Saitkamolov muxammadxo‘ja sobirxo‘ja o‘G‘li o‘zbekiston respublikasi issiqlik energetikasi korxonalarini barqaror rivojlantirish strategiyasini takomillashtirish


Rasmiy opponentlar: Gulyamov Saidaxror Saidaxmedovich


Download 1.14 Mb.
bet3/41
Sana17.06.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1528302
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Bog'liq
Dsc Автореферат Саиткамолов М С 8 05 23 lotin

Rasmiy opponentlar: Gulyamov Saidaxror Saidaxmedovich


akademik, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Iskenderov Axmet Maksetbayevich
texnika fanlari doktori, professor
Xonkeldiyeva Guzal Sherovna
iqtisodiyot fanlari doktori, professor


Yetakchi tashkilot: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini
mexanizatsiyalash muhandislari instituti”
Milliy tadqiqot universiteti

Dissertatsiya himoyasi Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc. 03/30.12.2019.I.03.05 raqamli Ilmiy kengashning 2023 yil “13” may soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi. (Manzil: 100095, Toshkent sh., Universitet ko‘ch., 2-uy. Tel.: (+99871) 246-46-00; faks: (+99871) 227-10-32; e-mail: tstu_info@tdtu.uz.)


Dissertatsiya bilan Toshkent davlat texnika universitetining Axborot-resurs markazida tanishish mumkin (____ raqami bilan ro‘yhatga olingan). (Manzil: 100095, Toshkent sh., Universitet ko‘ch., 2-uy. Tel.: (+99871) 246-03-41.)
Dissertatsiya avtoreferati 2023 yil “1” may kuni tarqatildi.
(2023 yil “1” maydagi _____ raqamli reestr bayonnomasi).


N.M. Maxmudov
Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash raisi, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
G.B. Yusupxodjaeva
Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash ilmiy kotibi v.b., iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
G.J. Allayeva
Ilmiy darajalar beryvchi ilmiy kengash qoshidagi ilmiy ceminar raisi, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent
KIRISH (fan doktori (DSc) dissertatsiyasi annotatsiyasi)
Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. Jahonda global iqtisodiy o‘zgarishlar sharoitida energetika sohasining iqtisodiyot tarmoqlariga ta’siri tobora ortib borishiga ko‘ra sohani barqaror rivojlantirish va uni atrof muhitga muvofiq holda rivojlantirishga ustuvor darajada ahamiyat qaratilmoqda “Jahonda 2021 yilda jami ishlab chiqarilgan elektr energiyasining 62 %ni issiqlik elektr stansiyalarining mavjud quvvatlari hisobiga to‘g‘ri kelgan holda, ular atrof-muhitga CO2 chiqarishi va iqlim o‘zgarishini ta’sir ko‘rsatishi”1 jiddiy muammo sifatida qaralmoqda. Bugungi kunda energetik sohasi, jumladan issiqlik elektr stansiyalarini texnik-texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiyalash va zamonaviy innovatsion texnologiyalarni joriy etish dolzarb muammo sifatida qaralmoqda.
Jahonda issiqlik energetikasi korxonalari faoliyatini barqaror rivojlantirish metodologiyasini global o‘zgarishlar, ekotizimlar sofligi va texnologik taraqqiyot talablariga ko‘ra takomillashtirish yuzasidan ilmiy izlanishlarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada energetika sanoati korxonalarining faoliyatini iqtisodiy-moliyaviy jihatdan rag‘batlantirish, maqsadli parametrlarga ko‘ra texnologiyalarni takomillashtirish, samarali boshqaruv hisobiga innovatsion jarayonlar natijaviyligini oshirish, loyihalarning investitsion ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirish yuzasidan maqsadli tadqiqotlar amalga oshirilmoqda.
O‘zbekistonda energetika tarmog‘ini jahon standartlariga ko‘ra barqaror rivojlantirish, sohaning raqobatdoshligini oshirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va kadrlar ta’minoti sifatini oshirish borasida maqsadli islohotlar amalga oshirilmoqda. “Iqtisodiyotni elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash hamda “Yashil iqtisodiyot” texnologiyalarini barcha sohalarga faol joriy etish, iqtisodiyotning energiya samaradorligini 20 foizga oshirish. 2026 yilga kelib elektr energiyasi ishlab chiqarish ko‘rsatkichini qo‘shimcha 30 milliard kVt.soatga oshirib, jami 100 milliard kVt.soatga yetkazish ...”2 vazifalari belgilangan. Bu borada barqaror rivojlanishda energiyani tejashning ilg‘or texnologiyalari va usullarini qo‘llashning optimal shakllarini taklif etish, ilg‘or xalqaro tajribaga ko‘ra energiya manbalaridan samarali foydalanish, energoaudit metodologiyasini energiyatejash biznes-jarayoni va chora-tadbirlarini samarali tashkil qilishga ko‘ra takomillashtirish, barqaror rivojlanining prognoz ko‘rsatkichlari asoslanganlik darajasini oshirish kabi yo‘nalishdagi ilmiy izlanishlarni amalga oshirish ko‘lamini yanada kengaytirish maqsadga muvofiq.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”, 2019 yil 1 fevraldagi PF-5646-son “O‘zbekiston Respublikasi yoqilg‘i-energetika tarmog‘ini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”, 2020 yil 18 iyundagi PF-6010-son “Tabiiy gaz va elektr energiyasini sotish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonlari, 2018 yil 23 oktyabrdagi PQ-3981-son “Elektr energetikasi tarmog‘ini jadal rivojlantirish va moliyaviy barqarorligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”, 2020 yil 10 iyuldagi PQ-4779-son “Iqtisodiyotning energiya samaradorligini oshirish va mavjud resurslarni jalb etish orqali iqtisodiyot tarmoqlarining yoqilg‘i-energetika mahsulotlariga qaramligini kamaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlari, shuningdek sohaga oid boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda mazkur dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi.

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling