Saitkamolov muxammadxo‘ja sobirxo‘ja o‘G‘li o‘zbekiston respublikasi issiqlik energetikasi korxonalarini barqaror rivojlantirish strategiyasini takomillashtirish


Download 1.14 Mb.
bet7/41
Sana17.06.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1528302
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   41
Bog'liq
Dsc Автореферат Саиткамолов М С 8 05 23 lotin

Tadqiqotning obyekti sifatida O‘zbekiston Respublikasi Energetika Vazirligiga qarashli issiqlik elektr stansiyalari va korxonalari tanlangan.
Tadqiqotning predmeti energetika korxonalarini barqaror rivojlanish jarayonida vujudga keladigan tashkiliy-iqtisodiy munosabatlarning o‘zaro yig‘indisidan iborat.
Tadqiqotning usullari. Dissertatsiyada ilmiy abstraksiyalash, tahlil va sintez, induksiya va deduksiya, korrelyatsion-regression tahlil, iqtisodiy-matematik modellashtirish, statistik va boshqa usullardan foydalanilgan.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
respublika elektr energetikasi va qozonxonalari ishlab chiqarishi barqaror rivojlanishida energiyani tejash nuqtai-nazaridan kogeneratsiya jarayonini qo‘llashning maqsadga muvofiqligi asoslab berilgan;
ilg‘or xalqaro tajriba va respublika issiqlik energetikasi ishlab chiqarish xususiyatlaridan kelib chiqqan holda energiya manbalaridan foydalanishda trigeneratsiya (elektr, issiqlik, sovutish) jarayonini qo‘llashning energetik-iqtisodiy jihatdan samaraliligi asoslab berilgan;
energoaudit metodologiyasiga ko‘ra mahsulot ishlab chiqarish korxonasi samaradorligini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi tarkibida energiyatejash biznes-jarayoni va chora-tadbirlarini tashkil qilishda mobil energiya xizmati guruhining tashkiliy-energetik o‘rni asoslab berilgan va energotejamkorlik sohasidagi mexanizm blok-sxemasi taklif qilingan;
O‘zbekiston Respublikasida elektr energetikasi tarmog‘ining barqaror rivojlanishidagi asosiy ko‘rsatkichlarining 2023-2027 yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari asoslanib, ekonometrik modeli ishlab chiqilgan;
issiqlik energetikasi ishlab chiqarishini barqaror rivojlantirish sharoitida korxona umumiy xarajatlari tarkibida energiya resurslari uchun xarajatlar 10 foizdan kam, 15 foizgacha, 15 foizdan ortiq ulushiga ko‘ra energetik tekshiruv (energoaudit) o‘tkazish darajalari tavsiya etilgan holda iqtisodiy-texnologik samaradorlik asoslangan.

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling