Saitkamolov muxammadxo‘ja sobirxo‘ja o‘G‘li o‘zbekiston respublikasi issiqlik energetikasi korxonalarini barqaror rivojlantirish strategiyasini takomillashtirish


Download 1.14 Mb.
bet8/41
Sana17.06.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1528302
TuriReferat
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   41
Bog'liq
Dsc Автореферат Саиткамолов М С 8 05 23 lotin

Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat:
issiqlik energetikasi korxonalarining faoliyatini yanada rivojlantirishdagi texnologik yo‘nalishlari takomillashtirilgan;
issiqlik energetikasi korxonalarining barqaror rivojlanishini ta’minlovchi iqtisodiy va ekologik samaradorligi yuqori bo‘lgan innovatsion texnologiyalardan foydаlanish uslubiyoti takomillashtirilgan.
Tadqiqot natijalarining ishonchliligi. Tadqiqotda qo‘llanilgan yondashuv va usullarning maqsadga muvofiqligi, ma’lumotlarning rasmiy manbalardan, jumladan O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika agentligi va Energetika vazirligining statistik ma’lumotlaridan olingani hamda tegishli xulosa va takliflarning mutasaddi tashkilotlar tomonidan amaliyotga joriy etilganligi bilan belgilanadi.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati ishlab chiqilgan metodologik-uslubiy takliflar, tavsiya va xulosalar energetika sanoati korxonalarini barqaror rivojlantirish metodologiyasini takomillashtirish, ularning faoliyatida innovatsion texnologiyalarni joriy qilish mexanizmlarini takomillashtirishga bag‘ishlangan maxsus ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirishda foydalanish mumkinligi bilan izohlanadi.
Tadqiqot natijalarning amaliy ahamiyati ishlab chiqilgan takliflar va amaliy tavsiyalardan respublikada issiqlik energetikasidagi korxonalari va sanoatning boshqa tarmoqlaridagi korxonalarning faoliyati samaradorligini ta’minlashda, energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha ishlab chiqiladigan dasturiy hujjatlarda foydalanish mumkinligi hamda sohani rivojlantirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqishda foydalanish mumkinligi bilan izohlanadi.
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Energetikasi korxonalarini barqaror rivojlantirish metodologiyasini takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
respublika elektr energetikasi va qozonxonalari ishlab chiqarishi barqaror rivojlanishida energiyani tejash nuqtai-nazaridan kogeneratsiya jarayonini qo‘llashning maqsadga muvofiqligi bo‘yicha taklif issiqlik elektr stansiyalari faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi “Issiqlik elektr stansiyalari”AJning 2022 yil 3 noyabrdagi 04-27/3141-sonli, “Angren IES” AJning 2022 yil 27 maydagi 01/430KYA-sonli, “Yangi Angren IES” AJning 2023 yil 11 martdagi 05/284-sonli, “ORGRES” AJning 2022 yil 3 iyundagi 462-108-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur taklifni joriy qilish natijasida elektr stansiyalarning foydali ish koeffitsiyentini 0,6%gacha oshirish imkoni yaratilgan;
energiya manbalaridan foydalanishda trigeneratsiya (elektr, issiqlik, sovutish) jarayonini qo‘llashning energetik-iqtisodiy jihatdan samaraliligi bo‘yicha takliflar muayyan darajada issiqlik elektr stansiyalari faoliyatiga tadbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi “Issiqlik elektr stansiyalari”AJning 2022 yil 3 noyabrdagi 04-27/3141-sonli, “Angren IES” AJning 2022 yil 27 maydagi 01/430KYA-sonli, “Yangi Angren IES” AJning 2023 yil 11 martdagi 05/284-sonli, “ORGRES” AJning 2022 yil 3 iyundagi 462-108-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur taklifni amaliyotga joriy qilinishi elektr stansiyalardagi xarajatlarni 2,19 mlrd. so‘mning iqtisod qilinishiga muayyan darajada xizmat qilgan;
energoaudit metodologiyasiga ko‘ra mahsulot ishlab chiqarish korxonasi samaradorligini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi tarkibida energiya tejash biznes-jarayoni va chora-tadbirlarini tashkil qilishda mobil energiya xizmati guruhining tashkiliy-energetik o‘rni va energotejamkorlik sohasidagi mexanizm blok-sxemasi bo‘yicha takliflar issiqlik elektr stansiyalari faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi “Issiqlik elektr stansiyalari”AJning 2022 yil 3 noyabrdagi 04-27/3141-sonli, “Angren IES” AJning 2022 yil 27 maydagi 01/430KYA-sonli, :Yangi Angren IES” AJning 2023 yil 11 martdagi 05/284-sonli, “ORGRES” AJning 2022 yil 3 iyundagi 462-108-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur takliflar elektr stansiyalarning energotejamkorligini oshirish va iqtisod qilingan mablag‘larni korxona faoliyatini yanada rivojlantirishning qo‘shimcha imkoniyatlarini aniqlash va ularni ishlab chiqarish oborotiga jalb qilishga xizmat qilgan;
O‘zbekiston Respublikasida elektr energetikasi tarmog‘ini barqaror rivojlantirish 2023-2027 yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari va ekonometrik modeli energetika korxonalari faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi “Issiqlik elektr stansiyalari”AJning 2022 yil 3 noyabrdagi 04-27/3141-sonli, “Angren IES” AJning 2022 yil 27 maydagi 01/430KYA-sonli, “Yangi Angren IES” AJning 2023 yil 11 martdagi 05/284-sonli, “ORGRES” AJning 2022 yil 3 iyundagi 462-108-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur taklifni joriy qilish natijasida elektr stansiyalarining mahsulot ishlab chiqarish hajmi, iste’mol qilinadigan gaz hajmi, asosiy kapitalga investitsiyalar miqdori, aholi tomonidan elektr energiya iste’moli hajmi aniqlangan holda tegishli tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan;
issiqlik energetikasi ishlab chiqarishini barqaror rivojlantirish sharoitida korxona umumiy xarajatlari tarkibida energiya resurslari uchun xarajatlar ulushiga ko‘ra energetik tekshiruv (energoaudit) o‘tkazish darajalari bo‘yicha tavsiyalar issiqlik elektr stansiyalari faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi “Issiqlik elektr stansiyalari”AJning 2022 yil 3 noyabrdagi 04-27/3141-sonli, “Angren IES” AJning 2022 yil 27 maydagi 01/430KYA-sonli, “Yangi Angren IES” AJning 2023 yil 11 martdagi 05/284-sonli, “ORGRES” AJning 2022 yil 3 iyundagi 462-108-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur taklif elektr stansiyasi xususiy ehtiyojlar uchun foydaniladigan energiyaning 10%gacha pasaytirishda muayyan darajada ta’sir ko‘rsatgan.

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling