Saitkamolov muxammadxo‘ja sobirxo‘ja o‘G‘li o‘zbekiston respublikasi issiqlik energetikasi korxonalarini barqaror rivojlantirish strategiyasini takomillashtirish
Mamlakatda barqaror rivojlanishni baholash ko‘rsatkichlari21
Download 1.14 Mb.
|
Dsc Автореферат Саиткамолов М С 8 05 23 lotin
Mamlakatda barqaror rivojlanishni baholash ko‘rsatkichlari21
O.I.Averina ham asosan uchta guruhni ajratib ko‘rsatadi hamda ularga tashqi muhitning barqarorligini tavsiflovchi ko‘rsatkichlarni qo‘shadi. Bu guruhda energiya resurslari narxlarining o‘rtacha o‘sishi koeffitsiyenti, YaIM o‘sishi, ishsizlik, inflyatsiya, asosiy kapitalga investitsiyalarning qisqarishini, ilmiy-texnik, siyosiy va tabiiy risk koeffitsiyentlari, shuningdek, iste’mol narxlarini nazarda tutadi22. N.A.Xomyachenkova, yuqorida aytib o‘tilgan uchta barqarorlik ko‘rsatkichlari majmuidan tashqari, risk barqarorligini ham taklif qiladi. Bu bilan u risk va mehnat unumdorligini boshqarish jarayonlarini birlashtirish hisobiga sanoat korxonasining bozor qiymatida barqaror o‘sishining ta’minlanishini nazarda tutadi23. Umuman olganda, biz ushbu nuqtai nazar, sanoat korxonalari rivojlanishining barqarorligini baholashning ishlab chiqilgan va amaliyotga tadbiq qilingan metodologiya har xil turdagi barqarorlik uchun zarur koeffitsiyentlar va ko‘rsatkichlarni taqsimlash imkonini beradi, bu esa o‘z navbatida korxonaning o‘ziga xos xususiyatlari hisobga olish imkonini beradi. Bizning nuqtai nazarimizdan, riskni baholash murakkab tahliliy jarayon bo‘lib, bu haqda faqat risk barqarorligi ko‘rsatkichi doirasida hisoblarni yuritish vaziyatni to‘liq aks etirib bermaydi. Shu sababli, risklar barqarorligini va ularlarni baholash mexanizmini ishlab chiqish kerak deb hisoblaymiz, bu sanoat korxonasining barqaror rivojlanish darajasini aniqlashda boshqaruv qarorlarini qabul qilishga yordam beradi. IHTTning ma’lumotlarining tahlili asosida prognozlash masalalari ham ko‘rib chiqilgan. Xususan 3-jadvalda energetika sanoatini amaldagi xolatini ko‘rish mumkin bo‘ladi. Jadvaldan ko‘rinib turibtiki, jahon miqyosida energiya ishlab chiqarish hajmi 2021 yilda 14646,2 mln.shartli yoqilg‘i(neft) tonnani tashkil qilib, 2010 yilga nisbatan 14,5 %ga ortgan. 3-jadval Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling