Saitxodjayev
Download 441.4 Kb.
|
2012-yusubov-falsafa-lot(1)
Ekologik muammolar. Insoniyatning tabiatni tez o‘zlashtira boshlashi natijasida tabiat va jamiyat o‘rtasida muvozanat buzila boshladi. Bu hol o‘z navbatida ekologik muammoni keltirib chiqardi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasida «Yer, yerosti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir»1, – deb ko‘rsatilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov «Ekologiya hozirgi zamonning keng miqyosidagi keskin ijtimoiy muammolaridan biridir. Uni hal etish barcha xalqlarning manfaatlariga mos bo‘lib, sivilizatsiyaning hozirgi kuni va kelajagi ko‘p jihatdan ana shu muammoning hal qilinishiga bog‘liqdir»2, – deb ta’kidlaydi. 1 Yз6eкиctoh Pecпy6ликacиhиhг Kohctиtyцияcи. – T., 2011. – Б.17. 2 Papuмoв И.A. Yз6eкиctoh XXI acp 6ycafacидa: xabфcизликкa taԟдид, 6apԕapopлик шaptлapи ba tapaԕԕиët кaфoлatлapи. – T., 1997. – Б.115. Shuning uchun ham respublikamizda mustaqilligimizdan keyin Oliy Majlis sessiyasida qabul qilingan «Tabiatni muhofaza qilish», «Suv va suvdan foydalanish», «Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar», «Yer osti boyliklari», «O‘simliklar dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish», «Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydala- nish», «Atmosfera havosini muhofaza qilish», «Yer kodeksi»,»Yer kadastri», «O‘rmon to‘g‘risida»gi kodeks va qonunlar ushbu muammoni hal etishga qaratilgandir. Markaziy Osiyo davlatlarida tabiatni muhofaza qilishga oid qonunchilik rivojlanmoqda. Masalan, Markaziy Osiyo davlatlari boshliqlarining 1993-yil mart oyida Qizilo‘rdada, 1994-yil yanvarda Nukus shahrida, 1994-yil mart oyida Toshhovuzda bo‘lgan uchrashuvlarida Orol dengizi tangligini hal etish, ekologik vaziyatni yaxshilash masalalariga qaratildi. 1991-yilda «Ekosan» xalqaro ekologiya va salomatlik jamg‘armasi tashkil etildi. Bu jamg‘arma O‘zbekiston va umuman butun Markaziy Osiyo mintaqasi ekologik holatini yaxshilashga, atrof muhitni muhofaza etishga, aholining salomatligini himoya qilish va sog‘lom zurriyotni saqlab qolishga qaratilgan dasturlar va loyihalarni amalga oshirmoqda. Respublikamiz Prezidenti I.Karimov o‘zining «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» nomli asarida ekologik muammoga alohida e’tiborni qaratgan. Asarda ta’kidlanishicha, «insonning tabiat imkoniyatlarini va uning rivojlanish qonuniyatlarini hisobga olmay jadal yuritilgan xo‘jalik faoliyati... Yer yuzida tuproq nurashi, o‘rmonlardan mahrum bo‘lish, baliqlarning haddan tashqari ko‘p ovlanishi, tuzli yomg‘irlar, atmosfera ifloslanishi, ozon qatlami buzilishi va hokazolarning ro‘y berishiga olib keldi. Mutaxassislarning baholashlaricha, 2000-yilga borib o‘rmonlar egallab turgan maydon quruqlikning oltidan bir qisminigina tashkil etadi, holbuki 50-yillarda ular to‘rtdan bir qismini egallagan edi. Jahon okeanining suvlari halokatli ravishda ifloslanib bormoqda, uning takroriy mahsuldorligi keskin pasaymoqda. Jadal sur’atlar bilan yuz berayotgan urbanizatsiya jarayonlari shaharlarning asosiy anglomeratsiyalari eng yirik ifloslantirish manbalariga aylanib qolishiga olib keldi .Prezidentimiz I.Karimov O‘zbekistondagi ekologik sharoitga chuqur iztirob bilan to‘xtalgan va bu haqda shunday yozgan: «Afsuski, bu jarayonlar O‘zbekistonni ham chetlab o‘tmadi. Bu yerda, mutaxas- sislarning baholashicha, juda murakkab, aytish mumkinki, xavfli vaziyat nimadan iborat? Birinchidan, yerning cheklanganligi va uning sifat tarkibi pastligi bilan bog‘liq xavf to‘xtovsiz ortib bormoqda. Respublikaning atigi 10 foizinigina ekin maydonlari tashkil etadi. Bizda aholining o‘sishi nisbatan yuqori bo‘lib, urbanizatsiya va hosildor yerlarni shaharlarni rivojlantirishga, uy-joy qurilishiga, yangi korxonalar, muhandislik hamda transport kommunikatsiya tarmog‘ini barpo etishga ajratib berish jarayonlari jadal bormoqda. Shuni hisobga olsak, yaqin yillar ichida, hatto XXI asr arafasida yer zaxiralari bilan ta’minlanish muammosi yanada keskinlashishi mumkin. Ikkinchidan, suv zaxiralarining, shu jumladan yer usti va yer osti suvlarining keskin taqchilligi hamda ifloslanganligi katta tashvish tug‘dirmoqda... Ichimlik suv ta’minoti manbalarining ifloslanishi respublikada, ayniqsa, orol bo‘yida kasallikka chalinishning yuqori darajasiga sabab bo‘lmoqda. Uchinchidan, Orol dengizining qurib borish xavfi g‘oyat keskin muammo, aytish mumkinki, milliy kulfat bo‘lib qoldi. To‘rtinchidan, havo bo‘shlig‘ining ifloslanishi ham respublikada ekologik xavfsizlikka solinayotgan tahdiddir. Mutaxassislarning ma’lumotlariga qaraganda, har yili respublika- ning atmosfera havosiga 4 million tonnaga yaqin zararli moddalar qo‘shilmoqda. Shularning yarmi uglerod oksidiga to‘g‘ri keladi, 15 foizini uglevodorod chiqindilari, 14 foizini oltingugurt qo‘sh oksidi, 9 foizini azot oksidi, 8 foizini qattiq moddalar tashkil etadi va 4 foizga yaqini o‘ziga xos o‘tkir zaharli moddalarga to‘g‘ri keladi». Ekologik inqirozni oldini olish borasida keng ish olib borilyapti, ayniqsa g‘arbdagi yashillar harakati, Rim klubi a’zolari, O‘zbekistondagi «Ekosan» xalqaro fondi va boshqalar. Respublikamiz Prezidenti I.Karimov Birlashgan millatlar tashkilotining 48 sessiyasida nutq so‘zlab dunyo hamjamiyati diqqatini yana bir bor ushbu muammoga qaratdi. Yangi ishlab chiqarish usuli va yangi energiya turlarini izlab topish bilan ekologik inqirozni oldini olish mumkin. Yangi ishlab chiqarish usulini tatbiq qiladigan bo‘lsak, masalan po‘lat ishlab chiqarish uchun 4 marta kam, aluminiy qazib chiqarish uchun 6 marta, sement 5, neftni qayta ishlash uchun 9, qog‘oz ishlab chiqarish uchun 125 marta kam energiya talab qilinadi. Download 441.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling