Saidqulov saidjon saidovich


Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati


Download 78.42 Kb.
bet6/8
Sana19.02.2023
Hajmi78.42 Kb.
#1214355
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Titul NAMUNA

Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati. Takofulni yangi moliyaviy instrument sifatida joriy kilishning ilgor xorijiy tajribaga asoslangan ustuvor vazifalarini aks ettiruvchi konstruktiv boskichlari ishlab chiqilgan; “takoful” iqtisodiy kategoriyasini uning genezisi, konseptual tamoyillari, tipologiyasini xisobga olgan xolda ushbu instrumentni oddiy aksiya va obligatsiyalardan farqli ravishda alohida turdagi qimmatli qogoz sifatida belgilash taklif etilgan; moliyaviy sektorlar o‘rtasidagi raqobatning ta’minlanishi va foydalanilmayotgan jamgarmalarning investitsiyaga transformatsiyalanishi orkali takoful rivojlanishining iqtisodiyotga ijobiy ta’siri asoslangan; riskning mavjudligi, faoliyat natijasida kuriladigan foydaga manfaatdor bulish va kupchilikning manfaati bir kishining manfaatidan ustunligi xususiyatlarini ochib berish orkali O‘zbekistonda takoful instrumentidan mushoraka, mudoraba, murobaxa, salam, istisno xamda ijara kelishuvlari tamoyillari asosida foydalanish taklif etilgan.
Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi. Ilmiy ishning tuzilishi va hajmi tadqiqot ishining maqsad va vazifalariga muvofiqdir. Mazkur dissertatsiya tarkibi kirish, sakkiz paragrafni o‘z ichiga olgan uch bob, xulosa vafoydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Dissertatsiya ishining umumiy hajmi 80 betni betni tashkil etadi.

I BOB. ISLOMIY SUG‘URTA – TAKOFULNI HUQUQIY TARTIBGA SOLISHNING UMUMIY TASNIFI

    1. Islomiy moliyalashtirish tizimida takofulning tutgan o‘rni, rivojlanish yo‘nalishlari va hozirgi holati

Sug‘urta mamlakat moliya tizimining eng muhim unsurlaridan biri hisoblanadi. Hozirgi kunda ko‘plab mamlakatlar shu jumladan yurtimizda amalda bo‘lib kelayotgan an’anaviy sug‘urta tizimi o‘zida ribo (foiz), garar (noaniqlik), va maysir (qimor) elementlarinining mavjudligi musulmonlarning diniy aqidalariga to‘g‘ri kelmaydi.
Islom sug‘urtasi hisoblangan takaful islom moliyasida muhim rivojlanayotgan sektordir asosiy bozorlarda, shu jumladan, doimiy o‘sishni namoyish etgan sanoat Fors ko‘rfazi hamkorlik kengashi va Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlarida muntazam rivojlanish ko‘rsatkichlarini namoyon etib kelayotgan sanoat tarmog‘idir1.
U muqobil taklif o‘z ichiga olganligi sababli shariat taqiqlagan an‘anaviy sug‘urtaga sezilarli noaniqlik (garar), qimor va riba (sudxo‘rlik) xususiyatlarini o‘zida namoyon etmaydi. Aksincha, takaful o‘zaro yordam (ta‘avun), o‘zaro xavfsizlik va kafolat (tadamun), o‘zaro himoya va kafolat (takaful) tushunchalariga asoslanadi2.
Islomda sug‘urtaning kelib chiqishini aniq aniqlash qiyin. Biroq, bugungi kunda sug‘urta shartnomasining xususiyatidan kelib chiqib aytish mumkinki, sug‘urta operatsiyalari Muqaddas Payg‘ambar Muhammad (SAV) davridan beri amal qilingan edi. Musulmon dunyosida sug‘urta asta-sekin rivojlangan o‘n to‘qqizinchi asr Hanafiy yuristi Ibn Obidin (1784-1836)3 birinchi bo‘lib sug‘urtaning mazmuni, tushunchasini ilgari surgan.
Islomiy sug‘urtaning rivojlanishini besh davrga turkumlash mumkin:

  • qadimgi Arab qabilalari orasida Aqila ta’limotining rivojlanishi

XULOSA
Mamlakatimiz sug‘urta bozorini rivojlangan mamlakatlar darajasiga yetkazishning eng muhim va asosiy omillaridan biri bu, O‘zbekistonda xorijiy mamlakatlar tajribasidan kelib chiqqan holda sug‘urtaning turli shakllari va mexanizmlaridan foydalangan holda iqtisodiyotni rivojlantirish lozim. Bugungi kunda dunyo bo‘ylab rivojlanib borayotgan islom moliyasi va islomiy sug‘urta bo‘lgan takafulni joriy etish O‘zbekiston sug‘urta bozorining rivojlanishi uchun ahamiyatli hisoblanadi.
Bunda ayniqsa Malayziya, Singapur , BAA kabi davlatlar tajribasini o‘rgangan holda takaful sug‘urtani joriy etish va bunda davlatning tashabbuskorligidan foydalanish sug‘urta sohasidagi bugungi kunning dolzarb masalasidir. Mamlakatda o‘zaro islomiy sug‘urtani joriy etish uchun avvalambor uning huquqiy ta’minotini yo‘lga qo‘yish, takaful sug‘urtani rivojlantirish maqsadida ushbu sohaga taalluqli imtiyoz va preferensiyalarni taqdim etish zarur deb hisoblaymiz. Shunday holatda takaful sug‘urta, sug‘urtaning alohida shakli sifatida tijorat sug‘urtasi bilan parallel ravishda rivojlanadi va ko‘p sonli potensial sug‘urtalanuvchilarni sug‘urtaga jalb etish barobarida fuqarolarning moddiy farovonligini oshishida, ularning tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq tavakkalchiliklarini kafolatlashda, korxona va tashkilotlarning barqaror faoliyat ko‘rsatishida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
Sug‘urta bozori holati va sug‘urta xizmatlariga bo‘lgan talab iqtisodiyotning ahvolini aks ettiradi. Ma’lumki, sug‘urta bozori keng qamrovli tushunchadir. U o‘z ichiga sug‘urta shartnomasining tuzilishidan, uning tugashigacha bo‘lgan muddatni qamrab oladi. O‘zbekistonda sug‘urta bozorini davlat tomonidan tartibga solish maqsadlari, vazifalari va yo‘nalshilari quyidagilardan iborat.
Maqsadlari: fuqarolaning va davlatning sug‘urta xizmatlariga bo‘lgan talablarini maksimal darajada qondirish. Bunda islomiy tamoyillarga asoslangan sug‘urta tizimining yaratilishi muhim ahamiyatga egadir. Chunki islomiy qadriyatlarga asoslanib hayot kechiruvchi aholining sug‘urta ehtiyojini qondirish ham mamlakat iqtisodiyotining sug‘urta qudratini oshiradi.
O‘zbekistonda sug‘urta bozorining rivojlanishini va takomillashishini jaddalashtirishga zamin yaratish lozim. Ushbu maqsadlarga erishish uchun O‘zbekistonda sug‘urtaning xilma-xil turlaridan foydalanish va sug‘urta bozorini islomiy sug‘urta – takoful kabi instrumentlardan foydalanish lozim.
Buning uchun O‘zbekistonda sug‘urta faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilikni yanada shakllantirish va takomillashtirish islomiy sug‘urta – takofulni qayta sug‘urtaga va o‘zaro sug‘urtaga joriy etish;
O‘zbekistonda sug‘urta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solinish normativ huquqiy bazasini yanada rivojlantirish (xususan sug‘urta kompaniyalami investitsion faoliyati va O‘zbekiston Respublikasida islomiy sug‘urta kompaniyalari faoliyat olib borishi to‘g‘risida);
Sug‘urta rivojlanishini soliq qonunchiligi yo‘li bilan rag‘batlantirish;
O‘zbekiston Respublikasida sug‘urta bozori infratuzilmasini tezlashgan holda shakllantirish.
Respublikamizda sug‘urta bozorini davlat tomonidan tartibga solish asosiy yo‘nalish esa - respublikada sug‘urta bozorini rivojlanishini yanada jaddalashtirishdir. Sug‘urta faolivatini davlat tomonidan tartibga solishning yagona davlat siyosatini belgilashda asosan quyidagilami amalga oshirish lozim:
Sug‘urta munosabatlarini tartibga soluvchi amaldagi qonunchilik va sug‘urtaviy huquq tizimini shakllantirishni takomillashtirish;
O‘zbekiston hududida sug‘urta tashkilotlarini nazorat qilish tamoyillarini tartibga solish va takomillashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish: islomiy sug‘urta sohasida fuqarolar, tashkilotlar va davlat manfaatlarini sug‘urtaviy himoyalashning normativ huquqiy bazasini rivojlantirish.
Aholining keng qatlami va turli xil mulkchilik shakldagi tashkilotlami sug‘urtaga jalb qilishni rag‘batlantiruvchi sharoitlarini yaratish maqsadida qo‘yidagi ishlami amalga oshirish kerak: tibbiy sug‘urta, uzoq muddatli yig‘ilib boruvchi hayot sug‘urtasi. pensiya sug‘urtasini rivojlantirish uchun meyoriy huquqiy bazasini shakllantirish; yuqorida aytib o‘tilgan sug‘urta turlarini soliq qonunchiligi bilan rag‘batlantirish; mablag‘lami joylashtirish uchun qushimcha kafolatlash o‘tkaziladigan sug‘urta muomalalarining rentabelligini oshirish maqsadida sug‘urta tashkilotlarining akumilyasivalanadi mablag‘larini investitsiva qilishning samarali shakllarini ishlab chiqish. Sug‘urta bozorining infratuzilmasini shakllantirish borasida esa quyidagi ishlami amalga oshirish taqozo etiladi:
• milliy sug‘urta bozorini rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga oluvchi kadrlami tayyorlash va qayta tayvorlash, o‘quv dasturlarining yagona tizimini yaratish:
• sug‘urta muammolari jarayoniga tasir etuvchi va fuqarolar ham mulkchilikning barcha shaklidan qat’iy nazar yuridik shaxslar manfaatlarini aks ettiruvchi davlat sug‘urta siyosatini amalga oshirishga vordam beruvchi yoki yo‘naltiruvchi institutlami rivojlantirishga yordam berish. Sug‘urta faoliyatini davlat tomonidan boshqarish jarayoni o‘z ichiga bir qator harakatlami qamrab oladi:
• sug‘urta tashkilotlarining faoliyatini tartibga soluvchi me'yoriy-huquqiy bazani tashkil qilish; - sug‘urta bozorining professional ishtirokchilarini tanlash, modomiki, sug‘urta kompaniyasi va sug‘urta brokerini o‘mini har qanday tashkilot yoki shaxs egallav olmaydi (litsenziyalash orqali);
• sug‘urta bozorining barcha ishtirokchilari (shu jumladan sug‘urta tashkilotlari) tomonidan harakat qilish normalari va qoidalarini bajarilishini nazorat qilish: - o‘matilgan tartib va qoidalami bajarilmasligi yoki bajarishdan bosh tortishda sanksiyalar tizimini qo‘llash. Bugungi kunda sug‘urta faoliyatini davlat tomonidan boshqarish jarayonining huquqiy asoslari yaratilgan bo‘Isada. sug‘urta nazorati xodimlariga professional bilim va malakaga talablari o‘matilmagan va xaligacha sug‘urta faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish faoliyatini tashkil etish bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqilmagan.
O‘zbekistonda sug‘urta faoliyatini tartibga solishni yanada rivojlantirish va takomillashtirish maqsadida quyidagi takliflar tavsiya qilinadi:
1. O‘zbekistonda sug‘urta faoliyatini tartibga solishda chet el tajribasidan kelib chiqqan holda. sug‘urta faoliyatini tartibga solishni uslubiy tizimini ishlab chiqish va tadbiq etish kerak.
2. Chet el tajribalari asosida 0 ‘zbekistonda sug‘urta faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish faoliyatini avtomatlashtirish va kompyuter dasturlarini joriy etish lozim. 3. Sug‘urta nazorati xodimlariga professional bilim va malakaga standart talablarini o‘rnatish hamda ulami faoliyatini tashkil etish bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqish lozim.
4. Sug‘urta nazorati xodimlari sug‘urta bozomi tartibga solish va nazorat qilish bo‘yicha malakasini oshirish va ulami qayta tayyorlash bo‘yicha doimiy faoliyat ko‘rsatadigan ixtisoslashtirilgan kurslami tashkil etish.
5. Sug‘urta nazorati xodimlari sug‘urta bozomi tartibga solish va nazorat qilish faoliyatini amalga oshirishida obyektivlikni ta‘minlash.


Download 78.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling