Saitkamolov muxammadxo‘ja sobirxo‘ja o‘G‘li o‘zbekiston respublikasi issiqlik energetikasi korxonalarini barqaror rivojlantirish strategiyasini takomillashtirish


O‘zbekistondagi elektr energiyasi ishlab chiqarishning o‘rnatilgan quvvatlari(GVt)27


Download 1.14 Mb.
bet14/41
Sana17.06.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1528302
TuriReferat
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   41
Bog'liq
Dsc Автореферат Саиткамолов М С 8 05 23 lotin

O‘zbekistondagi elektr energiyasi ishlab chiqarishning o‘rnatilgan quvvatlari(GVt)27

Elektr stansiyasining turi

2005

2010

2011

2012

2013

2014

2015

2016

2017

2018

2019

2020

2021

2021 yil 2010 yilga nisbatan %da

O‘zbekiston Respublikasi

12,5

12,6

12,5

12,6

13,1

13,0

13,2

14,1

14,4

14,2

15,9

16,6

16,5

132

shu jumladan elektr stansiya turi

issiqlik elektr stansiyalari (IES) va issiqlik elektr markazlari (IEM)

10,8

10,8

10,8

10,8

11,3

11,2

11,3

12,2

12,5

12,3

14,0

14,6

14,5

134,3

gidroelektrstansiya (GES)

1,7

1,8

1,8

1,8

1,8

1,9

1,9

1,9

1,9

1,9

1,9

2,0

2

117,2

Shu bilan birga, energiya samaradorligini oshirish uchun hali ham katta zaxiralar va imkoniyatlar mavjud. O‘zbekiston bu jihatdan G‘arbiy Yevropa davlatlari uchun o‘rtacha ko‘rsatkichdan - 2,5-3 martaga, AQSHdan - 2,2 martaga, Yaponiya va Koreyadan - 3,5 martaga pastroq hisoblanadi. O‘zbekistonning YaIM ishlab chiqarishdagi energiya intensivligi MDH mamlakatlarida o‘rtacha qiymatdan 1,7 barobar yuqori hisoblanadi28.
6-jadvalga ko‘ra 2021 yilning yakuniga ko‘ra O‘zbekiston jami elektr energiyasini ishlab chiqarish ko‘rsatkich qariyb 16,5 GVtni tashkil qilmoqda. Bu elektr energiyani ishlab chiqarishda Issiqlik elektr stansiyalari – 14440 MVt, Gidro elektr stansiyalari – 2051 MVt va blok stansiyalar –133 MVt dan ortiq bo‘lgan ko‘rsatkichlarni qayd etmoqda. Bu ishlab chiqarish quvvatlarining ulushi quyidagi rasmda keltirilgan. 1-rasmga ko‘ra mamlakatimizda elektr energiyasining asosiy manbalari bu 8 ta issiqlik elektr stansiyalari va 3 ta issiqlik elektr markazlari hisoblanadi. Iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida resurstejamkor elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi qurilmalarining quvvati qariyb 2800 MVt yoki issiqlik elektr stansiyalari umumiy quvvatining 25,5 %ni tashkil qilmoqda. 2021 yilda respublika hududida ishlab chiqarilgan jami elektr energiyasining 84,7 foizi qismi issiqlik elektr stansiyalari tomonidan ishlab chiqarilgan bo‘lsa, elektr energetika tizimining maksimal yuklamalar soatlarida energobloklarning umumiy quvvati 8600 MVt ni tashkil qilgan.

1-rasm. O‘zbekistonda elektr energiyasini ishlab chiqarish quvvatlarining stansiyalar bo‘yicha ulushi (foizda)29
Shartnomaga muvofiq, investitsion kompaniyalar qurilish ishlarini yakunlab, quyosh foto elektr stansiyalari 2021 yilda ishga tushirildi. 2012-2021 yillarda mamlaatimizda elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi yiliga o‘rtacha 2,5 foizdan ko‘proq miqdorda o‘sish ko‘rsatkichi qayd etilgani kuzatildi.
7-jadval
O‘zbekiston bo‘yicha elektr energiyasi iste’molining xolati(mlrd.kVt.soat)30

Tarmoq va soha nomi

2005

2010

2011

2012

2013

2014

2015

2016

2017

2018

2019

2020

2020 yil 2010 yilga nisbatan %da

Jami

47,38

50,81

52,07

52,33

53,74

54,99

56,37

57,61

60,18

62,50

64,84

69,02

132,55

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha

Sanoat

17,90

18,12

18,99

19,10

19,47

20,23

20,81

21,04

22,30

15,01

16,97

18,28

96,29

Qurilish

0,16

0,20

0,22

0,19

0,20

0,37

0,34

0,36

0,32

0,41

0,41

1,45

659,92

Qishloq xo‘jaligi

13,69

8,61

8,78

8,32

8,80

8,46

9,03

9,50

9,68

18,05

15,06

9,20

104,81

Transport

1,37

1,21

1,19

1,21

1,23

1,19

1,17

1,17

1,22

1,47

2,12

1,06

88,79

Tijorat korxonalari va davlat idoralari

1,55

2,24

2,41

2,65

2,82

3,31

3,45

5,24

4,04

4,97

4,97

5,24

217,16

Aholi

4,65

11,45

11,67

12,19

12,05

12,22

12,55

11,20

12,78

13,59

13,48

15,55

133,27

Boshqa sohalar

-

-

-

-

-

-

-

-

-

-

1,17

1,17

-

7-jadvalga ko‘ra elektr energiyasiga bo‘lgan talab xali ham to‘liqligicha qondirilmay kelmoqda, defitsitning yillik ko‘rsatkich 9-10 %ni tashkil etmoqda. 2005-2020 yillar oralig‘ida O‘zbekiston bo‘yicha elektr energiyasi iste’molining xolati tahlillari shuni ko‘rsatmoqdaki, iste’mol hajmi 2020 yilda 2005 yilga nisbatan qariyb 1,5 barobarga, 2010 ilga nisbatan 1,3 barobarga ortgan.
2-rasmga ko‘ra 2030 yilgacha O‘zbekistonda energetika tizimini rivojlantirish konsepsiyasidagi ko‘rsatkichlarga ko‘ra, 2030 yilgacha elektr energiyasiga bo‘lgan talabning yillik o‘sishi o‘rtacha 6-7 %ni tashil qiladi.
Elektr energiyasi iste’molini pasaytirishga erishildi va 2020 yilda 18,28 mlrd.kVt.soatga teng bo‘lgan. Bu esa 2010 yilga nisbatan 3,7%ga kamroq hisoblanadi. Respublikamiz iqtisodiyotiga elektromobil va elektrobuslarning kirib kelishi natijasida 2020 yilda transport tarmog‘idagi elektr energiyasining iste’moli tahlil qilinganda 2019 yilga nisbatan 50 %ga, 2010 yilga nisbatan esa bu ko‘rsatkich qariyb 11,2 % qisqartirishga erishilgan.

2-rasm. O‘zbekistonda elektr energiyasiga bo‘lgan talabning yillik o‘sish dinamikasi (mlrd.kVt.soat)31
Iqtisodiyotning boshqa sektorlarida elektr energiyaga bo‘lgan talabi – 85 mlrd.kVt.soatga teng bo‘lib, 2021 yilga nisbatan 1,86 barobarga ortishi kutilmoqda. Davlat xususiy sherikchiligi asosida qo‘shimcha 514 MVtlik quvvat ishga tushdi (8-jadval).
Jumladan, Toshkent viloyatida 240 MVtlik issiqlik elektr stansiyasi, Xorazm viloyatida 174 MVtlik gaz-porshen elektr stansiyasi va Navoiy viloyatida 100 MVtlik quyosh elektr stansiyasi ishga tushirildi. 2022 yilda Toshkent viloyatida umumiy 470 MVtlik ikkita issiqlik elektr stansiyasi, Buxoroda 270 MVtlik issiqlik elektr stansiyasi, Samarqand viloyatida 100 MVt quvvatga ega quyosh elektr stansiyasi foydalanishga topshiriladi. Asosiy vazifalar ishonchlilikni oshirish va yo‘qotishlarni kamaytirishdan iborat. Shunday qilib, 2025 yilga kelib yagona elektr energiyasi tizimining barcha quvvatlarini yagona 500 kVlik elektr tarmog‘i (eletrouzel)ga birlashtirish rejalashtirilgan. Elektr inshootlarini raqamlashtirish va avtomatlashtirishga qo‘yiladigan talablar ham hisobga olinib, dispetcherlik nazo-rati va ma’lumotlarni yig‘ish SCADA texnologik boshqaruv tizimi joriy etilmoqda.
8-jadval
Respublika bo‘yicha amaldagi o‘rnatilgan ishlab chiqarish quvvatlariga ega issiqlik elektr stansiyalari va issiqlik elektr markazlari32

T/r

Issiqlik elektr stansiyasi va issiqlik elektr markazlari

O‘rnatilgan va qo‘shilgan quvvat, MVt

Foyda-laniladigan yoqilg‘i turi

Joylashuvi

Ishga tushirilish vaqti

1

Sirdaryo IES

3065+100=3165

Gaz

Sirdaryo viloyati

1972-1980yy; 2021 y

2

Yangi-Angren IES

2100

Ko‘mir, gaz

Toshkent viloyati

1985-1995yy

3

Toshkent IES

1860 + 370 = 2230

Gaz

Toshkent viloyati

1963-1971yy; 2017y

4

Tolimarjon IES

800+900=1700

Gaz

Qashqadaryo viloyati

2004y

5

Navoiy IES

1140 + 928= 2068

Gaz

Navoiy viloyati

1963-1972yy; 2012y; 2021y

6

Taxiatosh IES

630+560=1190

Gaz

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

1967-1990y; 2021y

7

Angren IES

484+150 = 634

Ko‘mir

Toshkent viloyati

1957-1963yy; 2016y

8

To‘raqo‘rg‘on IES

900

Gaz

Namangan viloyati

2021 y

9

Farg‘ona IEM

329

Gaz

Farg‘ona viloyati

1956-1981yy

10

Muborak IEM

60

Gaz

Qashqadaryo viloyati

1985y

11

Toshkent IEM

57

Gaz

Toshkent viloyati

1939-1969yy


Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling