Saidqulov saidjon saidovich
Sug‘urta bozorini islom moliyasi qonunchiligi bilan boyitish ………..………27 II BOB. ISLOMIY SUG‘URTA – TAKOFULNING TASHKILIY HUQUQIY ASOSLARI
Download 78.42 Kb.
|
Titul NAMUNA
- Bu sahifa navigatsiya:
- XULOSA
1.3. Sug‘urta bozorini islom moliyasi qonunchiligi bilan boyitish ………..………27
II BOB. ISLOMIY SUG‘URTA – TAKOFULNING TASHKILIY HUQUQIY ASOSLARI 2.1. Islomiy sug‘urta – takofulning turlari …………..............................................38 2.2. Islomiy sug‘urta – takofulning modellari…………………..…………………45 2.3. Islomiy sug‘urta va an’anaviy sug‘urtaning o‘zaro nisbati….………..……….51 III BOB. ISLOMIY SUG‘URTA-TAKOFULNI HUQUQIY TARTIBGA SOLISHDA XORIJIY DAVLATLAR TAJTIBASI 3.1. Xorijiy davlatlarda islomiy sug‘urta – takofulni huquqiy tartibga solishning ayrim masalalari: Saudiya Arabistoni, Malayziya va BAA ………………………………………………………………………..…………...57 3.2. O‘zbekistonda islomiy sug‘urta bozorining shakllanish va rivojlanish muammolari.............................................................................................................65 XULOSA ……………………………………..……………………..……............72 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI..........................................75 KIRISH Dissertatsiya mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. Islomiy moliya tarmog‘i bugungi kunda jahonda jadal rivojlanib borayotgan va innovatsion moliyalashtirish mexanizmlarini o‘zida jamlagan sohalardan biri hisoblanadi. Bugungi kunda butun dunyo bo‘ylab islomiy banklar tashkil etilishi bilan islomning o‘ziga xos sug‘urta tizimiga ehtiyojning dolzarbligi ortib bormoqda, chunki banklar moliyalashtrishning qaytmasligi bilan bog‘liq xatarlardan sug‘urtalashning u yoki bu shakliga ehtiyoj sezib turadi. Shundan kelib chiqib dunyodagi ko‘pchilik musulmonlar istiqomat qiluvchi mamlakatlarning banklari takoful sug‘urta kompaniyalarining hissadorlari hisoblanadilar. Aholisining asosiy qismi musulmonlardan iborat bo‘lgan davlatlar uchun ushbu tarmoqni rivojlantirish, ayniqsa, dolzarb hisoblanadi. Shunday ekan, musulmon davlatlaridagi faoliyati islomiy moliyalashtirishga asoslangan mavjud sug‘urta kompaniyalari, investitsiya fondlari va kompaniyalar mablag‘larini O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash maqsadida jalb etish ayni muddaodir. Buning uchun albatta milliy sug‘urta tizimiga yangicha yondashuv bilan nazar solmoq lozim, ya’ni an’anaviy moliyalashtirish mexanizmlari bilan bir qatorda islom moliyasiga asoslangan sug‘urta mexanizmlarini joriy etish masalasi tadqiq etilishi muhim va dolzarb hisoblanadi. Mazkur tadqiqotning dolzarbligi O‘zbekistonda takoful - islomiy sug‘urtani joriy etish va rivojlantirish bo‘yicha ilmiy-uslubiy va amaliy takliflarni ishlab chiqishdan iborat. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tomonidan 2022 yil 28 yanvardagi “2022-2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF60-son Farmon imzolandi. Farmonda ijtimoiy sug‘urta tizimini yaratish, jumladan ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasini tashkil etish yuzasidan topshiriqlar berilishi sug‘urta bozorinini rivijlantirishni davlat darajasidagi ijtimoiy hamiyatini belgilab beradi.1 Jamiyatda qonun ustuvorligiga erishishni faqatgina davlat organlarining samarali ishlashi bilan ta‘minlab bo`lmaydi. Shuningdek, fuqarolarning qonunlarga o`z xohishi bilan rioya qilish ham muhimdir. Bu haqida respublikamiz prezidenti Sh.M.Mirziyoyev shunday degan edi: ”Haqiqatdan ham xalqimiz qonun buzilishiga qarshi qattiq turmas ekan, davlat idoralari, mansabdor shaxslar qanchalik urinmasin, qonun ustuvorligini ta’minlash qiyin bo‘ladi” 2. Islohotlarning uzviy davomi sifatida joriy yilning 20 aprelida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati to‘g‘risida”gi 1708 -son qonun imzolandi va shu kundan ushbu qonun kuchga kirdi.3 Quvonarli tomoni shundaki qabul qilingan qonunda mamlakatimiz qonunchiligida birinchi bor mikromoliya tashkilotlari islom moliyasi tamoyillariga muvofiq mikromoliyalashtirish faoliyati olib borishlari mumkinligi ko‘zda tutilgan. Download 78.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling