Saitkamolov muxammadxo‘ja sobirxo‘ja o‘G‘li o‘zbekiston respublikasi issiqlik energetikasi korxonalarini barqaror rivojlantirish strategiyasini takomillashtirish


Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi


Download 1.14 Mb.
bet9/41
Sana17.06.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1528302
TuriReferat
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   41
Bog'liq
Dsc Автореферат Саиткамолов М С 8 05 23 lotin

Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi. Tadqiqot natijalari 6 ta, jumladan 2 ta respublika va 4 ta xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlarda muhokamadan o‘tkazilgan.
Tadqiqot natijalarining e’lon qilinganligi. Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha jami 26 ta ilmiy ish, shu jumladan, 3 ta monografiya, Oliy attestatsiya komissiyasining doktorlik dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda 17 ta maqola, jumladan 10 tasi respublika va 7 tasi xorijiy jurnallarda nashr etilgan.
Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi. Dissertatsiya tarkibi kirish, to‘rtta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Dissertatsiyaning hajmi 262 betni tashkil etadi.
DISSERTATSIYANING ASOSIY MAZMUNI
Kirish qismida dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zaruriyati asoslangan, tadqiqotning Respublika fan va texnologiyalari taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlariga mosligi ko‘rsatilgan, tadqiqotning maqsad va vazifalari belgilab olingan hamda tadqiqot obyekti va predmeti aniqlangan, olingan natijalarning ishonchliligi asoslangan, ishning yangiliklari, nazariy va amaliy ahamiyati ochib berilgan, tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy etilganlik holati hamda nashr etilgan ishlar va dissertatsiya ishining tuzilishi bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan.
Birinchi bobRaqamli iqtisodiyot sharoitida barqaror rivojlanishni ta’minlashning ilmiy-nazariy asoslari” deb nomlanib, raqamli iqtisodiyot sharoitida barqaror rivojlanishning ilmiy-nazariy yondashuvlari, O‘zbekistonda issiqlik energetikasi korxonalari rivojlanishining tashkiliy-iqtisodiy xususiyatlari, energetika sanoati korxonalari faoliyatini barqarorlashtirishning me’yoriy-huquqiy asoslari, barqaror rivojlanish tendensiyalarining shart-sharoitlari va tamoyillari hamda mгallif ta’rifi keltirilgan.
Butun O‘zbekiston energetika tizimi va uning har bir hududi uchun barqaror rivojlanishga o‘tish hozirgi davrning dolzarb vazifasidir. Zamonaviy ilmiy izlanishlar iqtisodiy tizimlarni, xususan, energetika sanoatining quyi tizimlarini barqaror rivojlantirishda nazariy va uslubiy yondashuvlarini chuqurlashtirishga, shuningdek, soha rivojiga ta’sir etuvchi yangi omillarni izlashga qaratilgan. Buning uchun raqamli iqtisodiyot sharoitida barqaror rivojlanishning nazariy va uslubiy yondashuvlarini o‘rganish hamda tizimlashtirish talab etiladi. “Barqarorlik” kategoriyasi fanlararo tushuncha bo‘lib, u turli fan va tadqiqotlarda turlicha qo‘llaniladi, vaqt o‘tishi bilan o‘zining ma’nosini o‘zgartirib boradi. “Barqarorlik” so‘zi “asos” so‘zidan olingan bo‘lib, “mustahkam ildiz otgan an’ana, uning asosiy boshlanishi, biror narsaning asosi” degan ma’nolarni anglatadi8.
Barqaror rivojlanishning mohiyati uzoq vaqt davomida mamlakat yoki hududlarda ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik holatning yuqori ko‘rsatkichlarini ta’minlashdan iborat bo‘lib uning quyidagi ta’riflari mavjud (1-jadval).
1-jadval

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling