Saidqulov saidjon saidovich


Tadqiqotning ilmiy yangiligi


Download 78.42 Kb.
bet5/8
Sana19.02.2023
Hajmi78.42 Kb.
#1214355
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Titul NAMUNA

Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Islom moliyasining moxiyati va uning zamonaviy moliyaviy instrumentlariga oid ilmiy yondashuvlarni tadqiq etish xamda takofulning ishlash mexanizmi va tipologiyasining ilmiy asoslarini ochib berish bugungi kunning dolzarb masalalaridan hisoblanadi. Sug‘urta bozorida takofulning iqtisodiy kategoriya sifatidagi mazmuni va uning roliga oid ilmiy-nazariy qarashlarini yoritib berishda bugungi kun qonunchiligi asosida o‘rganildi
Sug‘urta bozorida takofulning rivojlanishi va zamonaviy xolatini baxolash; takoful moliyaviy instrumentining iqtisodiyot taraqqiiyotiga ta’sirini ekonometrik taxlillar orqali asoslash; xalkaro tajribada takofulni joriy etishning ilgor mexanizmini tadqiq qilish va uziga xos xususiyatlarini aniqlash masalalari yoritildi.
O‘zbekiston iqtisodiyotiga takofulni joriy qilishning tashkiliy-huquqiy asoslarini taxlil qilish va O‘zbekiston iqtisodiyotiga takofulnini joriy etish va rivojlantirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. O‘zbekistonda takoful instrumentidan mushoraka, mudoraba, murobaxa, salam, istisno xamda ijara kelishuvlari tamoyillari asosida foydalanish taklif etilgan.
Takofulni yangi moliyaviy instrument sifatida joriy qilishning ilgor xorijiy tajribaga asoslangan ustuvor vazifalarini aks ettiruvchi konstruktiv bosqichlari ishlab chiqilishi lozim.
Tadqiqot mavzusining o‘rganilganlik darajasi. Mazkur tadqiqot ishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining amaldagi normativ-huquqiy hujjatlari, xorijiy davlatlar qonunchilik normalari, statistik ma’lumotlar, huquqni qo‘llash amaliyotini tadqiq etish bilan bir qatorda islom moliyasi olimlaridan B.Jurayev1,
E.Ortikov E.A.Baydaulet2, Ibrahim Warde3, Charilaos Mertzanis4, Dragon YongjunTang Yupu Zhang1, Bekkin R.I2, Isxakov I.R3, Kuznesova T4, Z.Iqbal5, A.Mirakhor6, A.Alamasi,7
Tadqiqotning usullari. Mazkur tadqiqot ishida qator metodlar, xususan umumiy metodlardan induksiya va deduksiya, analiz va sintez, mantiqiy metod, statistik kabi metodlardan, shuningdek maxsus-yuridik metodlardan qiyosiy-huquqiy tahlil metodi, tizimli-funksional metod, formal-mantiqiy metodlardan foydalanilgan.

Download 78.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling