarga kelib qator gaz konlarining ochilishi va ishga tushirilishi bilan bu sohada tub burilish yasaldi. Kurs ishida respublikamizning neft va gaz sanoatiga batafsil ma`lumot beramiz.

Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling