Saitkamolov muxammadxo‘ja sobirxo‘ja o‘G‘li o‘zbekiston respublikasi issiqlik energetikasi korxonalarini barqaror rivojlantirish strategiyasini takomillashtirish


Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga mosligi


Download 1.14 Mb.
bet4/41
Sana17.06.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1528302
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Bog'liq
Dsc Автореферат Саиткамолов М С 8 05 23 lotin

Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga mosligi. Dissertatsiya tadqiqoti respublika fan va texnologiyalar rivojlantirishining I. “Demokratik va huquqiy jamiyatni ma’naviy-axloqiy va madaniy rivojlantirish, innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish” ustuvor yo‘nalishiga muvofiq bajarilgan.
Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha xorijiy ilmiy tadqiqotlar sharhi3. Energetika tarmog‘idagi korxonalarning barqaror rivojlanishini ta’minlash metodologiyasini takomillashtirish masalalari jahonning etakchi ilmiy markazlari va oliy ta’lim muassasalari, jumladan,
International Energy Agency, Economic Development Institute, Harvard University, University of Maryland, New York University, University of Chicago (AQSH), World bank, Oxford University, London school of Economics, Organisation for Economic Cooperation and Development (OECD) (Fransiya), World Intellectual Property Organization (WIPO) (Sрveysariya), Asia-Pacific Economic Cooperation (APEC) (Singapur), University of Vaseda (YAponiya), The Institut fur Mittelstandsforschung (IfM), Ludwig-Maximilians-Universität München (Germaniya); G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti, Uzoq SHarq davlat texnika univesrsiteti, Dog‘iston davlat universiteti, Moskva davlat industrial universiteti, Elektr texnikasining Moskva davlat universiteti (Rossiya); Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Toshkent davlat texnika universitetida (O‘zbekiston).
Jahonda energetika tarmog‘ini barqaror rivojlantirish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlar asosida, jumladan quyidagi ilmiy natijalar olingan: jahonda 2026 yilga issiqlik energiyasi global iste’molining oshib borish tendensiyasi asoslangan (Global Bozor Ma’lumotlari – Global Market Insights); sanoat korxonasining barqarorligini ishlab chiqarish, menejment, ekologik, marketing, ijtimoiy-iqtisodiy barqarorligi ko‘rsatkichlarining kombinatsiyasi sifatida ajratib ko‘rsatilgan (Moskva davlat industrial universiteti); energetika sanoatida muqobil energiya resurslari tarkibida quyosh energiyasidan ustuvor darajada foydalanishga asoslangan holda uning asosiy yo‘nalishlari asoslangan (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti); yoqilg‘i-energetika kompleksini barqaror rivojlantirish metodologiyasi muqobil energiya resurslarini e’tiborga olgan holda takomillashtirilgan (Toshkent davlat texnika universiteti, O‘zbekiston).
Jahonda energetika ishlab chiqarishini barqaror rivojlantirish metodologiyasini takomillashtirish yuzasidan, jumladan quyidagi ustuvor yo‘nalishlarda ilmiy-tadqiqotlar amalga oshirilmoqda: ekotizim talablariga ko‘ra barqaror rivojlanish metodologiyasini rivojlantirish, iqtisodiy o‘zgarishlarga tezkor javlb beruvchi samarali ishlab chiqarish rejimlarini asoslash, ekotizim va tejamkorlik talablariga muvofiq bo‘lgan ishlab chiqarishni iqtisodiy-moliyaviy jihatdan rag‘batlantirish, istiqbolli maqsadli belgilar (ko‘rsatkichlar)ga ko‘ra ishlab chiqarishni tashkil qilish va soha raqobatbardoshligini oshirish.

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling