Saitkamolov muxammadxo‘ja sobirxo‘ja o‘G‘li o‘zbekiston respublikasi issiqlik energetikasi korxonalarini barqaror rivojlantirish strategiyasini takomillashtirish


Download 1.14 Mb.
bet18/41
Sana17.06.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1528302
TuriReferat
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   41
Bog'liq
Dsc Автореферат Саиткамолов М С 8 05 23 lotin

T/r

Ko‘rsatkich

O‘lchov birligi

Shartli tavsiflanishi

Ko‘rsatkich qiymati

1.



Nominal quvvat:

Elektr

MVt

Nnom

450

2.



Yillik yetkazib beriladigan energiya:

Elektr

mln.kVt.soat

Wet

1088,24

3.



Xususiy ehtiyojlar uchun elektr energiya sarfi:

Elektr

mln.kVt.soat

Wxe

165,992

4.

Yillik yoqilg‘i sarfi

ming t.sh.yo.

β

465,13

5.



Energiyani yetkazib berish uchun shartli yoqilg‘i sarfi:

Elektr

g/(kVt.soat)

vel

365,55

6.



Energiyani yetkazib berish uchun zaxira manbalaridagi shartli yoqilg‘i sarfi:

Elektr

g/(kVt.soat)

vzax.el

0

7.



Belgilangan quvvatdan foydalanish koeffitsiyenti:

Elektr

%

kel

37,21

8.



Xususiy ehtiyojlar uchun sarfning koeffitsiyenti:

Elektr

%

bxe.el

12,96

9.



Tarmoqda energiyaning yo‘qotilish koeffitsiyenti:

Elektr

-

βel

0,1

10.



1 t shartli yoqilg‘ining narxi:

Elektr

ming so‘m/t.sh.yo.

Ny

657,4

11.



Energiyani yetkazib berishning o‘rtacha tarifi:

Elektr

so‘m/kVt.soat

Tel

351,07

12.

Ushlanmalar va soliqlar foizi

%

γ

15

Yuqoridagi 10-jadvaldagi ma’lumotlar “Angren IES” AJda 2021 yil yakunlari bo‘yicha texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarning kerakli bo‘lgan ko‘rsatkichlari asosida tuzilib chiqilgan, unga ko‘ra yillik yetkazib beriladigan elektr energiya 1088,24 mln.kVt.soatga teng bo‘lmoqda.
Energiyani yetkazib berish uchun shartli yoqilg‘i sarfi yiliga 365,55 g/(kVt.soat)ni ko‘rsatib turibdi. Tarmoqda energiyaning yo‘qotilish koeffitsiyenti doimiy holatda 0,1 ga teng qilib olinadi. Soliqlar asosan aksiyadorlik jamiyatlarida foyda solig‘i 15 %ni tashkil etishi mamlaktimizdagi me’yoriy hujjatlarda aks ettirilgan.
11-jadval
Xususiy ehtiyojlar uchun elektr energiya sarfini pasaytirish bo‘yicha natijalar38

T/r

Ko‘rsatkich

O‘lchov birligi

Shartli tavsiflanishi

Ko‘rsatkich-ning qiymati

1.

Xususiy ehtiyojlar uchun elektr energiya sarfini pasaytirish:

Tadbir o‘tkazilgunga qadar

mln.kVt.soat

Wxe1

165,992

Tadbir o‘tkazilgandan so‘ng

mln.kVt.soat

Wxe2

149,393

2.

Tadbirni amalga oshirish uchun investitsiyalar

ming so‘m

Ki

11 000 000

3.

Tadbirni amalga oshirish uchun umumiy ekspluatatsion xarajatlar

ming so‘m/yil

ΔUsum

1 100 000

Jumladan amortizatsion ushlanmalar

ming so‘m/yil

ΔUam

1 100 000

Yuqoridagi 11-jadvaldan ko‘rinib turibdiki, tadbir o‘tkazilgunga qadar 165,992 mln.kVt.soat elektr energiya sarflangan. Tadbir o‘tkazilgandan so‘ng 149,393 mln.kVt.soat elektr energiya sarflanishi aniqlandi. Tadbirni amalga oshirish uchun 11 mlrd. so‘m investitsiyalar ajratilishi zarur deb hisoblaymiz, shu mablag‘larni kiritish orqali mavjud holatning yaxshilanishiga erishish mumkin.
12-jadval
Yillik foyda balansi o‘sishining hisobi39

T/r

Ko‘rsatkich

O‘lchov birligi

Shartli tavsiflanishi

Ko‘rsatkich qiymati

1.

Shartli yoqilg‘i iqtisodi

t.sh.yo.

ΔV= vel(Wxe1-Wxe2)

6 067,26

2.

Iqtisod qilingan yoqilg‘i narxi

ming so‘m

ΔSy=ΔV*Ny

3 988 945,42

3.

Yillik foyda balansi o‘sishi

ming so‘m

ΔFb=ΔSy-ΔUsum

2 888 945,42

12-jadvalga ko‘ra yillik foyda balansining o‘sishi shartili yoqilg‘i iqtisodi bilan uzviy bog‘liqdir. Unga ko‘ra investitsiyalarni kerakli tadbirni amalga oshirish uchun kiritsak 6 067,26 t.sh.yo. iqtisod qilinadi.
bunda, ΔSy – iqtisod qilingan yoqilg‘i narxi;
ΔFs – soliqlarni chiqarib tashlagan holda yillik sof foydanning o‘sishi;
Tq – tadbirni amalga oshirish uchun bir martalik xarajatlarning qoplanish vaqti.
13-jadval
Iqtisodiy samaradorlikning hisobi40

T/r

Ko‘rsatkich

Ko‘rsatkichning qiymati

O‘lchov birligi

1.

Yillik foyda balansi qo‘shimcha o‘sishi

ΔFs=ΔFb(1-γ/100)

2 455 603,6

ming so‘m

2.

Tadbirni amalga oshirish uchun bir martalik xarajatlarning qoplanish vaqti

Tq = Ki/(ΔFs-ΔUam)

8,11

yil







2960,15

kun

13-jadvalga ko‘ra tadbirni joriy qilingandan so‘ng yillik foyda balansining qo‘shimcha o‘sishi 2 455 603,6 ming so‘mga oshadi. Investitsiyalarning qoplanish muddati energobloklar ishga tushgandan so‘ng, 8,11 yilga yoki 2960,15 kunga teng bo‘ladi.
Dissertatsiyada taklif etilayotgan energoaudit metodologiyasi asosida energiya ishlab chiqaruvchi korxonalarning energiya samaradorligini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi ishlab chiqilgan bo‘lib, u mobil energiya xizmati guruhidan foydalangan holda amalga oshirildi, bu -rasmda ko‘rsatilgan.
5-rasmdagi raqamlar quyidagilarni bildiradi:

  1. – energiyani tejash bo‘yicha davlat tomonidan mexanizmning turli ishtirokchilarga yo‘naltirilgan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari;

  2. – energoaudit korxonalari va mobil energiya xizmati guruhi tomonidan energoaudit jarayonlari amalga oshiriladi, buning natijasida o‘rganilayotgan obyekt energetik pasportga ega bo‘ladi;

3 – jalb qilingan mutaxassislar (ilmiy-tadqiqot institutlari, universitetlar, kichik innovatsion korxonalar, energota’mirlash korxonalari, energiya tejamkor uskuna ishlab chiqaruvchilar);

  1. – mexanizm ishtirokchilari o‘rtasida mablag‘larni taqsimlash oqimlari;

5 – energiya resurslarini tejash fondini taqsimlash komissiyasining qarorlari.

5-rasm. Energetika korxonasini barqaror rivojlantirishda mobil energo xizmat guruhi tomonidan energotejamkorlik sohasidagi mexanizm blok-sxemasi41
Ushbu mexanizmda energiya tejash biznes-jarayonlarini amalga oshirish va energiya tejash chora-tadbirlarini tarqatishda mobil energiya xizmati guruhi va energiya tejash fondini taqsimlash komissiyasi asosiy rol o‘ynaydi.
5-rasmda ko‘rsatilgandek, davlat organlari ilmiy-tadqiqot institutlari; universitetlar; kichik innovatsion korxonalar; energiya tejovchi uskunalar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi korxonalar; va energiya iste’molchi korxonalarning faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi energetika tarmog‘ining rivojlanishini aniqlashda quyidagi omillardan foydalanish mumkin:
1. Natijaviy omil sifatida:
- Elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi, mln.kVt.soat), (Y);
2. Ta’sir etuvchi omillar sifatida:
- Ko‘mir qazib chiqarish hajmi, ming t.(X1);
- Iste’mol qilingan ko‘mir hajmi, ming t.(X2);
- Qazib chiqarilgan gaz hajmi, mln.m3 (X3);
- Iste’mol qilingan gaz hajmi, mln.m3 (X4);
- Asosiy kapitalga investitsiyalar miqdori, mlrd.so‘m (X5);
- Sanoat mahsuloti hajmi, mlrd.so‘m (X6);
- Aholi tomonidan elektr energiya iste’moli hajmi, ming kVt.soat (X7).
Avvalo, O‘zbekiston Respublikasida elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha ko‘p omilli ekonometrik model tuzishdan oldin, ushbu modelga kiritilayotgan omillar o‘rtasida bog‘liqlik zichligini aniqlash zarur. Buning uchun omillar o‘rtasida korrelyatsiya koeffitsiyentlari hisoblanadi. Buning uchun qiymatlarning o‘lchov birligi turli xil bo‘lganligi sababli, ularni yagona o‘lchov birligiga keltirish talab etiladi. Buning uchun jadvaldagi qiymatlarni natural logarifmlash hisobiga yagona qiymatlarga keltirib olindi.
14-jadval

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling