Saidqulov saidjon saidovich
Tadqiqotning obyekti va predmeti
Download 78.42 Kb.
|
Titul NAMUNA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqot ishida belgilangan maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar qo‘yilgan
Tadqiqotning obyekti va predmeti sifatida jahon sug‘urta bozorlaridagi takoful moliyaviy instrumenti olingan. Takofulni joriy etish va rivojlantirish jarayonida yuzaga keluvchi iqtisodiy munosabatlar xisoblanadi.
Tadqiqotning maqsadi va vazifalari: Islom moliyasining moxiyati va uning zamonaviy moliyaviy instrumentlariga oid ilmiy yondashuvlarni tadqiq etish xamda takofulning ishlash mexanizmi va tipologiyasining ilmiy asoslarini ochib berish; sug‘urta bozorida takofulning iqtisodiy kategoriya sifatidagi mazmuni va uning roliga oid ilmiy-nazariy qarashlarini yoritib berish; sug‘urta bozorida takofulning rivojlanishi va zamonaviy xolatini baxolash; takoful moliyaviy instrumentining iqtisodiyot taraqqiiyotiga ta’sirini ekonometrik taxlillar orqali asoslash; xalkaro tajribada takofulni joriy etishning ilgor mexanizmini tadqiq qilish va uziga xos xususiyatlarini aniqlash; O‘zbekiston iqtisodiyotiga takofulni joriy kilishning tashkiliy-huquqiy asoslarini taxlil qilish; O‘zbekiston iqtisodiyotiga takofulnini joriy etish va rivojlantirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish. O‘zbekistonda islom bank ishini joriy etish masalalari quyidagilardan iborat: • foiz (ribo) ko‘rinishidagi mukofotni taqiqlash, tadbirkor bilan loyihadagi ulushga mos ravishda foyda va zararni bo‘lishi kabi islom bank ishi va moliyasi tamoyillarini joriy etish uchun infratuzilmalarni yaratish; • islomiy moliyalashtirish tamoyillari asosidagi sug‘urta faoliyati - takofulni amalga oshirish bo‘yicha normativ-huquqiy aktlarni ishlab chiqish. Tadqiqot ishida belgilangan maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar qo‘yilgan: islom moliyasi tushunchasi va uni tavsiflovchi jihatlarini ochib berish; islomiy sug‘urta-takofulni joriy qilishning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatini yoritish; sug‘urta bozorini islom moliyasi qonunchiligi bilan boyitish mexanizmlarini qonunchilikka taklif berish; sug‘urta bozorida ehtiyojni aniqlash va isbotlash muammolarini yoritish; takaful sug‘urtalovchisining to‘lov qobiliyatini nazorat qilish xavfini yoritish; milliy sug‘urta bozorida takoful sug‘urta operatsiyalarini samarali tashkil etish va uning faoliyatini rivojlantirish istiqbollarini belgilash; Download 78.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling