Saitkamolov muxammadxo‘ja sobirxo‘ja o‘G‘li o‘zbekiston respublikasi issiqlik energetikasi korxonalarini barqaror rivojlantirish strategiyasini takomillashtirish


Tadqiqotning dissertatsiya bajarilgan oliy ta’lim muassasasining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi


Download 1.14 Mb.
bet6/41
Sana17.06.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1528302
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Bog'liq
Dsc Автореферат Саиткамолов М С 8 05 23 lotin

Tadqiqotning dissertatsiya bajarilgan oliy ta’lim muassasasining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi. Mazkur dissertatsiya tadqiqoti Toshkent davlat texnika universitetining ilmiy-tadqiqot ishlari rejasiga muvofiq № IL-432105706 “Raqamli transformatsiya sharoitida texnika universitetning innovatsion muhitini rivojlantirish modelini ishlab chiqish” mavzusidagi ilmiy amaliy loyiha doirasida bajarilgan.
Tadqiqotning maqsadi issiqlik energetikasi korxonalarini barqaror rivojlantirishning strategik yo‘nalishlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
Tadqiqotning vazifalari:
sanoat korxonalarida barqaror rivojlanish yo‘nalishlarini aniqlash metodologiyasini nazariy-uslubiy asoslarini tadqiq etish;
issiqlik energetikasi korxonalari faoliyatini barqaror rivojlantirishning o‘ziga xos tashkiliy-iqtisodiy xususiyatlarini aniqlash;
energetika sanoati korxonalari faoliyatini barqarorlashtirishning me’yoriy-huquqiy asoslarini tahlil qilish;
barqaror rivojlanish tendensiyalarini belgilovchi ko‘rsatkichlar tizimining metodologik jihatlarini ilmiy asoslash;
sanoat korxonalarida barqaror rivojlanishni baholashning amaldagi mezonlarini tizimlashtirish;
issiqlik energetikasi korxonalarini barqaror rivojlantirishning xorij tajribasini tahlil qilish va O‘zbekistonga joriy qilish yo‘nalishlarini aniqlash;
jahonda energetika sanoatini rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari va mamlakatimizda energetika sanoatini rivojlantirishning amaldagi mexanizmlari ajratib chiqish;
O‘zbekistonda energetika sanoati va issiqlik energetikasining joriy xolati hamda ularni barqaror rivojlantirishda investitsion jarayonlarning amaldagi ko‘rsatkichlarini tadqiq etish;
issiqlik energetikasi sanoati korxonalarining barqaror rivojlanishida iqtisodiy faoliyat samaradorligini baholash yo‘llarini aniqlash;
Respublika issiqlik energetikasi sanoati korxonalarini barqaror rivojlantirishning zamonaviy mexanizm va usullari amaliyotga tadbiq etish yo‘llarini takomillashtirish;
O‘zbekistonda issiqlik energetikasini barqaror rivojlantirishda energetik tekshiruvlarni amalga oshirishning strategik yo‘nalishlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling