Saidmurodova gavharning


Neft va tabiiy gaz ishlab chiqarish


Download 1.52 Mb.
bet6/11
Sana29.03.2023
Hajmi1.52 Mb.
#1306074
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Gavhar O`zb kurs ishi

Neft va tabiiy gaz ishlab chiqarish.

Sanoat mahsulotlari

2021- yil yanvar-mart

2022- yil yanvar-mart

Farqi +\-

Neft, ming t

195,9

183,1

- 12,8

Tabiiy gaz, mln. kub.m

13 843,4

13 672,0

- 171,4

Gaz kondensati, ming t

365,8

351,3

-14,5

2022- yilning yanvar-mart oylarida ishlab chiqaradigan sanoatda 288,6 ming tonna avtomobil benzini (2021- yilning yanvar-mart oylariga nisbatan 0,9 % ga kamaygan).


II.BOB.NEFT VA GAZ SANOATINING RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI
2.1. NEFT-GAZ VA ENERGETIKA TARMOG‘IDA HAMKORLIK ISTIQBOLLARI
Poytaxtimizdagi “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar majmuida “O‘zbekiston neft va gazi OGU -2018” hamda “Energetika, energiya tejamkorligi, energiyaning muqobil manbalari Power Uzbekistan - 2018” xalqaro ko‘rgazmalari ochildi.6
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi shafeligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi, “O‘zbekneftgaz”, “O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyatlari, Savdo-sanoat palatasi, “Iteca Exhibitions” xalqaro ko‘rgazma kompaniyasi hamkorligida tashkil etilgan ushbu tadbirlarda 20 dan ortiq xorij kompaniyalari, mahalliy korxonalar o‘z mahsulotlari va xizmatlari bilan qatnashmoqda. 
Mazkur yirik ko‘rgazmaning aynan O‘zbekistonda o‘tkazilishi ham bejiz emas. Zero, mamlakatimizda iqtisodiyotning barcha sohasi, xususan, neft-gaz, energetika tarmoqlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilib, bu borada xorijiy sarmoyadorlar bilan hamkorlikda qo‘shma korxonalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berilayapti. Bunday qulay muhit esa chet ellik ishbilarmonlarning o‘zbekistonlik tadbirkorlar bilan hamkorlikda ishlashga bo‘lgan qiziqishini tobora oshirayotir.
O‘zbekiston neft-gaz sanoati salohiyati yildan-yilga o‘sib borayapti, deydi Rossiyaning “Tatneft” kompaniyasi vakili Ruslan Usmanov. Buni mamlakatingiz gaz, polietilen va qayta ishlangan neft mahsulotlarining yirik eksportchisiga aylanganidan ham bilish mumkin. Kompaniyamiz neftni qazib olishdan tortib, undan turli mahsulotlarni ishlab chiqaradi. Ko‘rgazmada o‘zbekistonlik sheriklar bilan manfaatli kelishuvlarga erishdik. 
“Energetika, energiya tejamkorligi, energiyaning muqobil manbalari Power Uzbekistan - 2018” ko‘rgazmasi ham ko‘p tomonlama aloqalarni rivojlantirish uchun zarur muloqot maydoni yaratib berdi. Mazkur tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad ham elektr energetikasi sohasida foydalanishga mo‘ljallangan ilmiy ishlanmalar, sanoat uskunalarini, eng so‘nggi ilg‘or texnologik loyihalarni namoyish etish, tajriba almashish, korxonalar, tashkilotlar, firma va kompaniyalar o‘rtasidagi kooperatsiya aloqalarini yanada kengaytirish va shu orqali mamlakatimiz energetika sohasini yanada taraqqiy ettirishdan iboratdir.
Bu ko‘rgazmaning ilk ishtirokchisimiz, deydi Xotiyning “Honle” kompaniyasi vakili Gao Peng. Neft-gaz, energetika sohasida muhim voqea hisoblangan ushbu ko‘rgazma o‘zbekistonlik sheriklarimiz bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkonini berayotganidan g‘oyat mamnunmiz. Kompaniyamizda olti turdagi transformator ishlab chiqaramiz. Maqsadimiz O‘zbekiston energetika bozoridagi o‘rnimizni kengaytirish, yangi hamkorlar topish hamda foydali aloqalarni rivojlantirishdir.
Ko‘rgazma doirasida “Jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuv — O‘zbekiston neft-gaz tarmog‘i rivojidagi yangi yo‘nalish” mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazildi. Ko‘rgazmalarning ochilishida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari N. Otajonov so‘zga chiqdi. “O‘zbekneftgaz” AJ matbuot xizmatining xabar berishicha, joriy yilning sakkiz oyi davomida jamiyatning neft va gaz qazib chiqarish boshqarmalari va gazni qayta ishlash zavodi sanoat tarmoqlarining 14 ta yo‘nalishi bo‘yicha o‘z xizmatlarini ko‘rsatib kelmoqda. Mazkur davr ichida milliy valutada 689,2 mlrd so‘m, shu jumladan xorijiy valutada 22,7 mln dollarlik xizmatlar bajarilgan.O‘tgan yilning mos davriga nisbatan taqqoslanganda o‘sish sur'ati milliy valutada 55 mlrd so‘mni (+31%), xorijiy valutada esa 2,3 mln dollarni (+13,5%) tashkil etdi.
Xo‘sh, neft va gaz bozorining asosiy ishtirokchisi kimlarga xizmat ko‘rsatmoqda? “O‘zbekneftgaz” AJ respublika hududida xorijiy kapital ishtirokida faoliyat yuritayotgan kompaniyalar hamda qo‘shma korxonalarga o‘zining asosiy xizmatlarini ko‘rsatib kelmoqda.
Ular qatoridan:

  • Rossiya Federatsiyasining “Lukoyl” korxonasi (22,7 mln dollarlik);

  • “O‘zbekneftgaz” AJ va Shveytsariyaning “Gas Project Development” hamda “Altmax Holding” korxonalari ishtirokidagi “Natural Gaz Strim” qo‘shma korxonasi (153,7 mlrd so‘mlik);

  • AQShning “Epsilon Development Kompani” xorijiy korxonasi (190,9 mlrd so‘mlik);

  • “Nyu Silk Road” o‘zbek-xitoy qo‘shma korxonasi (48,7 mlrd so‘mlik);

  • “Gissarneftegaz” MChJ qo‘shma korxonasi (16,2 mlrd so‘mlik);

  • “Jizzax Petroleum” qo‘shma korxonasi (21,4 mlrd so‘mlik);

  • “Ko‘kdumaloq-gaz” o‘zbek-shveysariya-britaniya qo‘shma korxonasi (7,4 mlrd so‘mlik) va boshqa korxonalar (5,2 mlrd so‘mlik ) o‘rin olgan.

 O‘tgan sakkiz oy davomida “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan ko‘rsatilgan jami xizmatlarning korxonalar kesimidagi ulushlari quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘ldi:

  • Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga — 60,8 %;

  • Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga — 16,3%;

  • Muborak gazni qayta ishlash zavodiga —13,8%;

  • Ustyurt gaz qazib chiqarish boshqarmasiga — 9,3%.

Ko‘rsatilayotgan xizmatlar turi bo‘yicha esa tabiiy gazni qayta ishlash – 294,6 mlrd so‘m, suyultirilgan gaz, gaz kondensat va oltingugurt ishlab chiqarish – 98,2 mlrd so‘m, tabiiy gazni siqish (komprimirovaniye) – 108,9 mlrd so‘m, tabiiy gaz va gaz kondensatini tayyorlash – 82,8 mlrd so‘m, tashish xizmatlari – 62,6 mlrd so‘m hamda saqlash va yuklash – 35,8 mlrd so‘mni tashkil etdi.
2021-yilning yakuni bo‘yicha xizmat ko‘rsatish hajmlari 1,1 trln so‘mgacha yetkazilishi rejalashtirilmoqda, deyiladi matbuot xizmati xabarida. Yurtimizda neft va gaz sohasida hamkorlik jadal kechmoqda deb aytishimiz mumkun.

Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling