Saitkamolov muxammadxo‘ja sobirxo‘ja o‘G‘li o‘zbekiston respublikasi issiqlik energetikasi korxonalarini barqaror rivojlantirish strategiyasini takomillashtirish


Download 1.14 Mb.
bet15/41
Sana17.06.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1528302
TuriReferat
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   41
Bog'liq
Dsc Автореферат Саиткамолов М С 8 05 23 lotin

JAMI

11425 + 3008 = 14433

Raqamli iqtisodiyotda elektr energetika korxonalarining barqaror rivojlanishida “raqamli podstansiya” kabi yangi standartlar va texnologiyalar joriy etiladi. Kelgusida “Billing” va “elektr energiyasini iste’mol qilishni tahlil qilish va prognoz qilish” uchun dasturiy majmualar ishga tushiriladi. 2030 yilga kelib, 2019 yildagi 6,5% yo‘qotishlarga elektr energiyasini uzatishdagi yo‘qotishlar 2,35% gacha kamayadi.
To‘rtinchi bob “O‘zbekiston Respublikasi issiqlik energetikasi korxonalari faoliyatini barqaror rivojlantirish strategiyasini takomillashtirish yo‘nalishlari” deb nomlanib, Respublika issiqlik energetikasi sanoati korxonalarida baraqaror rivojlantirishning zamonaviy mexanizm va usullari, issiqlik energetikasi sanoati korxonalarida energiya manbalaridan foydalanishning xalqaro tajribalarini joriy etish yo‘llari, O‘zbekistonda issiqlik energetikasini barqaror rivojlantirishda energetik tekshiruvlarni amalga oshirishning strategik yo‘nalishlari hamda elektr energetika tarmog‘ini barqaror rivojlantirishdagi istiqbolli yo‘nalishlarni aniqlashning ekonometrik modeli amalga oshirilgan.
Kogeneratsiya jarayoni bizga elektr energiyasidan va qozonlardan issiqlik alohida ajratib olish bilan solishtirilganda 60% gacha energiyani tejashga imkon beradi. Shu bilan birga, energiyani ishlab chiqarish markazlashmagan xolatda amalga oshiriladi, ya’ni elektr energiyasi yoki issiqlik energiyasiga ehtiyoj paydo bo‘lganda mahalliy darajada ishlar olib boriladi. 3-rasmga ko‘ra Kogeneratsion qurilmalarni gaz dvigatellari asosidagi mini-IEMlardagi mavjud energetika tizimiga oson va arzon narxlarda birlashtirish mumkin. Gazni yoqish jarayonida mexanik energiya ajralib chiqadi, u generatordan elektr energiyasiga aylanadi. Dvigateldan issiqlik energiyasi issiqlik almashinish jarayonlari natijasida olinadi.


Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling