Saitkamolov muxammadxo‘ja sobirxo‘ja o‘G‘li o‘zbekiston respublikasi issiqlik energetikasi korxonalarini barqaror rivojlantirish strategiyasini takomillashtirish


-rasm. O‘zbekiston Respublikasida elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmining prognoz qiymatlari (mlrd.kVt.soat)45


Download 1.14 Mb.
bet20/41
Sana17.06.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1528302
TuriReferat
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   41
Bog'liq
Dsc Автореферат Саиткамолов М С 8 05 23 lotin

6-rasm. O‘zbekiston Respublikasida elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmining prognoz qiymatlari (mlrd.kVt.soat)45
6-rasmdagi grafikdan ko‘rishimiz mumkinki, hisobga olingan omillar asosida elektr energiyasi hajmi 2027 yilda 76,96 mlrd.kVt.soatga yetadi va 2021 yildagi 70,1 mlrd.kVt.soatga nisbatan qariyb 7 mlrd.kVt.soatga ko‘proq bo‘ladi hamda buning natijasida 109,56%ga ortishi aniqlandi. Lekin buning uchun qo‘shimcha tarzda yangi energiya ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish va energiya samaradorligini yildan yilga yanada oshirish talab etiladi. Buning uchun tarmoqqa zamonaviy innovatsion texnologiyalar va yangi uslubiyotlarni joriy qilish maqsadga muvofiq. Shu bilan birga energetika tarmog‘ining mavjud quvvatlarini modernizatsiya qilish va yangi quvvatlarni ishga tushirish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
XULOSA

  1. Barqaror rivojlanish bu nisbiy tushuncha bo‘lib adabiyotlar tahlili va iqtisodchi olimlar fikrlari asosida mualliflik ta’rifi shakllantirildi. Bizning fikrimizcha, “Barqaror rivojlanish – bu energetika tizimidagi korxonalarning rivojlanishiga teng ta’sir ko‘rsatuvchi ekologik, iqtisodiy, ijtimoiy, texnik, texnologik va siyosiy jihatlar o‘rtasidagi muvozanat va mutanosiblikni saqlashdir”

  2. Issiqlik energetikasi sanoatini barqaror rivojlantirish tamoyillariga quyidagilar kiradi:

  • o‘zaro bog‘liqlik tamoyili – o‘zaro bog‘liq miqdoriy va sifat o‘zgarishlarini amalga oshirish;

  • ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlari o‘rtasidagi bog‘liqlik tamoyili - mehnatning foydali natijalarini tanlash;

  • innovatsiyaviylik tamoyili – sanoatning o‘zini o‘zi manbai sifatida rivojlantirish;

  • ekologik tozalik tamoyili – atrof-muhit va resurslarni saqlash;

  • rivojlanish xavfsizligi tamoyili – tashqi va ichki muhitning salbiy ta’siriga qarshi kurashishi;

  • o‘zini-o‘zi nazorat qilish tamoyili – o‘z faoliyatini tekshirish.

  1. Hozirgi kungacha barqaror rivojlanishning ko‘plab turli baholash mexanizmlari ishlab chiqilgan. Ta’kidlash joizki, bunday ko‘rsatkichlarning bir nechta to‘plami mavjud bo‘lib, ularning har biri o‘ziga xos xususiyatlarga ega hamda turli maqsadlar uchun xizmat qiladi:

  • Barqaror rivojlanishni kuzatishga yordam beradigan asosiy ekologik ko‘rsatkichlar va ularning tarkibidagi atrof-muhitni muhofaza qilish tadbirlari hamda ekologik siyosat olib borish;

  • ko‘proq umumiy tahliliy maqsadlarga qaratilgan asosiy ko‘rsatkichlarning tor majmui (taxminan 10 ko‘rsatkich)ni tashkil etuvchi asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar. Ular barqaror rivojlantirish uchun asosiy yo‘nalish bo‘lib xizmat qiladi;

  1. Yаqin vaqt oralig‘ida va undan keyingi davrda jahon energetikasi rivojlanishining borishiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan voqealar tarkibi shakllantirildi. U o‘z ichiga 2019-2100 yillar oralig‘ida amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar ketma-ketligi tuzilgan.


  1. Xalqaro miqyosda kogeneratsiya jarayoni asosida mini va mikro-IESlarni faoliyatini yo‘lga qo‘yish tajribalari tahlil qilingan. Bunda AQSH, Xitoy, Germaniya, Daniya va Finlyandiya mamlakatlari misolida issiqlik energetikasini rivojlantirish yo‘nalishlari keltirilgan.

  2. Kogeneratsion qurilmalarni gaz dvigatellari asosidagi mini-IEMlardagi mavjud energetika tizimiga oson va arzon narxlarda birlashtirish mumkin. Gazni yoqish jarayonida mexanik energiya ajralib chiqadi, u generator tomonidan elektr energiyasiga aylanadi. Dvigateldan issiqlik energiyasi issiqlik almashinish jarayonlari ilmiy asoslangan.

  3. Trigeneratsiya jarayonini qo‘llash kogeneratsiyaga nisbatan yanada samaraliroq bo‘ladi, chunki u qayta ishlangan issiqlikni nafaqat qish mavsumlarida isitish uchun, balki yozda ham binolarni konditsionerlash yoki texnologik ehtiyojlar uchun samarali ishlatishga imkon beradi. Buning uchun absorbsion litiy bromli sovutgich qurilmalardan foydalaniladi. Bunday yondashuv ishlab chiqaruvchi blokdan butun yil davomida to‘liq foydalanishga imkon beradi va shu bilan birga elektr energiyasiga bo‘lgan yuqori talabni kamaytirmaydi. Yozgi mavsumda elektr stansiyasining foydali ish koeffitsiyenti oshadi, chunki hosil bo‘lgan issiqlikka ehtiyoj kamayganda uni sovutish bilan samarali foydalanishga imkon beradi.

  4. Tannarx tarkibida xarajatlarning yarmidan ko‘pi yoqilg‘i narxiga teng. 270 kubometr 1 MVt soatiga bo‘lganda, masalan, kubometr uchun 380 so‘m va yiliga o‘rtacha 8200 soat – bu taxminan 881,83 mln. so‘mni tashkil qiladi. Xizmat, xodimlar, soliqlar, neft va boshqalar ham bir xil bo‘lsa, garchi tajribada kamroq. Yakunda 1500 mln. so‘m olinadi. Tashqi tarif 450 so‘m/kVt.soat bo‘lsa iqtisodiy samara elektr energiyasi uchun uchun taxminan 2190 mln. so‘mni tejash mumkin. Kattaroq stansiyada samara ko‘proq bo‘ladi.

  5. Energiyadan foydalanishda odatiy tartibni tiklashga imkon beradigan arzon xarajatlarga tashkiliy va texnik chora-tadbirlar eng qisqa vaqt ichida 10-15% gacha energiya tejash imkonini beradi. Keyingi o‘rinda kichik investitsiyalar va qisqa muddatli xarajatlarni qoplash bilan bog‘liq. Yuqori moliyaviy xarajatlar va qoplash muddati 5-8 yildan ortiq bo‘lgan loyihalarni amalga oshirish keyingi davrga qoldiriladi va kapital ta’mirlashni rejalashtirishda hisobga olinadi. Tadbirni joriy qilingandan so‘ng yillik foyda balansining qo‘shimcha o‘sishi 2 455 603,6 ming so‘mga oshadi. Investitsiyalarning qoplanish muddati energobloklar ishga tushgandan so‘ng, 8,11 yilga yoki 2960,15 kunga teng bo‘ladi.

  6. O‘zbekiston Respublikasida elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmining 2010-2022 yillardagi haqiqiy va 2023-2027 yillarga prognoz qiymatlari hisoblab chiqildi. Buning natijasida hisobga olingan omillar asosida elektr energiyasi hajmi 2027 yilda 76,96 mlrd.kVt.soatga etadi va 2021 yildagi 70,1 mlrd.kVt.soatga nisbatan qariyb 7 mlrd.kVt.soatga ko‘proq bo‘ladi hamda buning natijasida 109,78%ga ortishi aniqlandi. Lekin buning uchun qo‘shimcha tarzda yangi energiya ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish va energiya samaradorligini yildan yilga yanada oshirish talab etiladi.


Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling